(Oltin solingan xaltachani yerga otadi. So’ng yana vasvasaga tushadi.)
Yerda oltin yotipti. (
Xaltachani olib bag’riga bosadi.
)
Yo’q, buni hech kimga bermayman. Qayerga berkitsam ekan?
(
Oltin solingan xaltachani berkitmoqchi bo’lib joy qidiradi. Ko’rpachaning tagiga
qo’ysa, do’ppayib qoladi.
)
Ha, do’ppaymay o’l! (
Qidira-qidira samovarning tagiga yashiradi. O’zicha xotirjam
bo’ladi. «Lekin hukumat odamlari topib olishmasmikin» degan xayol bilan ko’chaga
chiqib, tashqaridan eshikni taqillatadi. Begona ovoz bilan chaqiradi.
) Mulla Mo’min, xo’
mulla Mo’min! (
Tovushga Zuhra ichkaridan yugurib chiqadi. Mo’min gerdayib, o’zicha
«Hukumat odami» bo’lib kirib keladi. Zuhra otasining ishini ko’rib qo’rqib ketadi va
ichkariga qochadi.
)
Ho’sh, mulla Mo’min, qani oltinlarni topshirib qo’ying. Ha, topshirmaysizmi? Mayli,
o’tiravering. O’zimiz topib olamiz. Qani, mahalla faollari kiraversinlar.
(
U yoq-bu yoqni qaragan bo’lib, samovar yoniga keladi. O’zi cho’chib ketadi.
) Voy-
dod, ko’rinyapti. Topib olishadi. Qayerga berkitsam ekan. Ha, suratimning orqasiga
berkitaman. (
Devordagi suratning orqasiga oltinlarni berkitadi. Har tomondan qaraydi.
)
Eshik tomondan ham ko’rinmas ekan. Xudoga shukur. Endi tinch uxlayman.
Eshik taqillaydi. Mo’min cho’chiydi. Hovliga mahalla oqsoholi kirib keladi.
M o’ m i n (
sarosimada
). Keling, keling.
O q s o q o l. Keldim, lekin bemovrudroq kelib qoldim, shekilli.
M o’ m i n (
o’zini yo’qotib
). Ha... shunday....
O q s o q o l (
Fotiqa o’qiydi
). Mulla Mo’min, sog’liging qalay?
M o’ m i n. Bir navi (
Hadeb surat tomonga qarayveradi
).
O q s o q o l. Muncha suratingga tikilasan? O’zingga ko’zing tegadi.
Qara, bir zamonlar suqsurday yigit ekansan-a.
(
Oqsoqol surat oldiga boradi.
Mo’min nima qilishini bilmay voy-voylab titray
boshlaydi
).
O q s o q o l. Nima bo’ldi, tinchlikmi?
M o’ m i n. Shu qornimga bir narsa to’pday tiqilib qoldi-da...
O q s o q o l. Urush qursin, urush hammamizning sog’ligimizni olib ketdi.
M o’ m i n. O’tiring, o’tiring. Qimirlamang. Qimirlasangiz yana og’riydi.
O q s o q o l. Mulla Mo’min. Maslahatlik gapim bor. Hammamiz bir mahallaning
odamimiz. Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo’shni afzal. Kecha mahallaning uch-to’rtta
faollari maslahatlashgan edik. Hammamizni fikrimiz bir yerdan chiqib qoldi. To’y qilaman
deb mazang qochib qoldi. Xomushsan, odamga qo’shilmaysan. O’zing bilan o’zing
gaplashadigan bo’lib qolibsan. Rasm-rusumlarimiz qursin. Bizda to’y qilguncha yo’g’on
cho’zilib, ingichka uziladi. Lekin sen parvo qilma. To’yning boshida o’zimiz turib, chiroyli
qilib o’tkazib beramiz. Mana, ozgina pul. To’yona. Mahalladan yordam...
(Mo’min o’z ahvoliga achinib yig’laydi. Oqsoqol yig’ini o’zicha tushinib.) Yig’lama,
biz seni yolg’iz qo’ymaymiz...
Jigarim, qaddingni ko’tar, bu ahvolda to’yingga yetolmay qolasan-u. (Chiqadi.)
Mo’min ayvondagi ko’rpachaga cho’ziladi. «Alla» qo’shig’i eshitiladi. U shunchalik
horiganki, bir pastda uyquga ketadi. Lekin oltinlar tufayli uyqu ham notinch. Alahsirab
o’rnidan turadi.
M o’ m i n. Xayriyat tushim ekan, tuf, tuf qo’rqib ketdim. (
Oltinni tekshiradi
.)
Xayriyat joyida. (
Surat orqasidagi xaltani olib, yostig’i tagiga qo’yadi va yana uyquga
ketadi. Buni kuzatib turgan Saidmalikning ishorasi bilan Qilichbek hovli devoridan oshib
tushadi. Oltinni olib xuddi shu xildagi xaltani Mo’minning yostig’i tagiga joylab, ko’zdan
g’oyib bo’ladi. Birozdan so’ng Mo’min uyg’onib ketadi. Vasvasaga tushib xaltaga
yopishadi va yana hushyor tortadi
.)
M o’ m i n. Ha, sariq shayton, meni sen yana vasvasaga solayapsanmi? Yo’q, gapim,
gap. Men seni ertagayoq olib borib topshiraman. Men yurt uchun jonimni ham ayamadim,
topib olgan oltinlarimni ayarmidim? Sen baland-baland imoratlar bo’lib qad ko’tarishing
kerak. O’sha choyxonaning birida men o’ltiraman. «Ha, choyxonachi, qani, achchiq
choydan damlang. Ko’k choy. Starshiy qorovul bo’ldingmi, deysizmi? Ha, starshiy qorovul
bo’ldim. Hay, Nodirning o’g’li, kesak otma! Yangi maktabning derazasi sinadi. Bu maktab
bobongni oltinlariga solingan «Bor uyga, bor». (
Oltinli xaltaga qarab yana berkitish payiga
tushadi
.) Ha, mana shu yerga berkitaman.
Ichkaridan Hurinisa, Nodir, Zuhra chiqib, uning harakatini kuzatishadi.
H u r i n i s a. Dadasi?! U nima?
M o’ m i n (
cho’chib
). A?
H u r i n i s a. Nima, deyapman. Ayting. Menga aytmasangiz, kimga aytasiz? Axir ne
niyatda bir yostiqqa bosh qo’ygan xotiningizman.
M o’ m i n (
hushyor tortib
)
.
Nodir, qizim, bu yoqqa kelinglar. Men eng razil, eng
pastkash odamman. Yurtning tuzini ichib, tuzlig’iga tupurgan odamman. Mana bu xaltadagi
hammasi oltin.
N o d i r. Oltin?
Z u h r a. Oltin?
M o’ m i n. Mana shu devorni buzayotganimizda topdim.
H u r i n i s a. Ana aytdim-ku, bu odamga devorning jinlari yopishgan, deb.
M o’ m i n. Men uni topib oldim. Mendan Abdusalom hiylayi nayrang qilib olib
ketmoqchi. Yo’q, men buni davlatga topshiraman.
H u r i n i s a (
shang’illab
). Soppa-sog’ yurgan bir kunda jinni bo’lib o’tirsa-ya. O’zim
aytdim-a! Devorni buzmang, bir kori-hol bo’lmasin dedim-a. Er degan xotinning gapiga
kirsa. Endi nima bo’ladi? Xotinning gapiga kirmagan erning ahvoli shu.
N o d i r. Bo’ldi, oyi, hamma uxlab yotibdi.
M o’ m i n. Yo’q, buni men birovga bermayman. Davlatga topshiraman. (
Pauza.
)
Xotin beri kel. Bir fikr bor. Yarmini olib qolsak nima deysan. Kim bilib o’tiribdi? Bir
kunimizga yaraydi-ku! Qayerga berkitamiz?
H u r i n i s a. Menga bering, menga.
M o’ m i n. Yo’q, oltinni xotin kishiga ishonib bo’ladimi, yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |