Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


SAID AHMAD «KELINLAR QO’ZG’ALONI»NING



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

SAID AHMAD «KELINLAR QO’ZG’ALONI»NING 
YARATILISH TARIXI HAQIDA  
O’zi  asli  dramaturg  bo’lish,  pyesa  yozish  xayolimda  ham  yo’q  edi...  Bir  kuni  qiziq 
voqea  bo’ldi... Hamza  nomidagi akademik drama teatrining o’sha  vaqtdagi direktori  Olim 
Xo’jayev  uyga  telefon  qilib,  «Bir  kelsanglar»  deb,  spektaklga  taklif  qildi.  Saidaxon  bilan 
bordik.  Bir  diqqinafas  tomosha  qo’yilayotgan  ekan.  Nazarimda  tomoshabin  ham 
chidayolmay,  qochib  chiqib  ketadigan  darajada...  Noiloj,  ikki  soat  o’tirishga  majbur 
bo’ldik.  Tomosha  tugagach,  Olim  aka  kelib,  «Mana  ko’rdingiz,  ahvolimiz  shu!  Sizning 
asarlaringizni o’qiganman. Endi teatrimizga ham yordam bermasangiz bo’lmaydi» dedilar. 
Hayron  bo’lib  qoldim:  «Axir  dramaturg  bo’lmasam,  qanaqa  qilib  yordam  berishim 
mumkin!»  «Qo’lingizdan  keladi»  dedi  u  kishi.  Keyin  uning  yoniga  rejissor  Bahodir 
Yo’ldoshev  keldi.  Uyam  oyoq  tirab  turib  oldi.  «Bitta  komediya  kerak,  uch  kunda  xabar 
qilasiz»  dedi.  Men  «Xo’p,  o’ylab  ko’ray»,  dedim-da,  o’sha  kezlari  «Saodat»  jurnalida 
bosilgan  bir  hajviy  hikoyamni  olib  borib  berdim.  Kechqurun  uyga  qaytsam,  Bahodir 
Yo’ldoshev  eshigim  tagida  turibdi.  Qo’lida  jurnal.  «Shuni  pyesa  qilib  berasiz»  dedi. 
Shundan keyin, o’zim ham qiziqib ketdim shekilli, kechasi bilan o’tirib bir pardasini yozib 
tashladim. Ertasiga olib borsam, «E, zo’r-ku! Buyog’iniyam yozing!» dedi Bahodir. Qiziqib 
ketib  kechasi  yana  bir  pardasini  yozdim.  Uyam  ma’qul  bo’ldi.  Endi...  uchinchi  pardasiga 
kelganda  hech  ish  yurishmay  qoldi.  Ilgari  pyesa  yozib  yurmaganman.  Boshim  qotdi.  Bir 
yarim  oy  teatrdan  qochib  yurdim.  Goh  Andijonga  ketib  qolaman,  goh  Farg’onaga... 
Teatrdagilar  bo’lsa  bu  yoqda  qidirib  yurishibdi.  Bari  bir  topib  olishdi.  «Ha,  qayerlarda 
yuribsiz?  Davomi  qani?»  so’radi  Bahodir.  «Kelmayapti»  deb  qo’ya  qoldim.  «Yo’q,  yo’q, 
unaqasi ketmaydi. Ko’pchilik maslahat bilan qilamiz», — dedi Bahodir. 
Xullasi  kalom,  repetitsiyani  boshlab  yuborishdi.  Ish  bitdi,  deb  suyunib  yursam,  yo’q, 
komissiyasi  ham  bo’larkan.  Qabul  paytida  o’sha  uchinchi  pardani  sira  qabul  qilmadi-da! 
Xunob  bo’p  ketdim.  Bilasan,  Bahodirning  o’rtog’i  bor,  Georgiy  Brim  degan.  Ja  zo’r  teatr 
rassomi. O’sha ikkovi pichirlashib o’tirishdi, o’tirishdi-da, bir qarorga kelishdi. «Yangi gap 
qo’shmaymiz,  oldingi sahnalarni qaytaramiz» dedi  Bahodir.  «Qanaqasiga» desam,  «O’sha 
Farmonbibining  ertalab  —  kechqurun  bolalaridan  pul  olish  sahnasini  uning  o’ziga 
ko’rsatamiz.  O’g’illari  kelinlar  bo’lib  chiqishadi»  dedi.  O’ylab  ko’rsam  ma’qul.  O’sha 
zahoti ijro etishdi. Nihoyatda kulgili manzara paydo bo’ldi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish