SHAROF BOSHBEKOV ASARLARI HAQIDA M.TO’LAXO’JAYEVA
SHARHI
(1989-yil O’rta Osiyo va Qozog’iston teatrlari festivalida)
Festival asarlari ichida aktyorlik muvaffaqiyatlari, rejissor fikri, rassomning qiziqarli
mehnati mujassamdek, tomoshabinlar ham bu spektakllarni qiziqib ko’rayotgandek tuyulsa-
da, baribir, hayot haqida jiddiy, katta va zamonga mos suhbat bo’lgani yo’q.
Birdan kutilmagan voqea yuz berdi. Buni mo’jiza deb atash mumkin. Yana bir milliy
spektakl ko’rsatildi. Lekin u ayni festival qatnashchilari va tomoshabinlarni quvonchli
taraddudga solib qo’ydi, chunki Farg’ona oblast muzikali drama va komediya teatrining
Sh. Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan «Temir xotin» spektaklida hozir
bo’lganlarning hech biri chinakam milliy pyesaning, bugungi kunimiz qahramonining yangi
sotsial tipini ko’rsatuvchi spektaklning tug’ilishiga shohid bo’laman, deb o’ylamagan edi.
Shu yilning fevralida Toshkentda o’tkazilayotgan respublika festivalida «Temir xotin»
spektakli O’zbekiston poytaxti teatr hayotining markaziy voqeasi bo’lib qolgan edi.
Spektaklni tomoshabin va tanqidchilar yakdillik bilan qabul qilishdi. Unga Bosh sovrin
topshirildi. Endi, ikki oy o’tgach, Frunzeda o’tkazilgan «Navro’z—89» festivalida bu narsa
qaytadan takrorlandi...
Sh. Boshbekov insonni o’z-o’zini anglab yetishi xususidagi g’oyat jiddiy sotsial
muammoni qalamga oladi. Pyesada siyosiy shiorlar yo’q, umuman tendensiyalilik hamda
qandaydir o’gitbozlik va tashviqotga intilish mavjud emas. Muallif hayotiy reallikni hamda
uning vositasida insonni badiiy vositalar yordamida tasvirlashga intilgan.
Muhabbat To’laxo’jayeva.
«Izlanishlar
va yechimlar». «San’at» jurnali,
1989-yil, 11-son.
Yashirishning hojati yo’q. Yaqin-yaqingacha «o’zbek teatri tanazzulga yuz tutyapti»,
o’zbek rejissurasi yo’q, o’zbek dramaturgiyasi, aktyorlarning ijrochilik mahorati haqida gap
ham bo’lishi mumkin emas qabilidagi uzun-quloq gap-so’zlar og’izdan-og’izga ko’chib
yurardi. Bu xil fikr-mulohazalarning mavjudligi bugungi kunda har ehtimoldan xoli emas.
Qizig’i shundaki, biz teatr muxlislari ham shunday «axborotlar»ga ishonib qolgan, go’yo
teatr deyilsa, «bo’m-bo’sh teatr zali» ko’z oldimizda gavdalanadigan bo’lib qolgan edi.
«Navro’z—89» festivali va uning natijalari qay bir ma’noda mish-mishlarga zarba
berdi, festival juri hay’ati bir ovozdan Farg’ona oblast muzikali drama teatrining «Temir
xotin» jiddiy komediyasiga «Navro’z—89» festivalining bosh sovrinini berdi. Endi bu
spektakl Moskvada Xalqlar do’stligi teatrida namoyish etiladi va an’anaga ko’ra yanagi yil
Dushanbeda o’tadigan «Navro’z—90» festivali ham ana shu g’olib asar bilan ochiladigan
bo’ldi...
Erkin Usmonov, Tatyana Polonskaya.
«Uchrashuvlar davom etadi», «San’at»
jurnali, 1989-yil, 7-son.
Do'stlaringiz bilan baham: |