§2. Sovet hokimiyati yillarida millatlararo munosabatlarning
keskinlashuvi sabablari
Sovet hokimiyati yillarida mamlakat hududida yashovchi turli millat va elatlarning
turmush tarzi, buguni va istiq-boliga taalluqli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
ma‟naviy-madaniy muammolar o„z vaqtida hal etilmadi. Ayniqsa, millat-lar va
elatlarning milliy xususiyatlariga loqaydlik bilan qarash turli millat vakillarining
noroziligini kuchaytirib yubordi.
Sovet Ittifoqi tarixiga nazar tashlasak, ittifoqchi res-publikalar va boshqa milliy
uyushmalarning huquqlari asta-sekin cheklab qo„yilganining guvohi bo„lamiz.
Chunonchi, milliy respublikalarning mustaqil siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy fa-oliyat
ko„rsatishiga yo„l berilmadi. Mamlakat “temir qafas” bilan o„rab olinib, turli millat
va elatlardan iborat bo„lgan sovet xalqi jahondan ajratib tashlandi. Matbuot va so„z
erkinligiga yo„l berilmadi. Saylovlar va parlament faqat xo„jako„rsinga joriy
qilinib, ularning zimmasiga mustamla-kachilarning ko„rsatma va yo„l-yo„riqlarini
so„zsiz bajarish vazifasi yuklandi. Natijada Sovet federatsiyasining mazmuni
siyqalashib, nomi esa hujjatlardagina saqlanib qoldi, xolos. Rahbarlikdagi
yakkahokimlik, buyruqbozlik, ma‟muriyatchilik, hech kim bilan hisoblashmaslik
avj olib boraveradi. Zo„ravonlik va o„zboshimchalik yildan-yilga avj olib ketdi.
Butun-butun xalqlar o„zlari yashab kelgan tarixiy joylaridan zo„rlik bilan ko„chirib
yuborildi. Chunonchi, stalinchilik qrim tatar, chechen, qorachoy, bolqar, qalmiq
kabi ko„pgina xalqlarni yoppasiga vatanlaridan badarg„a qildilar. Millatlar va
elatlarning milliy huquqlari, milliy manfaatlari nazar-pisand qilinmadi, ular oyoq-
osti qilindi. Tabiiyki, bunday adolatsizliklar mamlakat hududida yashovchi turli
millat va elat kishilarining baynalmilliy qadriyatlariga, ularni xalqlar do„stligi
g„oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xala-qit berdi.
Mahkamachilik, zo„ravonlik, ur-yiqitlar ostida o„zbek xalqining eski o„zbek
yozuvidagi madaniy boyliklari ham shafqatsizlik bilan yo„q qilindi. O„tmish
madaniyati, ayniqsa qadimiy musulmon madaniyati haqida gapirish, targ„ibot va
tashviqot qilish og„ir jinoyat sifatida ta‟qib qilindi. Bunday bebaho madaniy
boyliklarni bunyod etishga ishtirok etgan avlodlar merosini ajdodlarga topshirish,
yetkazish imkoniyati-ga ega bo„lgan eski zamon mahalliy ziyolilari vahshiylarcha
yo„q qilindi. Yerli millatga xos milliy xususiyatlarning ko„pchiligi burjua
millatchiligining ko„rinishlari deb e‟lon qilindi. Maktab va ko„chalarni buyuk
ajdodlarimiz nomi bilan atashga millatchilikning ko„rinishi deb qaraldi. Bunday
nayrang-larning hammasi “madaniy inqilob” bayrog„i ostida amalga oshirildi.
Mustamlakachilik siyosati turli-tuman makru-hiylalar yordamida borgan sari avj
olib boraveradi. Sovet hokimiyati yillarida birgina o„zbek xalqi uch bor savodsizlik
balosiga giriftor etildi. Ming yillardan buyon madaniyat kaliti bo„lib kelgan eski
o„zbek yozuvidan 1929 yilda majburan voz kechilib, lotin yozuviga o„tildi.
So„ngra 1940 yilda lotin yozuvi bekor qilinib, kirillitsa yozuvi qabul qilindi. Bu
o„ta dahshatli tarixiy fojia edi. Bunday tadbirlar yordamida o„zbek xalqi o„z
o„tmishidan ajratib qo„yildi. Mazkur fojianing zaminida millatlarni birini
ikkinchisiga qo„shish, yagona millat yaratish g„oyasi yotardi.
Sharqona ta‟lim va tarbiya usullariga ham zarba berildi. Minglab allomalarni
voyaga yetkazgan masjidlar, madrasalar yopib tashlandi, ular omborxona-yu
molxonalarga aylantirildi. Asriy madaniy obidalarimiz zeru-zabun etildi. Bebaho,
nodir qo„lyozmalarimiz o„tda yoqildi, suvda oqizildi. Sovet hokimiyatining
amaldorlari Turkiston xalqining buyuk mada-niyati, boy tarixi, dunyo fani
taraqqiyotiga salmoqli hissa qo„shgan buyuk allomalarimizning nomlarini tarix
sahifa-laridan o„chirib tashlashga qanchalik urinmasinlar, baribir jahonning ilg„or
kishilari turkistonliklarni buyuk Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Mirzo Ulug„bek, Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy, Imom Buxoriy, At-Termiziy,
Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy avlodi deb bilishdi, izzat –hurmatlarini
kanda qilishmadi.
Sovet hokimiyati amalga oshirgan mustamlakachilik siyosati sobiq Ittifoqda
yashovchi barcha millat va elatlarning turmush tarzini ruslashtirishda yaqqol
namoyon bo„ldi. Tabiiyki, bunday makkorona siyosatning zaminida kelajakda
barcha millat va elatlar qo„shilib ketadi, degan xomxayol yotardi. Ma‟lumki,
I.V.Stalin VKP(b)ning XVI syezdida xalqlarning siyosiy tomondan birlashishi
bilan tillarning qo„shilishi masalasini ko„tarib, avval zonal, so„ngra yagona til
paydo bo„lishi to„g„ri-sidagi “nazariyasini” bayon qilgan edi.( Stalin I.V. Asarlar.
– Toshkent, 1950, t.12, 409-bet). Bu uydirma ruslashtirish siyosa-tining nazariy
asosini tashkil etdi.
Ruslashtirish siyosati tarafdorlarining bashoratiga ko„ra, SSSR hududida yashovchi
barcha millat va elatlar mamlakatda soni jihatdan eng ko„pchilikni tashkil etgan,
eng yirik va ilg„or hisoblangan rus xalqi bilan, so„ngra esa u orqali biri ikkinchisi
bilan qo„shilib ketishi lozim edi. Boshqacha aytganimizda, rus millati va rus tili
zaminida yagona sovet millati tarkib topishi darkor edi. Xuddi shuning uchun ham
butun tarbiya, tashviqot va targ„ibot mexanizmi, adabiyot, san‟at va fan rus
xalqining faqat ijobiy tomonlarini ulug„lashga qaratildi. Bunday vazifaning
bajarilishidagi yagona kalit rus tili hisoblandi. Shunday xomxayollar ta‟sirida rus
bo„lmagan boshqa xalqlarda rus xalqiga va rus tiliga intilish sun‟iy ravishda
kuchaytirildi.
Milliy teatrlar uchun tayyorlangan san‟at asarlari, film ssenariylari avvalo rus tilida
yaratilib, imperiya mah-kamalari tasdig„idan o„tganidan so„ng mahalliy millat
tiliga tarjima qilinardi. Milliy teatr repetitsiyalari, badiiy filmlarni suratga olish
jarayonlari rus tilida olib bori-lardi. Ilmiy va badiiy adabiyotlarning ko„pchiligi
ham rus tilida chop etildi. Jumladan, birgina O„zbekiston Fanlar Akademiyasining
tarix instituti 1988 yilda ilmiy ishlarning 80 foizini rus tilida, 16 foizini xorijiy
tillarda, atigi 4 foizinigina o„zbek tilida nashr etdi (Yosh leninchi, 1989, 12 iyul).
Sovet hokimiyati yillarida O„zbekistonning deyarli barcha viloyat, tuman va
shaharlarida markazlaridagi yasli-bog„chalarda tarbiya asosan rus tilida olib
borildi. Bunday muassasalarda tarbiyalangan millat farzandlari ruhiyatidan, fikr-
muloha-zasi, yurish-turishi, turmush tarzidan milliy ruh yo„qoldi, ular o„zga millat
ma‟naviy olami ta‟sirida shakllandilar, kamol topdilar. Bunday bolalarning
ko„pchiligi o„qishni ham rus maktablarida davom ettirdilar. Oqibatda millati
o„zbek, lekin ona tili rus tili bo„lgan shaxslar vujudga keldi. Bunday tipdagi
kishilar o„z millatining milliy xususiyatlaridan ham batamom ajralib qoldilar, rus
millatining milliy xususi-yatlarini esa o„zlariga to„la singdirib ola olmadilar. Ana
shun-day uslublar yordamida mustamlakachilar O„zbeistonda o„z tili, tarixi, dini,
o„z xalqining urf-odatlariga loqaydlik bilan qaraydigan, nigilistik kayfiyatdagi
katta bir avlodni vujud-ga keltirdilar.
Sovet hokimiyati yillaridagi iqtisodiy siyosat ham ijtimoiy adolat prinsiplariga zid
edi, shu bois millatlar-aro munosabatlar madaniyatiga va uning taraqqiyotiga
salbiy ta‟sir ko„rsatdi. Iqtisodiyotning o„ta markazlashtirilishi oqi-batida ishchi va
dehqon yaratgan asosiy foyda davlat hamyonida to„plana bordi. Shubhasiz, bunday
hol unitar davlatning iqtisodiy qudratini oshirdi, ayniqsa, mamlakatning harbiy
potensiallari yildan-yilga kuchayib, mustahkamlanib bordi.
Markazlashtirilgan iqtisod ikkinchi jahon urushidan keyingi besh yilliklarda
xarobaga aylangan mamlakatni tiklashda katta rol o„ynadi. Iqtisodiyotning
markazlashtiri-lishi natijasida SSSR hududida yashovchi barcha millat va
elatlarning xavfsizligi ta‟minlandi. Mamlakat tarixida bi-rinchi marta 40 yildan
ortiqroq
tinchlik,
osoyishtalik
hukmronlik
qildi.
Biroq
iqtisodiyot
markazlashtirilishining yildan-yilga mustahkamlanib borishi ijtimoiy adolat
prinsiplarining buzilishiga olib keldi. Tabiiyki, bunday holning yildan-yilga chuqur
ildiz ota borishi turli respublikalardagi aholining milliy manfaatlariga mos
tushmadi. Amalga oshirilgan bir yoqlama iqtisodiy siyosat millatlararo
mojarolarning asosiy manbalaridan biriga aylanib qoldi. Chunki sobiq SSSR
hududida faoliyat ko„rsatgan turli millat va elatga mansub ishchi va dehqon
peshona teri bilan yaratilgan ijtimoiy foydaning 91,5 foizi davlat xazinasiga tushib,
uning o„ziga 8,5 foizigina qoldi, xolos. (qarang: Yosh leninchi, 1991, 5 noyabr).
Totalitar davlat amaldorlari turli mintaqalardagi dehqonlar mehnatiga turlicha
baho belgilashdi. Ayniqsa, o„zbek dehqonining og„ir mehnatiga to„lanadigan haq
boshqa mintaqa-larda to„lanadigan o„rtacha mehnat haqidan 21,5 foizga kam qi-lib
belgilangan edi. Jumladan, O„zbekistondagi ish haqi RSFSRdagidan 34,0,
Belorussiyadagidan 29,0, qozog„istondagidan 33,2, Litvadagidan 49,6,
Latviyadagidan 62,5 foizga, Estoniya-dagidan esa 2 martadan ham kam edi
(O„zbekiston adabiyoti va san‟ati, 1991, 4 yanvar).
O„zbekistonda fuqarolar mehnatiga arzimas haq to„lanayot-gan bir paytda Amerika
ishchilari bir soatlik mehnatlari uchun o„rta hisobda 14,77 dollar ish haqi olishardi.
Norvegiyada esa bir soatlik ish haqi – 21,86 dollar, Germaniyada – 21,53 dollar,
Shveytsariyada – 20,93 dollar, Finlandiyada esa 20,76 dollarni tashkil etardi
(Turkiston, 1992, 10 yanvar).
qo„limizga qog„oz - qalam olib, hisob-kitob qilib ko„rsak, O„zbekiston saksoninchi
yillarning oxirida har yili sobiq Ittifoqning boshqa respublikalaridan 13 milliard
so„mlik mahsulot qabul qilib kelgan. Jumladan, sobiq SSSRning bosh-qa
regionlaridan har yili 3,8 million tonna don, 1,5 million tonna un, 4 million
kubometr yog„och, 4,8 million tonna ko„mir, 13 million tonnadan ko„proq neft va
neft mahsulotlari, 4,4 million tonna metall, 600 ming tonnaga yaqin qand-shakar
olib kelinardi. Keltirilgan mahsulotlarning asosiy qismi mashinasozlik va
metallurgiya sanoati uchun ishlatilgan. Umu-man o„sha yillari respublikaga
keltirilayotgan mashinasozlik va metallga ishlov berish buyumlarining qiymati 11
milliard so„mdan oshardi.(Sovet O„zbekistoni, 1990, 29 mart). Lekin buning
evaziga O„zbekistonda ishlab chiqarilgan paxtaning 90 foizi, meva va sabzavot
mahsulotlarining 50 foizidan ko„prog„i, pilla va qorako„l terining asosiy qismi
respublikadan tashib ketilardi. O„zbekiston sobiq Ittifoqning gaz va metallurgiya
sanoati korxonalariga katta mahsulot yetkazib berardi.
O„zbekiston o„zining yuqori sifatli oltini bilan ham Sovet Ittifoqi xazinasini
to„ldirib keldi. Chotqol, qurama, Nurota tog„lari, qizilqum sahrosi bag„rida
joylashgan Mar-jonbuloq, qalmiqqir, Uchquduq, Zarafshon, Muruntov, Navoiy,
Sovetobod kabi oltin konlarining dovrug„i butun dunyoga mashhur. Muruntov oltin
konidan qazib olinayotgan oltin o„zining tozaligi bo„yicha eng yuqori sifatga ega
(99,99), tannarxi bo„yicha esa SSSR hududidan qazib olingan oltin ichida eng
arzoni hisoblanardi.
Muruntovdan 1967 yildan buyon oltin qazib olinadi. Mu-taxassislarning hisob-
kitoblariga qaraganda, bu konda oltin zahirasining qalinligi 400 metr bo„lgan. Ana
shu zahiraning 200 metr qalinligi qazib olib ketilgan (Fan va turmush, 1992, №1,
3-bet). Kon ishga tushgan paytdan respublikamiz mustaqil-likka erishguniga qadar
birgina Muruntov oltin konidan sobiq Ittifoqning turli idoralari 500 million kubga
yaqin tilla tuproqni tashib ketdilar. Ana shunday qudratli oltin konini ishga
tushirish uchun Sovet imperiyasi bor-yo„g„i bir million so„m sarflagan edi, xolos.
O„zbekistonda mavjud bo„lgan konlardan mustamlakachilik-ning keyingi yillarida
90 tonnadan oltin qazib olingan. To„qsoninchi yillar boshidagi xalqaro narx bilan
baholaganda, bir gramm oltin 15,5 dollar edi. Shunga asosan hisob-kitob qiladigan
bo„lsak, respublikamiz hududidan yiliga 1,39 mil-liard dollar qiymatga teng oltin
Sovet imperiyasi xazinasiga tushib turgan.(Fan va turmush, 1992, №1, 3-bet).
Respublika yetkazib bergan har bir gramm oltini uchun It-tifoq xazinasidan bor-
yo„g„i 1 so„m 70 tiyin mablag„ olgan, xolos. Vaholanki, 1991 yil London birjasida
1 gramm oltin 11 dollarga sotildi. O„sha yili 1 dollar bizning pulimiz hisobida 100
so„mga teng bo„lganini inobatga olsak, bir gramm oltinning o„sha paytdagi qiymati
1100 so„m bo„lgani aniq bo„ladi. (Turkiston, 1992, 15 yanvar). Ana shunday
hisob-kitob qilsak, O„zbekiston oltinining qiymati hammaga ayon bo„lib qoladi.
Shu sababdan ham qazib olingan oltinning haqiqiy miqdori, uni qayta ishlashdan
keladigan daromad yerli aholidan mutlaqo sir tutildi.
Ana shunday hisob-kitob bo„lmaganligi uchun ham millat-lararo munosabatlar
madaniyatining iqtisodiy asoslari yemi-rildi va qudratli Sovet imperiyasi
tanazzulgi yuz tutdi.
Xulosa qilib aytadigan bo„lsak, millatlararo munosabat-lar madaniyatini
shakllantirish, ularni yagona milliy g„oya at-rofida jipslashtirish uchun turli millat
va elat vakillari orasidagi aloqalarning ma‟naviy va iqtisodiy asoslarini
mustahkamlash zarur bo„ladi. Sovet hokimiyati yillarida ushbu asoslar zaiflashib
ketgani tufayli millatlararo munosa-batlar keskinlashib bordi va oxir-oqibatda
Sovet
Ittifo-qining
inqirozga
yuz
tutishiga,
millatlararo
munosabatlar
madaniyatining esa rivojlanmay qolishiga olib keldi. Shu sababdan ham milliy
istiqlol mafkurasini shakllantirish vazifasini o„z oldimizga qo„yar ekanmiz,
millatlararo munosabatlarning ma‟naviy va iqtisodiy asoslarini mustahkamlashimiz
darkor.
§3. O„zbekiston respublikasining mustaqillikka erishishi va millatlararo
munosabatlarda tub sifatiy o„zgarishlarning sodir bo„lishi
1991 yilning 31 avgustida O„zbekiston Respublikasining mustaqilligi e‟lon qilindi.
O„zbeklarning tinch, parlament yo„li bilan mustaqillikka erishish uslubi jahon
milliy-ozodlik harakati tarixida o„ta noyob ijtimoiy-siyosiy voqea bo„lib, milliy
manfaatlari oyoq-osti etilgan, milliy g„ururi so„ndirib yuborilgan qadimiy o„zbek
xalqining insonparvar, demokratik jamiyat barpo etish bobidagi azmu-qaroriga
qanot ato etdi.
Mustaqil O„zbekiston – ko„p millatli mamlakat. Uning hududida azaldan o„zbeklar
bilan yonma-yon qoraqalpoqlar, qirg„izlar, qozoqlar, tojiklar, turkmanlar, arablar,
uyg„urlar, shuningdek, ozarbayjonlar, tatarlar, armanlar, gruzinlar, ruslar,
ukrainlar, koreyslar, yahudiylar, beloruslar, bosh-qirdlar, chuvashlar va boshqa 100
dan ortiq millat va elatlar yashaydi. O„zbekiston hukumati o„z hududida yashovchi
barcha millatlar va elatlarga teng siyosiy huquqlarni va ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy
rivojlanishda barcha imkoniyatlarni kafolatlamoqda. Irqchilik, shovinizm,
millatchilik, terrorizm, xalqaro huquqlarni cheklash yo„lidagi har qanday
urinishlarga qat‟iyan chek qo„ymoqda.
Millatlararo
munosabatlar
madaniyati
mamlakat
taraqqi-yotini
jaddallashtiruvchi omil hamdir. Zero, turli etnoslar orasidagi millatlararo totuvlik
ta‟minlanganidagina ular yagona g„oyaning ro„yobga chiqishi yo„lida xizmat
qiladilar. “O„zbe-kistonning milliy-madaniy rang-barangligi, - deb yozgan edi
I.Karimov o„zining “O„zbekiston – bozor munosabatlariga o„tishning o„ziga xos
yo„li” nomli risolasida, - milliy o„zlikni anglashning o„sishi va ma‟naviy jihatdan
qayta uyg„onishi bilan chambarchas bog„liq bo„lib, jamiyatni yangilash, uning
ochiq-ligining qudratli omili bo„lib xizmat qiladi hamda respub-likaning jahon
hamjamiyatiga qo„shilishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi”. (qarang: Karimov
I.A. O„zbekiston – bozor munosabatlariga o„tishning o„ziga xos yo„li. O„zbekiston:
milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Tom 1.- Toshkent, 1996, 293-bet). Shu
sababdan ham mustaqil O„zbekistonning o„ziga xos taraqqiyot yo„lini belgilashda
ko„pmillatlilikka, millatlararo munosabatlarni yuksaltirish muammolariga alohida
e‟tibor berildi.
Bunday mushtarak taraqqiyot yo„lining eng muhim xu-susiyati mahalliy xalqning
milliy xususiyatlariga tayanish-bilan bog„liqligi ham e‟tirof etildi. Boshqacha
aytganimizda, mustaqil O„zbekistonning o„ziga xos taraqqiyot yo„lining asosida
milliy omil (respublika hududida yashovchi xalqlarga xos ijtimoiy-iqtisodiy,
ma‟naviy-madaniy, tarixiy-diniy, ax-loqiy qadriyatlar, shuningdek, jo„g„rofiy
o„ziga xoslik, psixo-logik-ruhiy kayfiyatlar) hal qiluvchi ahamiyatga egadir. qadim
zamonlardan buyon xalqimiz o„zining tinchliksevarligi, oso-yishtalik va
hamjihatlikni sevishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham O„zbekiston
hukumatining tinchlik-osoyishtalikni barqaror qilishga qaratilgan barcha harakat-
lari xalqimiz tomonidan qo„llab-quvvatlanmoqda.
Bugun O„zbekistondan tashqarida ham 4 milliondan ortiq-roq o„zbek yashaydi.
Mamlakatimiz ichkarisidagi u yoki bu nojo„ya harakat millatdoshlarimiz taqdirini
tahlikaga solib qo„yishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham O„zbekiston hukumati
millat-lararo munosabatlarni barqarorlashtirishga, boshqa mintaqa-larda yashovchi
millat va elatlar tinchligi, osoyishtaligini ta‟minlashga diqqat-e‟tiborni qaratmoqda.
Millatlararo munosabatlarni uyg„unlashtirish respublikamizda barqaror siyosiy
muvozanatni vujudga keltirishning muhim shartidir.
Bugungi O„zbekiston taraqqiyot yo„lining eng muhim xususiyati – birovlarning
ichki ishiga aralashmaslik, tarix-ning bir necha bor sinovlaridan o„tgan
diplomatiya-iqtisodiy hamkorlikning turli uslublaridan foydalanish, o„zaro
yordamga asoslanganligidir. Shu bois O„zbekiston siyosiy mustaqillikni qo„lga
kiritishi bilan tashqi iqtisodiy faoliyatini kundan-kunga kengaytirib bormoqda.
Respublikamizning tashqi iqti-sodiy faoliyatida Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi
a‟zolari, Yevropa davlatlari, jahoning rivojlangan mamlakatlari alo-hida o„rin
egallayotir.
Mustaqil O„zbekiston tinchlik va osoyishtalikni ta‟-minlab, bozor munosabatlari
tomon jadallik bilan intila-yotir. Uning taraqqiyot jarayonini barqarorlashtirish
uchun za-rur bo„lgan qonunlar qabul qilindi. Aholining barcha qatlam-larini
ijtimoiy himoya qilish uzluksiz amalga oshirilayotir. Sovet hokimiyati yillarida
faqat xam ashyo yetishtirishga qaratilgan samarasiz iqtisodiyotdan asta-sekin voz
kechilib, mulkchilikning turli shakllari qaror topmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiy mustaqillikni qo„lga kirit-moq uchun mavjud tabiiy,
ishlab chiqarish, fan va texnika imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, shuningdek
ishlab chi-qarish strukturasini mahalliy sharoit va jahon iqtiso-diyotidagi
zamonaviy yo„nalishlarni hisobga olgan holda tako-millashtirish zarur bo„ladi.
Buning uchun eng avvalo bu yerda yetishtirilgan xom ashyoni qayta ishlab
chiqaradigan, hozirgi zamon fani, texnikasi va texnologiyasiga asoslangan sanoat
kosplekslarini barpo etish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa hozirgi zamon
mashinasozlik, metallurgiya sanoati tarmoqlarini kengaytirish yo„li bilan mahalliy
yoshlarni industrial mehnat bilan ta‟minlash va shu asosida yerli millat kishilaridan
malakali ishchilar avlodini yuzaga kelti-rish lozim. Shuning uchun ham respublika
hukumati mashinasoz-lik va metallurgiya borasida dunyoning eng nufuzli firma va
kampaniyalari bilan muzokaralar o„tkazib, shartnomalar tu-zishga intilmoqda.
Chunki respublikani yuqori darajada sano-atlashtirmasdan turib, aholining
tirikchilik darajasini yax-shilab bo„lmaydi.
Iqtisodiyotdagi muammolarni hal etish uchun ma‟naviyat-ning roli ham katta,
albatta. Shuning uchun ham Prezident I.A.Karimov O„zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 1991 yil 21 noyabrida bo„lib o„tgan USH sessiyasida: “Iqtisodiy
anglash, to„g„ri boshqarish uchun nima kerak? Siyosat kerak, aql-zakovat kerak,
ma‟naviyat kerak. Shu sababli ham birinchi xalq qadriyatlarini tiklash odamlar
tafakkuridagi
qullik
kishani-ni
yo„qotish, ularda o„zlariga ishonchni
mustahkamlashdan boshladik...”, - degan edi.(O„zbekiston ovozi, 1991, 21
noyabr). Darhaqiqat, mustaqillikning birinchi yilidayoq xalqimizning milliy
qadriyatlarini, yo„qolib ketish arafasida turgan urf-odatlari va rasm-rusumlari,
marosimlarini tiklashga katta e‟tibor berildi. Necha yillar davomida saxiylik,
mehru-oqibat timsoli bo„lib kelgan Navro„z bayramining keng nishonlanishiga
erishildi. Bayram arafasida aholining kam ta‟minlangan tabaqalariga, yolg„iz va
nogiron qariyalarga, e‟tiborga muhtoj fuqarolarga moddiy va ma‟naviy yordam
ko„rsatish, ularning xolidan xabar olish yo„lga qo„yildi. qadimdan-qadimdan
xalqimizning urf-odati bo„lib kelgan sayillar, hasharlar tiklandi. Taqdir taqozosi
bilan ota-onasiz qolgan va bolalar uylarida tarbiya ko„rayotgan yetim bolalarga
davlat mablag„lari hisobidan sunnat to„ylari tashkil etildi va bu xayrli ishni bundan
keyin ham davom ettirilishi uchun zaruriy choralar ko„rildi.
Davlatning dindorlar va diniy tashkilotlarga bo„lgan munosabati ham qayta ko„rib
chiqildi, o„nlab tarixiy obidalar diniy tashkilotlarga qaytarildi. Yangi masjitlar va
madra-salar ochildi. Ro„za hayiti, qurbon hayiti bayram deb e‟lon qilindi. qur‟oni
Karim o„zbek tilida chop etildi. Hadis kitoblari xalqqa yetkazilmoqda. Bundan
tashqari minglab musulmonlar uchun Makkaga ziyoratga borib kelish
imkoniyatlari yaratildi.
O„zbek madaniyatini yuksaltirish uchun ham baholi qudrat tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Zero, davlat uchun har bir so„m hisob-kitob qilib turilgan bir paytda
madaniyat sohasidagi qator an‟analarni davom ettirishga urinilmoqda. Osiyo, Afri-
ka, Lotin Amerikasi mamlakatlarining saksoninchi yillar oxiriga kelib o„tkazilmay
qo„yilgan va nihoyat yaqindagina Toshkent shahrida bo„lib o„tgan kinofestivali
buning yaqqol misolidir. Madaniyat sohasidagi muammolarning bartaraf etilishiga
katta e‟tibor berilayotgani bejiz emas. Chunki o„zbek madaniyatining saviyasi
butun Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati ravnaqiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Shuning uchun ham dunyoga tanilgan yozuvchi Chingiz Aytmatov: “qadim-
qadimdan o„zbek madaniyatining O„rta Osiyoga ko„rsatgan ta‟sirini ko„hna
Vizantiyaning Rusga ko„rsatgan ta‟siri bilan qiyoslash mumkin... Bolalikdan
qadim tarix va madaniyatga, o„zbek xalqiga hurmat ruhida tarbiyalanganmiz,
o„zbek xalqi o„zining milliy xusu-siyatlari bilan hech qanday shak-shubhasiz
barcha tan olgan shunday hurmatga loyiq”,-degan edi (O„zbekiston ovozi, 1991, 6
sentabr). Biroq madaniyat borasida o„z yechimini kutib turgan dolzarb muammolar
hali anchagina. Moddiylikning ma‟naviy-likdan ustunligi hukmron bo„lgan hozirgi
sharoitda madaniy taraqqiyot muammolarining hal etilishi og„ir kechishi tabiiy.
Xulosa qiladigan bo„lsak, mamlakatimizning mustaqil-likka erishishi O„zbekiston
Respublikasining jahondagi ri-vojlangan mamlakatlar safidan munosib o„rin
egallashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratdi. Ko„p millatli O„zbekistondek
jannatmakon o„lkada odamlarning to„q-farovon yashashi, ular-ning hurligi, tengligi
uchun barcha sharoitlarning vujudga kelishi bilan kundalik turmushning barcha
jabhalarida ijtimoiy adolatning o„rnatilishi uchun real imkoniyatlar yaratildi.
Ijtimoiy adolatning qaror topishi, shubhasiz, millatlararo munosabatlar
madaniyatida ham tub burilish yasaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |