Milliy istiqlol


§4. Milliylikka asoslangan baynalmilliylik – millatlararo munosabatlar



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/17
Sana11.02.2020
Hajmi1,02 Mb.
#39461
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi asosiy tushuncha va tamoyillar fanining predmeti maqsad va vazifalari metodologik asoslari

§4. Milliylikka asoslangan baynalmilliylik – millatlararo munosabatlar 
madaniyatini shakllantirish sharti 
 
Ko„p  millatli  jumhuriyatimiz  sharoitida  milliy  munosa-batlarni  uyg„unlashtirish, 
millatlararo munosabatlar madani-yatini takomillashtirishning eng muhim sharti  –
turli  millat  va  elat  vakillarida  o„zaro  hurmat  tuyg„usini  tarbiyalashdir. 
Respublikamizda  insonparvar,  demokratik  jamiyat  qurish  uchun  kurash  avj  olgan 
hozirgi  sharoitda  millatlararo  munosabatlar  madaniyatini  yangi  bosqichga 
ko„tarmoq uchun odamlarda baynalmilliy his va tuyg„ularni shakllantirish muhim 
ahami-yatga molikdir. Buning uchun esa, eng avvalo, milliylik va baynalmilliylik 
orasidagi dialektik aloqadorlik mexaniz-mini to„la tushunib olmoq darkor. 
Baynalmilliylik  boshqa  millat  va  elatlar  manfaatini  hamisha  e‟tiborga  olish, 
ularning  tili,  adabiyoti,  madaniyati,  san‟ati,  tarixi,  dini,  urf-odatini  hurmat  qilish, 
qadrlay  bilish  demakdir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bisotida  baynal-milliylik 
tuyg„usi  bo„lgan  inson  dastlab  o„z  millati  yoki  elatining  milliy  qadriyatlarini 
o„zlashtirib  oladi.  Milliy  qadriyatlarni  o„zlashtirish  orqali  boshqa  millat  va  elat 
yaratgan  umuminsoniy  qadriyatlarni,  ya‟ni  insoniyat  yaratayotgan  barcha  ilg„or 
progressiv qadriyatlarni o„zlashtiradi. 
Milliylik  va  baynalmilliylik  inson  faoliyatidagi  biri  ikkinchisi  bilan  dialektik 

aloqador  bo„lgan  eng  muhim  his  va  tuyg„ulardir.  Insonning  insoniy  fazilatlarini 
xarakterlovchi  ikki  holat,  ikki  darajadir.  Bu  ikki  holat  biri  ikkinchisisiz  yashay 
olmaydi. Agar uning biri shikastlansa, ikkinchisi ham darhol shikastlanadi. 
Lekin  shuni  alohida  ta‟kidlash  zarurki,  baynalmilliy-lik  zaminida  milliy  ong 
yotadi. Chunki insonda milliylik tuyg„usi bo„lmasa, u o„zining qaysi millat, elatga 
mansubligini his qila olmasa, o„sha millat yoki elatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy 
manfaatlarini  tushunib  yetmasa,  uni  himoya  qila  bilmasa,  urf-odatlari  va  rasm-
rusumlariga  amal  qilmasa,  madaniyati,  adabiyoti,  tili  va  tarixidan  yiroq  bo„lsa, 
bunday  kishi  chinakam  baynalmilliychi  bo„lolmaydi.  Shoirlar  aytgani-dek,  milliy 
zamindan  uzilgan  odam  vaznsizlik  holatida  ish  ko„rayotgan  kosmonavtga 
o„xshaydi.  U  na  osmonning  yiroqligini,  na  ona  yerning  azizligini  biladigan 
manqurtga aylanadi. 
Sovet  hokimiyati  yillarida  amalga  oshirilgan  tarbiyaviy-mafkuraviy  ishlarimizda 
baynalmilliylik  milliylikdan  ajratib  qo„yildi.  Zo„r  berib  baynalmilliylik  haqida 
gapirdigu,  milliy  ong,  milliy  g„urur  haqida  lom-mim  demadik.  Umumta‟lim 
maktablarining  dasturlarida  milliy  madaniyatni,  millat  tarixini,  milliy  tilni 
o„qitishga  e‟tibor  berilmadi.  Natijada  yigit  va  qizlarimizning  ko„pchiligi  milliy 
qadri-yatlarimizdan benasib bo„lib voyaga yetdilar.  
Milalatlararo 
munosabatlar 
madaniyatida 
tub 
burilish 
yasamoq 
uchun 
mehnatkashlar  orasida  olib  borilayotgan  baynalmilliy  tarbiyaning  shakl  va 
uslublari,  mazmuniga  alohida  e‟tibor  berish  lozim.  Ayniqsa  baynalmilliy 
tarbiyaning  iqtisodiy  asosini  ishlab  chiqish  zarur.  Chunki  ko„p  millat  va  elatni 
birlashtirgan sobiq Ittifoqda baynal-milliy tarbiyaning iqtisodiy asosi yaratilmagan 
edi. Ba‟zi bir respublikalar boqimanda bo„lib qoldi, bu yerdagi xalqlar boshqalar 
hisobiga 
yashayapti, 
degan 
o„ylovsiz 
mushohadalar 
millatlararo 
munosabatlarimizga sovuqlik tushirgandi. Xuddi shuning uchun ham ko„p millatli 
davlat  sharoitida  baynalmilliy  aloqalarning  iqtisodiy  asoslarini  o„rganadigan 
alohida  instiut  tashkil  etish  maqsadga  muvofiq  bo„ladi.  Bu  instiut  ko„p  millatli 
mamlakat  sharoitida  turli  millat  va  elatlarning  milliy  ehtiyojlarini  o„rganib,  uni 
qondirish  yo„llari  xaqida  konkret  taklif  va  rejalar  ishlab  chiqishda,  qaysi  millat, 
qaysi elat davlat jamg„armasiga qancha hissa qo„shdi, undan nimalar olayotganini 
aniq  hisob-kitob  qilishda  munosib  rol  o„ynaydi.  “Hisobli  do„st  ayrilmas”,  deb 
bekorga  aytishmagan.  Ana  shunday  mexanizm  yaratmasdan  turib,  turli  millat  va 
elatni  o„zida  birlashtirib  turgan  mamlakatlarda  millatlararo  munosabatlar 
madaniyatida  tub  burilish  yasash  xaqidagi  gaplar  gapligicha  qolaveradi. 
Baynalmilliy tarbiya-ning samarasi ham o„ziga yarasha bo„ladi. 
Mehnatkashlarda  baynalmilliy  tuyg„uni  mustahkamlash  uchun  dastavval  har  bir 
millat va elat kishisida o„zligini tanish, o„zligini namoyon qilish malakalari bo„lishi 
kerak. Milliy g„urur, milliy iftixor, milliy or-nomus tuyg„ulari shakllanishi lozim. 
Shaxsning  o„zida  milliy  tuyg„ular  bo„lmasa,  boshqalarni  hurmatlash  tuyg„usini 
shakllantirib  bo„lmaydi.  Baynalmilliy  tarbiyada  shunga  erishish  lozimki,  har  bir 
kishi eng avvalo betakror mustaqil shaxs sifatida muayyan milliy jamoaning vakili 
ekanligini  his  etsin,  o„zini  vatanning  fuqarosi  deb  tushunsin,  so„ngra  unda  butun 
bashariyat  g„amidan  chetda  qolmaslik  tuyg„usi  shakllansin.  Ana  shunday  tuyg„u, 
ana  shunday  kayfiyat  kimning  ongida,  faoliyatida  hukmron  bo„lsa,  unday  kishini 

haqiqiy baynalmilliychi deb atash mumkin.  
Boshqacha  qilib  aytganimizda,  baynalmilliy  tarbiyaning  zaminida  milliy 
qadriyatlar  yotmog„i,  unda  o„z  xalqining  madaniyati  va  turmush  tarziga  tayanib 
o„zga xalqlar madaniyatini, o„z ona tiliga asoslanib boshqa xalqlar tilini o„rganish 
asos qilib olinishi lozim. Chunki o„zligini anglamagan inson o„zgalar qadriga ham 
yetmaydi.  Chinakam  baynalmilliy  tarbiya  ildizlari  ham  shundagina  mustahkam 
bo„ladi.  Xullas,  haqiqiy  baynalmilliy  tuyg„uga  ega  bo„lgan  shaxsni  tarbiyalash 
deganda chinakam barkamol insonni voyaga yetkazishni tushunmoq lozim. 
Baynalmilliy  tuyg„uga  ega  bo„lgan  odam  zamonasining  eng  dolzarb 
muammolaridan  chetda  tura  olmaydi.  Bunday  kishilar  ko„pincha  eng  ilg„or 
progressiv,  gumanistik  g„oyalar  bilan  qurollangan  bo„ladi.  Ana  shu  g„oyalar 
qarichi bilan olamda sodir bo„layotgan voqealarni baholaydi. Tabiat musaffoligini 
saqlab  qolish,  tinchlik  uchun  olib  borilayotgan  har  bir  kishining  harakati 
baynalmilliylikning eng muhim mezonlaridandir.        
Hozirgi  sharoitda  baynamilliy  tarbiyaning  samarador-ligini  oshirish  uchun 
odamlarga eng avvalo milliy g„urur, milliy qadriyatlarni ulug„lash, vatanparvarlik, 
do„stu-birodarlik  tuyg„ularini  shakllantirish  lozim.  Bunday  ishni  amalda 
uddalamoq  uchun  har  bir  millat  va  elatning  milliy  qadriyatlarini  ulug„lash 
borasidagi  jamoat  tashkilotlarining  faoliyatini  tubdan  qayta  qurish  maqsadga 
muvofiqdir.  Bu  borada  keyingi  vaqtlarda  respublikamiz  shahar  va  qishloq-larida 
xalq  bayramlari  va  marosimlarining  qayta  tiklanishi  va  ularni  takomillashtirishga 
e‟tiborning  oshganligi  diqqatga  sazovordir.  Ramazon  va  qurbon  hayitlarining 
nishonlanishi,  ayniqsa,  Navro„z  bayramining  tiklanishi  jamoatchilik  tomonidan 
qizg„in  ma‟qullandi.  Yaqin  o„tmishda  xalq  turmushining  madaniy  va  ma‟naviy 
sohasida  ma‟muriyatchilikka  yo„l  qo„yilganligi,  asrlar  davomida  tarkib  topgan 
an‟analarni  mensimaslik  kabi  holatlar  barham  topdi.  Har  yili  21  martni  Navro„z 
bayrami – dam olish kuni, 21 martdan 21 aprelgacha bo„lgan davr “Rahm-shafqat” 
va  “Atrof-muhitni  muhofaza  qilish  oyligi”  deb  e‟lon  qilingani  va  bu  davr  ichida 
“Xotira  kuni”,  ,  “Birinchi  ekin”,  bolalarning  “Boychechak”  bayrami,”Lola  sayli” 
kabi ko„pgina marosimlarning tiklanishi odamlarda milliy g„ururning va shu orqali 
umummilliy qadriyatlarning shakllanishida katta rol o„ynaydi, 
Millatlararo munosabatlar madaniyatini hozirgi zamon talabi darajasiga ko„tarmoq 
uchun,  eng  avvalo,  tarbiya  yordamida  har  bir  kishi  o„z  milliy  qadriyatlari,  tili, 
yozuvi,  urf-odati,  tarixi,  madaniyati,  adabiyotini  mukammal  bilishi,  shu  orqali 
boshqa millat va elatlarning ham milliy qadriyatiga hurmat bilan qarashi malaka va 
ko„nikmalarini shakllantirish zarur.     
Xullas,  millatlararo  munosabatlar    sohasida  hayot  kun  tartibiga  qo„ygan  va  o„z 
yechimini  kutayotgan  muammolar  bugun  yangicha  tafakkur  yuritishni  taqozo 
etmoqda. 
Xususan, 
millat-lararo 
munosabatlar 
madaniyatini 
yanada 
mustahkamlash  uchun  ko„p  millatli  mamlakat  sharoitida  baynalmilliy  tarbiya 
to„g„ri  yo„lga  qo„yilishi  lozim.  Buning  uchun  esa  baynalmilliy  tarbiya-ni 
milliylikka asoslantirmoq muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

Karimov  I.A.  O„zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.  Tom  1.- 
Toshkent, 1996.  
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Tom 2.- Toshkent, 1996. 
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Tom 3.- Toshkent, 1996.  
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo„lidan. Tom 4.- Toshkent, 1996. 
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. Tom 5.- Toshkent, 1997. 
Karimov I.A. O„zbekiston XXI  asr bo„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari.- Toshkent, 1997.  
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo„lida. Tom 6. – Toshkent, 1998. 
Karimov  I.A.  Biz  kelajagimizni  o„z  qo„limiz  bilan  quramiz.  Tom  7.-  Toshkent, 
1999. 
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 
Tom 8.- Toshkent, 2000. 
Karimov  I.A.  Vatan  ravnaqi  uchun  har  birimiz  mas‟ulmiz.  Tom  9.-  Toshkent, 
2001. 
Karimov I.A. O„zbekistonda demokratik o„zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo„nalishlari.-  O„zbekiston 
ovozi, 2002, 31 avgust. 
Abdullayev G.   Natsionalnoye i internatsionalnoye v                         sfere bo„ta.- 
Tashkent,1991. 
Atamuradov  S.  Natsionalnoye  samosoznaniye  i  internatsio-nalnoye  vospitaniye.- 
Tashkent,1991. 
Achildiyev  A.        Tendensii  razvitiya  natsionalnogo  samosoz-naniya.- 
Obhestvenno„ye nauki v Uzbekistane, 1993, №1. 
Jo„rayev N., Boboyorov B. Millatlararo munosabatlarning         ma‟naviy asoslari.- 
Muloqot, 2001, №4,   2-4-betlar.      
Milliy  istiqlol  g„oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar.-  Toshkent,  2000,  59-60-
betlar 
Mustaqil  O„zbekiston  va  millatlararo  munosabatlardagi  barqarorlik.-  Toshkent, 
1995. 
Xushmurodov  I.,  Nazarov  q.  Milliy  munosabatlar  va  ma‟-naviy  madaniyat.- 
Toshkent, 1990. 
Choriyev  A.CH.,  Choriyev  S.A.  Millatlararo  munosabatlar  ma-daniyati.-  qarshi, 
1993. 
Choriyev A.CH.   Sotsialno„y oblik sovremennoy molodeji.- Tashkent, 1996. 
Yoqubjonova O. Til va internatsional tarbiya.- Toshkent, 1992. 
American bodies: cultural histories of the vehicle equal. Edited by Tim Armstrong. 
- Sheffield: Sheffield Academic, 1996. 
Rietbergen P. J. G. N.   Europe: cultural history.- London: Routledge, 1998.  
Ross. I. C. Umbra : a cultural history.- London: Viking,1996. 
Sherfherd S.   English drama: a cultural history.- Oxford:  
       Blackwell, 1996.   

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish