Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi


Turizm infratuzilmasi tushunchasi- turistik faoliyatni amalga oshirishda



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/298
Sana22.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#398959
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   298
Bog'liq
turizm

Turizm infratuzilmasi tushunchasi- turistik faoliyatni amalga oshirishda 
turistlarning  turistik  resurslaridan    bemalol foydalanishini  ta’minlovchi  bino 
va  inshoatlar  tizimi,  muxandislik  va  kommunikatsiya  tarmoqlari,  shu 
jumladan  yo‘llar,  turizmning  turli  xizmat  ko‘rsatish  korxonalari  va  ularni 
kerakli darajada ishlatish va ta’minlash tushuniladi. 
Bu  avtomobil  va  temir  yo‘llar,  yo‘l  harakatini,  havo  yo‘llarini,  dengiz  va 
daryo yo‘lari harakatini tartibga soluvchi, issiqlik, suv, elektr va telefon aloqalari 
bilan  ta’minlash  va  boshqa  kommunikatsiya  tizimlaridir.  Ma’lumki,  turizm 
sohasida  turistik  resurslari,  ya’ni  tabiiy-iqlim,  tarixiy-madaniy,  ma’rifiy,  ijtimoiy-
maishiy  turizm  ob’ektlari  bo‘lgan  hududlarda  kerakli  infratuzilmani  yaratish 
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yo‘llarning ravonligiga qarab ham sayyohlar 
oqimining    oshishi    yoki  kamayishi  mumkin.  Yo‘llar,  bozorlar  mamlakatning 
iqtisodiy va madaniy ahvoli qay darajada  rivojlanganidan  dalolat beradi.  
Turist-avvalo  dam  oluvchi  bo‘lib,  unga  ko‘rsatiladigan  xizmatlar 
iste’molchisi  ekanligini  unutmasligimiz  lozim.  Bular  nafaqat  avtomobil  yo‘llari, 
shuningdek,  temir  yo‘llarga  ham  taa’luqlidir.  Vokzal va  po‘ezd  relslaridan tortib, 
uning  ichidagi  kommunikatsiya  va  muhandislik  tarmoqlarining  barchasi  –  turizm 
infratuzilmasining tarkibiy  qismi bo‘lib hisoblanadi. Nafaqat avtomobil yoki temir 
yo‘llar,  xatto  turistlar  uchun  maxsus  ajratilgan  yo‘llar  va  yo‘laklar  ham  talab 
darajasida bo‘lmog‘i kerak.  
Mehmonxona  va  shunga  tenglashtirilgan  joylardagi  kommunikatsiya  va 


165 
 
muxandislik  tarmoqlarida  ham  muammolar  bo‘lmasligi  turizm  sohasining  yangi 
pog‘onalarga  ko‘tarilishida  o‘ziga  xos  o‘rinni  egallaydi.  Bir  tasavvur  qilib 
ko‘raylik:  issiqlik  tarmog‘i  ishlamaydigan,    elektr  tarmog‘i  past,  kanalizatsiya 
tarmog‘i  bo‘lmagan  yoki  ichimlik  suvi  talab  darajada  bo‘lmagan 
mehmonxonalarda turistning bo‘lishi, bular va boshqalar turizm infratuzilmasining 
rivojlanishidagi  kechiktirib  bo‘lmas  va  tezda  xal  qilinishi  zarur  bo‘lgan 
muammolardan biri hisoblanadi. 
 Ayniqsa, olis, tog‘li joylar, yo‘l trassalari kabi hududlarda bu muammolarni 
hal etish katta kapital mablag‘ talab qiladi. Hozir Respublikamizning avtomobillar 
qatnaydigan  trassalarida  shoh  bekatlarning  ahvoli    xorijiy  turistlarga  xizmat 
ko‘rsatadigan darajada emas. Turistlar  tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur 
tibbiy  yordam  beriladigan  ob’ektlarning    zamon  talabi  darajasida  emasligi 
infratuzilma ob’ektlarini qurish borasidagi dolzarb ishlar qatoriga kiradi.  
Bir  vaqtlar  Buyuk  ipak  yo‘li  o‘tgan  joylardagi  muhim  maskanlarda 
karvonsaroylar bo‘lgan. Karvonsaroylar savdo karvonlari uchun hozirgi vaqtlardagi 
mehmonxonalar  xo‘jaligi  vazifasini  o‘tagan.  Unda  karvonlar  va  savdogarlar 
tunaydigan  xonalardan  tortib,  ichimlik  suvi,  ovqatlanish  xizmati  va  boshqa 
xizmatlar  (tabiblar,  mashshoqlar,  qo‘riqchilar)  o‘z  joyiga  qo‘yilgan.  Yurtimiz 
ko‘hna tarix va madaniyatga ega. 
Hozirda  kanalizatsiya  deb  ataluvchi  tarmoq  bundan  uch  ming  yil  avval 
xizmat  ko‘rsatganligini  isbotlovchi  dalillarni  arxeologiya  sohasi  olimlarimiz 
tadqiqot ishlarida ko‘rsatib berishgan. Bu esa kommunikatsiya tarmoqlari, ichimlik 
suvi  (sardobalar)  maxsus  quvurlar  kulolchilik  mahsulotlari  sopol  quvurlar  orqali 
olib kelinganligidan daloldat beradi. Mana shunday tarixiy, an’anaviy merosimizni 
yana tiklash, zamonaviy holatga keltirish ham bugungi kuning dolzarb masalasidir.  
Hozirgi  paytda  turizm  infratuzilmasida  bank  va  moliyaviy  tashkilotlar  – 
xizmatlarning  o‘rni  alohida.  Turistlar  sayohatda  va  dam  olishda  xilma-xil  xizmat 
turlaridan foydalanishni xoxlaydilar. Ya’ni,  o‘z xohishi bo‘yicha biror narsa sotib 
olishni  istashadi.  Bunda  ular  ko‘ngil  ochish  uchun  har  kuni  ko‘p  miqdorda  pul 


166 
 
sarflashadi.  Pulni  ayniqsa,  katta  miqdordagi  pulni  ko‘tarib  yurish,  turistlarga 
noqulaylik  va  qiyinchiliklar  tug‘diradi.  Turistlarning  ko‘p  miqdorda  pulni  olib 
yurishi o‘g‘rilarni, qaroqchi va tovlamachilarni va har-xil turdagi jinoyatchilarning 
jinoiy  harakat  qilishlariga  olib  keladi.  Turizm  sohasi  tashkil  topishi  bilanoq, 
to‘g‘rilanishi  va  tartibga  olinishi  mumkin  bo‘lgan  xavfsiz  pul  bilan  ta’minlash 
muammosi paydo bo‘ldi.  
Axborot  xizmati  ham  turizm  infratuzilmasida  turistlarga  ham  va  uning 
tashkilotchilariga  ham  juda  zarurdir.  Turist  sayohatga  tayyorlanayotganda    hamda 
sayohat  vaqtida  o‘zi  boradigan  joy  haqida  o‘sha  mamlakat  yoki  boradigan 
hududning  qonun-qoidalari,  odatlari,  mexmondo‘stligi  haqidagi  qo‘shimcha 
ma’lumotlarga,  shuningdek,  o‘sha  joyning  haritasiga,  transport  magistrallari 
sxemasiga  muhtoj  bo‘ladi.  Sayohat  va  turistlarning  sarguzashtlari  haqidagi 
ma’lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko‘rinishida chop etiladi va bu holat 
turistlarni samarali sayohat qilishga chorlaydi.  
Turizm  infratuzilmasini  zamonaviy  kompyuter  xizmatisiz  tasavvur  etish 
qiyin. Tezkor axborot va so‘zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning muhim  
bir jihatidir. Hozirgi turist internet, faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan 
foydalanishiga  talab  turizm  infratuzilmasini  qay  darajada  ekanligidan  yana  bir 
nishonadir. Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistik xizmatlar, turistik 
markazlar  haqidagi  ma’lumotlar  joylashgan  millionlab  saytlarga  ega  bo‘lgan 
Internet  tarmoqlari  nafaqat  sayohat  va  turistik  agentliklarni  tanlash,  hattoki,  tur 
sayohatning  chiptalari, xizmatlar uchun  to‘lovlarni ham  oldindan  tayinlab  qo‘yish 
mumkin.  
Tasniflanadigan  belgilarning  turlari  bo‘yicha  turizm  industriyasi  va 
infratuzilmasining tarkibiy  qismi  quyidagi rasmda  batafsil  ifodalangan. 
 
 
 
 


167 
 

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish