Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
ESKI SHAHAR GAVROSHLARI 
 
To’rtinchi sahnadan parcha
 
 
...O’sha tanish ovoz hamon eshitilib turibdi. Husanlarning odmigina uyi. Huriniso 
bilan Husan jimgina quloq solib turishibdi, Hasan u yoqdan bu yoqqa yurib, kuyib-
pishganicha nimalarnidir uqtiryapti. 
 
H a s a n (
baqirib
). E, uyalaman men, tushunyapsizmi, uyalaman! 
H u r i n i s o.  Mayli  bolam,  endi  bormayman.  Haliyam  o’zlari  chaqirtirishmaganida 
bormasdim. Sirayam bormasdim. 
H a s a n.  Boring,  bormang  deyayotganim  yo’q,  lekin  durustroq  kiyinib  olsangiz 
bo’lmaydimi?!  Ahvolingizni  qarang!  Boshqalarning  ota-onasiga  ham  mundoq  bir  razm 
soldingizmi?  Kiyinishini  ko’rdingizmi?  Gapirgan  gaplarini  eshitdingizmi?  Sizga  so’z 
berishsa, nuqul yig’laysiz! Nima, azaga borganmisiz? 
H u r i n i s o. Xursandchiligimdan, yig’ladim-da. 
H a s a n.  Xursandchiligimdanmish!  (
Kuyinib
.)  Qachon  biz  ham  mundoq  odamga 
o’xshab  yasharkanmiz-a?  Bu  xontaxtangiz  shimning  sho’ri-ku!  Qilichday  dazmollangan 
shim  besh  minutda  garmoshka  bo’p  qoladi!  (
Husanga
.)  Senga  qoshiq  olib  kelib  qo’y, 
deganimga qancha bo’ldi? 
H u s a n. Allaqachon olib kelib qo’yganman. 


H a s a n. Xo’, kalla! Qanaqa qoshiq olib kelding? Shu zamonda kim yog’och qoshiqda 
ovqat yeydi? 
H u s a n. Nima farqi bor, qoringa tushsa bo’ldi-da. 
H a s a n. Ha, sho’rim qursin-a! Uyning ahvolini qaranglar — o’n sakkizinchi asr! Xo’, 
insonlar, dunyoda madaniyat degan gaplar bor, axir! 
H u r i n i s o (
Husanga
). Tandirxonaning eshigini suvab qo’y, devdim-ku. 
H a s a n.  E,  men  tandirxonangizni  aytyapmanmi,  umuman  gapiryapman!  Sizlar  ham 
bir  qaranglar,  dunyoda  nima  gaplar  bo’lyapti!  Odamlar  qanday  yashayapti! 
Yuravergansizlar-da, mahalladan nariga chiqmay! Rigaga borganimda bitta og’aynimnikiga 
kirib og’zim ochilib qoldi! Ana yashash! Ana hayot! Madaniyat! Qizlar bilan qo’lini o’pib 
ko’rishishadi! Biz nega muncha qoloqmiz-a? 
H u s a n.  Qizlarning  qo’lini  o’pish  madaniyat  bo’lsa...  Amazonka  qirg’og’ida  bir 
qabila  yasharkan,  qizlar  bilan  ko’rishganda  oyog’ini  o’parmish!  Ana  madaniyat!  Ularning 
oldida Rigang nima bo’pti! 
H a s a n. Nima qilasan, aqling yetmagan narsaga burningni tiqib! 
H u s a n.  Menga  nima  deysan,  gazitda  shunday  deb  yozgan-da.  Yo’q,  jurnalda  ekan. 
«Fan  va  turmush»da.  Qiziq,  shunday  madaniyatli  bo’lsayam  go’shtni  xomligicha 
yeyisharkan! Madaniyat ishtahaga qaramas ekan-da, a? 
H a s a n. Xomligicha yeyisharkanmi? 
H u s a n.  Iye,  o’lay  agar,  shunaqa  deb  yozilgan!  Kiyimining  ham  tayini  yo’qmish. 
Temirning  nimaligini  ham  bilishmasmish.  Hamma  narsa  yog’ochdan  yoki  suyakdan 
yasalarmish. Lekin madaniyatli — qizlarning oyog’ini o’padi! 
H a s a n.  Be’mani  gap!  Axir  biz  junglida  emas,  har  tomonlama  rivojlangan 
mamlakatda  yashayapmiz!  (
Onasiga
.)  Anavi  sholchangizni  qarang!  O’ziyam  ikkita  jahon 
urushini ko’rgan bo’lsa kerak! 
H u r i n i s o. Ro’yxat qilib ketishdi, hovlimiz buzilsa, baland uylardan berishadi... 
H a s a n.  Yangi  uy  bilan  ish  bitmaydi.  (
Ko’rsatkich  barmog’ini  chakkassiga  qadab.

Mana  bu  yerda  revolutsiya  qilish  kerak,  mana  bu  yerda!  «Yangi  uy»mish!  U  yoqqayam 
mana shu ashqol-dashqolingizni ko’tarib borasiz-da! 
H u r i n i s o.  Ha  endi,  ko’rarmiz...  Axir  buyoqda  bor-u,  birov  sendan  bekitib 
yotibdimi, bolam? (
Xo’rligi kelib
.) Peshanam sho’r ekan o’zi... 
H u s a n.  E,  sen  aralashma!  Ko’paytirish  jadvalini  bilmaydi-yu,  aql  o’rgatganiga 
o’laymi!  Yozga  chiqib  kalkulator  olib  beraman,  deganding,  qani?  Men  tengilar,  to’rt  yuz 
so’mligini tutishadi, men bo’lsam almisoqdan qolganini ko’tarib yuribman! 
H u r i n i s o.  Tan-u  joninglar  sog’,  yeyish-ichishdan  kaminglar  yo’q,  buyum  degani 
topiladigan narsa, bolam. Hammasi bo’ladi hali... 
H a s a n.  Qachon?!  O’lgandami?!  Shuncha  vaqtdan  beri  bo’lmagan  narsa  endi 
bo’ladimi? 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish