O'zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi


  O’quv jarayoniga  axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.02.2020
Hajmi0,85 Mb.
#39976
1   2   3
Bog'liq
dasturlash asoslari fanini pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida oqitish metodikasi


 

1.3.  O’quv jarayoniga  axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan 

foydalanishni tadbiq etish 

O‘zbekiston  Respublikasi  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi‖  da  ta‘lim 

muassasalarining  resurs,  kadrlar  va  axborot  bazalarini  yanada  mustaxkamlash, 

o‘quv  tarbiya  jarayonini  yangi  o‘quv  uslubiy  majmualar,  ilғor  pedagogik 

texnologiyalar bilan ta‘minlash, ta‘lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta‘lim 

tizimini  jaxon  axborot  tarmoғiga  ulanadigan  kompyuter  axborot  tarmoғi  bilan 

to‘liq qamrab olish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, dasturda kadrlar 

tayyorlash  tizimi  va  mazmunini  mamlakatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyoti 

istiqbollaridan, 

jamiyat 


extiyojlaridan, 

fan, 


madaniyat, 

texnika 


va 

texnologiyalarning  zamonaviy  yutuqlaridan  kelib  chiqqan  xolda  qayta  qurish 

nazarda tutiladi deb ta‘kidlangan. 

Axborot 


texnologiyalari 

jaxonda 


jadal 

sur‘atlar  bilan  rivojlanib 

takomillashib  borayotgan  sohadir.  Bu  sohaning  rivoji  uchun  bizni  buyuk 

ajdodlarimizning  ilmiy  kashfiyotlari  asos  bo‘lib    xizmat  qilmoqda.  Bu  xaqida 

prezidentimiz  I.A.  Karimov  o‘zining  ―YUksak  ma‘naviyat  –  yengilmas  kuch‖ 

asarida  quyidagi  fikrlarni  keltiri  bo‘ladi:‖  …  shu  nuqtai  nazardan  qaraganda 

zaminimizda  yashab  o‘tgan  buyuk  allomalarimiz,  mutafakkir  bobolarimizning 

ibratli  xayoti  va  ilmiy  faoliyati,  bemisl  ilmiy-ijodiyot  kashfiyotlari  bugun  ham 

jaxon abgor ommasini xayratga solayotganini ғurur bilan ta‘kidlash lozim‖. Ta‘lim 

isloxotlari  amalga  oshirilayotgan  xozirgi  davrda  har  bir  fanni  o‘qitish  mazmunini 

qayta  tahlildan  o‘tkazish  va  buni  tubdan  islox  qilish  nuqtai  nazardan  yondashuv 

zarur  bo‘ladi.  O‘qitish  tizimida  ―Axborot  texnologiyalari  va  ulardan  foydalanish‖ 

ning  asosiy  maqsadi  –  o‘quvchi  va  talabalarga  axborotlarni  qayta  ishlash 

texnologiyalari  va  ulardan  foydalanish  jarayonlari  xaqida  puxta  va  ongli  ravishda 



13 

 

o‘zlashtirish  uchun  bilim  asoslarini  berishni  ta‘minlashdan,  ularga  o‘quv  va  ish 



faoliyatlarida  kompyuterlardan  oqilona  foydalanish  ko‘nikma  va  malakalarini 

berishdan,  shular  asosida  yangi  axborot  texnologiyalarining  mamlakatimiz 

taraqqiyotiga qo‘shadigan xissasi to‘ғrisida tasavvur xosil qilishdan iborat. Ta‘lim 

tizimida axborot, innovatsion va pedagogik texnologiyalarni o‘rganishga ajratilgan 

soatlarni talabalarga shunday yetkazish kerakki, ular bu kurslardan so‘ng bemalol 

axborot kommnikatsiya texnologiyalari hamda pedagogik texnologiyalardan ishlab 

chiqarish jarayonida foydalana oladigan bo‘lishlari lozim. 

Talabalarga beriladigan bilim, ko‘nikma va malalkalar bazasida iloji boricha 

nazariy qismi, ya‘ni ―Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ularning turlari. 

Zamonaviy  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari  imkoniyatlari.  Microsoft 

Office dasturlaridan foydalanish hamda innovatsion axborot texnologiyalari hamda 

yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishlarni ham nazarda tutadi. Mashғulot 

(dars)  o‘tish  uchun  zarur  o‘quv  materiallarni  tayyorlash  va  qayta  ishlash‖  va 

―Ta‘lim  jarayoni  sifatini  aniqlovchi  dasturlar.  Talabalar  bilimini  baxolash  va 

nazorat  (test)  dasturiy  ta‘minot  turlari  va  ulardan  foydalanish  metodikasi‖ 

mutaxassislar  tomonidan  ma‘ruza-  suxbat  tarzida  o‘tiladi.  Tayanch  manbalar 

bazasida  o‘tiladigan  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari  to‘liғicha    amaliy  

mashғulot    tariqasida    o‘tilib    asosan:    fanda    axborot    kommunikatsiya 

texnologiyalaridan foydalanish, ―MS Word ‖ dasturida elektron dars ishlanmalarini 

yaratish,  ―MS Excel‖ dasturi yordamida statistik ma‘lumot va materiallarni qayta 

ishlash,  ―MS  Power  Point  ‖  dasturi  yordamida  dars  (mashғulot)  taqdimotlarini 

yaratish texnologiyalarini, ―Paint ‖ dasturi yordamida har xil chizma va shakllarni 

ishlab chiqish talabalarga to‘liq o‘rgatiladi. 

Bu yerda asosiy maqsad talabalarga yuqorida nomlari keltirilgan dasturlarni 

to‘liq  o‘zlashtirgan  xolda  ishlab  chiqarishda  bu  dastur  materialllari  va 

ma‘lumotlaridan foydalanishlaridan iborat. Bu asosiy maqsad sifatida kun tartibida 

doimiy 

turadi. 


Qachonki, 

talabalar 

kompyuter 

texnikasidan, 

axborot 

kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalanishni  mukammal  o‘rganib,  olgan 

bilimlarini  mustaxkamlashda,  ulardan  tegishli  xulosalar  chiqarishda,  kompyuter 


14 

 

grafikalaridan  foydalanishda,  axborot  kommunikatsiya  materiallaridan  o‘quv 



jarayonida  foydalanish  tizimlarini  o‘rganib  olmagunlaricha.  O‘zimizga  ma‘lumki 

xozirgi  zamonda  axborot  kommunikatsion  texnologiyalarisiz,  yangi  pedagogik, 

innovatsion  texnologiyalarsiz  amalga  oshirib  bo‘lmaydi.  Oliy  ta‘lim  professor-

o‘qituvchilariga pedagogik texnologiyalardan foydalanish interfaol usullarda darsa 

(mashғulot) o‘tishni o‘rgatishdan asosiy maqsad, pedagoglar bu usullarni o‘rganish 

davomida  pedagogik  texnologiyalar  bo‘yicha  barcha  o‘zlashtirgan  innovatsion 

texnologiyalarni  (interfaol  usullarni)  mutaxassislik  bo‘yicha  o‘tiladigan  fan 

mavzulariga tadbiq qilgan xolda dars (mashғulot) olib borishga o‘rgatishdan iborat. 

Bu  o‘rinda  Farғona  politexnika  instituti.  Geodeziya,  kartografiya  va  kadastr 

yo‘nalishi  talabalariga  ta‘lim-tarbiya  berishda  kafedra  professor-o‘qituvchilari 

internet ma‘lumotlaridan, 

GPS  qurilmasi  materiallaridan.  elektron  taxiometr  yordamida  amallar 

bajarish  bo‘yicha  texnologik  materiallardan  keng  ko‘lamda  foydalanmoqdalar. 

Kafedra  professor-o‘qituvchilarning  sa‘yi  harakatlari  natijasida  talabalarda 

mutaxassislikka  nisbatan  qiziqish  rivojlanib  bormoqda.Ta‘lim  jarayoniga 

pedagogik,  innovatsion  va  axborot  texnologiyalarini  kirib  kelishi  o‘z  navbatida 

ularda  ma‘lumotlar  olish,  berish,  jo‘natish  tizimlarini  mukammal  o‘rganib 

olishlariga  olib  keldi  va  bu  xolat  shu  kunlarda  ham  davom  etmoqda.  YUqoridagi 

kabi  bu  masala  ham  fan  o‘qituvchilari  va  uquvchi-talabalar  pedagogik 

texnologiyalarni  to‘liq  o‘zlashtirib  olmagunlarigacha  kun  tartibidan  yechilmaydi. 

Chunki, axborot, innovatsion, kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uni 

amaliyotda qo‘llashni o‘rganish shu kunning dolzarb masalalaridandir. 



 

 

 

 

 

 

 

15 

 

II BOB. DASTURLASH ASOSLARI FANIDAN “DASTURLASH 



ASOSLARI. DASTURLASH TILLARI VA ULARNING 

KLASSIFIKATSIYASI” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI. 

 

2.1. Camtasia Studio dasturi haqida tushuncha 

Camtasia  Studio  dasturi  o‗zining  interfeysi,  juda  ko‗plab  formatlari,  video 

fayllarga  turli  xil  belgilar  va  izohlar  qo‗yilishi,  darslarga  menyular  hosil  qilinishi 

bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayl? larni ham yaratish 

mumkin.  Dars  yozish  davo?  mida  ekranning  kerakli  joyini  alohida  ajratib 

ko‗rsatish imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli videodarslar yozuvchi 

dastur sifatida Camtasia Studio tanlandi. Camtasia Studio dasturi to‗rtta yordamchi 

qismlardan  iborat:  Camtasia  MenuMaker,  Camtasia  Player,  Camtasia  Theater  va 

Camtasia  Recorder.  Dasturning  asosiy  qismi,  shubhasiz,  Camtasia  Recorder 

hisoblanadi. Barcha darslar aynan shu dastur yordamida yaratildi. Camtasia Studio 

dasturi  oynasining  pastki  qismida  timeline  deb  nomlanuvchi  ishchi  stoli  mavjud 

bo‗lib, u orqali audio va video fayllar ustida turli xil amallarni bajarish mumkin. 

Bular  jumlasiga  fayllarni  bir-biriga  bog‗lash,  keraksiz  qismlarni  qirqib  tashlash 

kabilar kiradi. Asosiy oynaning markazida dastur ishlashi mumkin bo‗lgan fayllar 

ro‗yxatini  ko‗rsatuvchi  «Корзина  клипов»    (Clip  Bin)  qismi  joylashgan.  Shu 

fayllarni o‗ng  tarafdagi videopleyerda ko‗rish mumkin. Bu  kichkinagina Camtasia 

Player dasturi faqatgina bitta vazifani bajaradi — AVI fayllarini namoyish etadi. 



 

Ishning borishi 

        Dastlab qiladigan ishimiz Camtasia Studio dasturini ishga tushiramiz.  Quida 

uning ish stoli  ko'rsatilgan. 


16 

 

 



Camtasia Studio ishchi paneli bilan tanishishni boshlaymiz.  

Bu ikki bo'lim  ekranda bo'ladigan jarayonlarni rasmga 

tushirib , ovozini yozib ularni birlashtirib vidio fayl 

yaratish uchun ishlatiladi. Ikkinchisi aynan 

powerpointda bo'ladigan voqealarni yozib oladi. 

Add panelidagi import media bo'limi yozib olingan vidio 

faylni import qilish vazifasini bajaradi. Title clips  

bo'limida vidio faylning kirish qismiga har xil yozuvlarni 

chiqarish vazifasini bajaradi. Voice norration  bo'limi 

orqali yozilgan vidio faylimizni biron joyida ovozini defekti bo'ladigan bo'lsa biz 

osha joyini oçhirib hamda o'chirmasdan ustidan to'g'rilab yozishimiz mumkin.  

Record camera orqali biz web kameradan foydalanishimiz mumkin. 

Edit panelidagi audio enhancements bolimida tovush 

tebranishlarini to'g'irlaydi ya'ni undagi shovqinlarni 

kamaytiradi. Zoom-n-pan bo'limi orqali kerakli joyini 

yaqinlashtirib va o'z xoliga qaytarishimiz mumkin. 

Callouts bo'limi orqali vidio fayl da qo'shimcha oyna hosil 

qilishimiz mumkin. Transitions  bo'limida  har xil perexodlarni berishimiz 

mumkin. Captions bo'limida  vidio faylning tagiga o'zimizga kerakli bo'lgan 


17 

 

yozuvlarni chiqarishimiz mumkin. Flash quiz and survery bo'limi orqali biz vidio 



faylimizga  har xil savollarni, testlarni joylashtirishimiz mumkin. 

  Produce panelining Produce  vidio as  bo'limida biz yozib 

olgan vidio faylimizni qanday qilib va qanday formatda 

saqlashimizni tanlaymiz. Create CD  menu vidio fayllarni 

CD disklarga, Create web menu esa web saxifalarga  menu 

shaklida yozish uchun mo'ljallangan.  



O'quv multimediyali ilovalar yaratish 

        Buning uchun  biz yuqoridagi record panelidan foydalanishimiz mumkin yoki 

bo'lmasa dastur ishga tushgan paytida quidagi oyna chiqadi. Shu oyna orqali ham 

vidio ilovalarni yozishni boshlashimiz mumkin. 

 

             Record  the  screen  bosadigan  bo'lsak  quidagi  oyna  chiqadi  oyna  chiqadi. 



Bu  oyna  orqali    biz  ekranning  qancha  yoki  qanday  qismini  vidioga  olishimiz 

mumkinligini tanlashimiz mumkin. Undan tashqari camera tugmasini bosish orqali 

biz  veb  kamerani  ishga  tushirib  undan  foydalanishimiz  mumkin.  Audio  tugmasi 

esa ovoz bilan yozish yoki yozmaslikni tanlash imkoniyatini beradi. Rec tugmasini 

bosishimiz  bilan  tasvirga  olish  jarayoni boshlanadi. Bu  jarayonni  to'xtatish  uchun 

f10 tugmasini bosish yetarli.  



18 

 

 



F10 tugmasi bosilgandan so'ng quidagi oyna chiqadi.  Bu oyna orqali vidio faylni 

oçhirish, saqlash , o'zgartirish kabi vazifalarni bajarishimiz mumkin. 

 

Bunday saqlashda biz vidio faylni ikki xil formatda saqlashimiz mumkin: *.camres 



va *.avi. 

 

 



 

 


19 

 

2.2. Ma'ruzaning texnologik xaritasi 



Faoliyat 

bosqichlari 

Faoliyat mazmuni 

Pedagog 

Talaba 

I. Kirish 

(15 minut) 

1.1.  O`quv  predmeti  nomi  bilan  tanishtiriladi, 

predmet  xaqida  dastlabki  ma'lumotlar  beriladi. 

Mavzu  nomi  bilan  tanishtiradi.  O`tilayotgan 

mavzu kirish  ma'ruza tarzida tashkil etilishi  e'lon 

qiladi. 


1.2.Semestr davomida ―Dasturlash asoslari‖  kursi 

bo`yicha  o`tiladigan  mavzular,  ularga  ajratilgan 

soatlar 

va 


talabalarni 

shu 


predmetni 

o`zlashtirishdagi  reyting  tizimi  (joriy,  oraliq, 

yakuniy nazorat ballari) bilan tanishtiriladi.  

1.3. Bugungi  mavzu  nomi, 

rejasi bilan tanishtiriladi va unga izox beriladi. 

Eshitadilar.  

 

 

 



Yozib oladilar. 

 

 Eshitadilar, 



yozib oladilar. 

 

Eshitadilar.   



II. 

Asosiy 


bosqich 

(55 minut) 

2.1.  ―Dasturlash  asoslari‖    fanini  predmeti, 

maqsadi  va  vazifalari  xaqida  umumiy  tushuncha 

beriladi.    Birinchi  rejani  «insert»  texnikasi  orqali 

taxlil  qilish  topshiriladi  va  ma'ruza  matni 

tarqatiladi,  «insert»  texnikasidan  foydalanish 

tushuntiriladi.  Talabalar  bajargan  ishlari  taxlil 

qilinadi.   

2.1. 


Dasturlash  asoslari    fanining  asosiy 

tarmoqlari  xaqidagi  ma'lumotlar  bilan 

talabalarni tanishtiriladi.  

Eshitadilar, 

taxlil qiladilar. 

 

Matnni 



ko`rib 

chiqadilar 

va 

berilgan 



belgilarni  qo`yib 

chiqadilar. 

Yozib oladilar. 

 

III. 



Yakunlovchi 

bosqich  

(10 minut) 

3.1.Mavzuni uchta rejasi asosida xulosa qilib, eng 

muhim  ma'lumotlarga  talabalar  diqqatini  jalb 

qiladi.  

3.2.  Muhokamada  faol  qatnashgan  talabalarni 

rag`batlantiradi. 

3.3.Savollar 

berish 


orqali 

bilimlar 

mustahkamlanadi.   

3.4.Mustaqil  ishlashlari  uchun  vazifa  beriladi: 

mavzuning 

qolgan 


ikkita 

rejasini 

mustaqil 

o`rganish. 

Tinglashadi, 

savollar 

berishadi. 

Savol  –  javobda 

qatnashadilar. 

Yozib oladilar. 

 

 

 

 

 


20 

 

2.3.  Dasturlash asoslari. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi 



mavzusi ma'ruza mashg'ulotlarni o'qitish metodikasi 

 

Ma’ruza rejasi. 

1.  Dasturlash tili. 

2.  Dasturlash  tillarining  turlari:  mashina  tili,  mnemonik  (belgili)  til  va 

yuqori darajali dasturlash tili.  

3.  Dasturlash tillarining asosiy elementlari. 

 

Algoritmlarni  dastur  ko’rinishida  yozilishi  va  bu 

ko’rinishdagi  

boshqa yozuvlar bilan qanday farq qiladi? 

 

Algoritmlarni so‘zlar orqali yoki blok-sxema ko‘rinishida tasvirlash buyruqlar 



yozilishida bir qancha ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi. 

Amaliyotda  esa  algoritm  ijrochisi  kompyuter  hisoblanadi.  Shuning  uchun 

kompyuter uchun to‘zilgan algoritm u «tushunadigan» tilda tasvirlanishi kerak. 

Ijrochi  (kompyuter)  berilgan  buyruqlarni  aniq  va  to‘ғri  bajarishi  uchun  unga 

beriladigan  buyruqlar  yozilishi  aniq  va  ijrochi  tomonidan  bir  xil  tushunilishi 

lozim. 

Shu  sababli  kompyuter  tushunadigan  til  dasturlash  tili,  bu  tilda  yozilgan 

algoritm esa kompyuter dasturi deyiladi. 

Dasturlash tillarining yaratilish tarixi 


21 

 

Dasturlash tillari asosan 2-jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo 



uning tarixi ancha olis yillarga borib takaladi. 

Arxeologik  qazilmalarda  topilgan  sopol  taxtachada  bundan  3800  yil  oldin 

(eramizdan  1800-yillar)  Vavilonda  foiz  (%)  bilan  boғliq  murakkab  amallar 

algoritmi  keltirilgan.  Unda  aniq  masala  ishlangan  bo‘lib,  agar  bugdoy  yilda  20% 

dan  oshib  borsa,  uning  miqdori  ikki  marta  o‘sish  uchun  necha  yil  va  oy  kerak 

bo‘lishi algoritmi yozilgan. 

XIX asr franso‘z kashfiyotchisi Jozef Mari Jakkard 1804 yilda yupqa mato 

ishlab  chiqish  jarayonida  stanoklar  uchun  perfokartani  eslatuvchi  tasma  ishlatgan 

va shu bilan perfokartaga asos solgan edi. 

1836 yildan ingliz Charlz Bebbidj hozirgi kompyuterlarning bevosita avlodi 

bo‘lmish  analitik  mashina  ishlab  chiqishga  kirishdi  va  bu  masalani  nazariy  hal 

qildi.  Bu  mashinaning  asosiy  xususiyati  uning  dastur  asosida  ishlashi  va  hisob-

kitob natijalarini «eslab» qolishida edi. 

1843  yilda  ingliz  matematigi  Ogasta  Ada  Bayron  (Lavleys)  –  shoir  lord 

Bayronning  qizi  –  analitik  mashina  buyruqlar  asosida  ishlashi  kerakligini 

ta‘kidladi.  U  berilgan  shartlar  bajarilmaguncha  qadamlar  ketma-ketligini 

ta‘minlovchi  buyruqlarni  yozdi.  (Bu  hozirgi  kunda  takrorlash  (sikl)  operatori 

deyiladi). Bu bilan u dasturlash va uning tiliga asos soldi. 

Mazkur va boshqa kashfiyotlar, kompyuter bevosita yaratilgach, unga zarur 

bo‘lgan til yaratish talabini qo‘ydi. 

Dunyo  odamlari  urtasidagi  munosabatda  yagona  til  bo‘lmaganidek,  xilma-

xil  kompyuterlarning  yaratilishi  va  ularning  turli  sohalarda  qo‘llanilishi,  yagona 

dasturlash tilini yaratish mumkin emasligini ko‘rsatdi. 

 

                                                    

 

Perfokarta                                                            Alan Tyuring 


22 

 

 



1955-1959  gg.  Rossiyalik  olimlar  A.A.  Lyapunov,  S.S.  Kamo’nin,  E.Z. 

LyubimskiyA.P. yershovL.N. KorolevV.M. KurochkinM.R. Shura-Bura 

va  boshqalar  «dasturlovchi  dasturlar»,  ya‘ni  translyatorga  o‘xshash  dastur 

yaratdilar.  V.V.  Marto’nyuk  esa  dasturlarni  yaratish  va  otladka  qilishni 

tezlashtirish maqsadida belgili kodlar sistemasini yaratdi.  



1955-1959  gg.  dasturlash  nazariyasi  (A.A.  Lyapunov,  YU.I.  YAnov,  A.A. 

Markov,  L.A.  Kalujin)  va  sonli  metodlarga  (V.M.  Glushkov,  A.A.  Samarskiy

A.N. Tixonov) asos solindi. Fikrlash mexanizmi sxemasini va genetika jarayonlari 

modellashtirish,  kasalliklar  diagnostikasining  algoritmlari  ishlab  chiqildi  (A.A. 



LyapunovB.V. GnedenkoN.M. AmosovA.G. IvaxnenkoV.A. Kovalevskiy 

i dr.).  

                                                         

                                 

 

Djon Bekus                                        Niklaus Virt                                 Dennis 



Ritchi 

 

1957 g. Djon Bekus Fortran tilining asoschisi.  

1959  g.  O‘zoq  yillar  mobaynida  dasturlashtirish  sohasida  o‘ziga  xos 

standartga aylangan Algol tili yaratildi. 



1965  g.  Djon  Kemeni  va  Tomas  Kurslar  (Dortmund  kolledji,  AQSh) 

tomonidan Beysik dasturlash tili yaratildi. 



23 

 

1970 g. Shveysar olimi Niklaus Virt Paskal dasturlash tilini ixtiro qiladi.  



1971  g.  Franso‘z  olimi  Alan  Kolmari  mantiqiy  dasturlash  tili  Prolog 

(PROgramming in LOGic)ni yaratdi. 



1972 g. Bell Laboratories xodimi Dennis Ritchi Si dasturlash tilini yaratadi.  

                                  

 

                                  Altair                                        Bill Geyts i Pol Allen 



 

1975  g.  YOsh  dasturchi  Pol  Allen  i  Garvard  universiteti  talabasi  Bill 

Geytslar Altair kompyuteri uchun Beysik tilini ixtiro qildilar. Keyinchalik esa ular 

jahonda  dasturlar  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  eng  yirik  Maykrosoft  (Microsoft

firmasini to‘zadilar.  

1979  g.  SoftWare  Arts  firmasi  VisiCalc  (Visible  Calculator)  personal 

kompyuterlar uchun dasturlar paketini yaratdi. 

 

Dasturlash tillari yaratilishi bo’yicha uch guruhga bo’lish mumkin: 

 

 

 

 

 

 

 

Dasturlash tili darajalari 

 

Bugungi kunda yuzlab dasturlash tillaridan foydalaniladi. Har bir dasturlash 



tili  ma‘lum  bir  soha  yoki  yo‘nalishga  oid  masalalarni  xal  qilish  uchun 

mo‘ljallangan. 

Dasturlash tillari 

Quyi 


darajadagi 

O‘rta 


darajadagi 

Yuqori 

darajadagi 

24 

 

Bizga  ma‘lumki,  har  qanday  algoritm  –  ko‘rsatmalar  ketma-ketligi,  va  bu 



ko‘rsatmalar  bajarilgandan  so‘ng  ma‘lum  bir  natijaga  erishiladi.  Dasturlash  tili 

darajasi buyruq va ko’rsatmalarning maydalashganlik darajasi (detalizatsiya 

darajasi)  bilan  belgilanadi  -  qanchalik  (detalizatsiya)  kamroq  va  soddaroq 

bo’lsa, shunchalik tilning darajasi yuqoriroq bo’ladi. 

Quyi  darajadagi  dasturlash  tillari  kompyuter  qurilmalari  bilan  bevosita 

boғliq bo‘lib, buyruqlar ularning kodlari yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan 

tashqil topgan dasturlar katta hajmli bo‘lib, ularni tahrirlash ancha mushkul ish edi. 

Dastlabki kompyuterlar (Eniak, MESM va boshqalar) ana shu tilda ishlar edi. 



O’rta  darajadagi  dasturlash  tillari  buyruqlarida  faqat  raqamlar  emas, 

balki  ba‘zi  inson  nutqiga  yaqin  so‘zlar  ishlatila  boshlandi  va  ular  ko‘pincha 



assembler tillari deb ham yuritiladi. 

Mazkur  tilning  ijobiy  xususiyati  shundaki,  ular  yordamida  to‘zilgan  dastur 

boshqa tillarda to‘zilganidan 10-15 marta tezroq ishlaydi. Unda boshqa darajadagi 

tillarda  bo‘lmagan  amallar  mavjud.  Bunday  tillarga  AVTOKOD-BEMSh, 



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish