Karomatni yo’qlab kelayotgan Teshavoy dadasini bu ahvolda ko’rib hayron bo’ladi,
bir nafas kuzatadi. Toshbolta o’g’lini ko’rib qoladi.
T o s h b o l t a: Iya-ha, mulla Teshavoy... O’zlarimi?
T e s h a v o y. Ha, o’zim... Bu yerda nima qilib yuribsiz, dada?
T o s h b o l t a (
o’shqiradi
). Bola degan dadasini surishtirmaydi! Seni qara-yu!
O’zing nima qilib yuribsan? Bu dargohda?
T e s h a v o y. Men shundoq aylanib...
T o s h b o l t a (
yana o’shqiradi
). Qani, jo’na!
T e s h a v o y (
o’smoqchilab
). Bu uyning ohanrabosi bormi deyman-a, dada?
T o s h b o l t a. Ha, ohanrabosi bor! Qani tuyog’ingni shaqillatib qol!
T e s h a v o y. Xo’p-xo’p... Taajjub... (
Ketadi
.)
T o s h b o l t a. «Taajjub» deydi-ya... Tentak! (
Eshikka yaqin boradi, chaqiradi.
)
Muhammadsolih aka, ho, Muhammadsolih aka...
R i s o l a t (
tovushiga jozibali ohang berib
). Kim ekanlar chaqirayotgan.
T o s h b o l t a. Menman... Ha, nimaydi? Obbo, shoshgandan otimni ham yo’qotib
qo’ydim... Men haligi Toshboltangiz bo’laman... Taqsirim Muhammadsolih uydamilar?
R i s o l a t (
eshikni ochib yuboradi, Toshbolta cho’chiydi
). Toshbolta aka?
T o s h b o l t a (
tomog’ini qirib, yo’talib kirib keladi
). Iya-ha, Risolat parimilar?
Assalomu alaykum! Hay-hay, o’zlari ekanlar-da, voy-vo’... Sihat-salomatliklari? Mol-
hollari?.. O’zi ham deyman-a... Qalay zerikmay o’tiribdilarmi?..
R i s o l a t (
noz-karashma bilan, amirkon kovushning uchida tovus yurish qiladi
).
Zerikkanim bilan nima, siz kelib xabar olarmidingiz?
T o s h b o l t a. Iya-ha... Gapni tag-zamindan indallo oldingiz-ku! (
Risolatni boshdan-
oyoq ko’zdan kechiradi
). Bu deyman, Risolat pari, eringiz, haligi oti nimaydi?..
R i s o l a t. Hayriddin...
T o s h b o l t a. Ha... Hayriddin suyuq, sizdek husnda yagona, fahm-farosatda
oliyjanob xotinni taloq qilgan ekan-da-a?
R i s o l a t. Ilojim qancha. Toshbolta aka... (
Ko’ziga yosh oladi
) Yigirma yillik umrim
bekorga o’tdi. Bola ko’rmadik. Ayb Hayriddinda. Ayb erkaklarda bo’ladi. Mana, siz... Siz
raso yigitsiz!
T o s h b o l t a. A, labbay?.. (
Kiftini kerib, o’ziga oro beradi
) Bizning palagimiz toza.
Hayriddinning otasi piyanista bo’lgan, o’zi ham qattiq otsa kerak?
R i s o l a t. O’lsin, erta-yu kech ichadi.
T o s h b o l t a. Ana, aytmovdimmi! Mijozi sovuq. Aroq ichaverib me’dasi javhar-
limon bo’lib ketgan.
R i s o l a t (
haholab kuladi
). Voy, sizni qarang, shunaqa gaplarni ham bilar ekansiz-
da-a...
T o s h b o l t a. Devor bo’lmasa, ko’chani ham ko’raveraman. Hali meni kim deb
yuribsiz. Risolat pari?
R i s o l a t. Voy, o’lmasam, sizga ko’rpacha ham yozmabman.
T o s h b o l t a. Hojati yo’q, urinmang...
Risolat yangi ko’rpacha tashlaydi, dasturxon yozadi. Samovardan obdastada issiq suv
olib, dastsho’y bilan Toshboltaning qo’liga quyadi.
R i s o l a t. Keling, quyvoray.
T o s h b o l t a (
qo’li kuyadi
). Voy-voy-voy, issiq suv jon kirgizadi-ya!
R i s o l a t. Nechuk uyingizda issiq suv yo’qmi?
T o s h b o l t a (
qo’lini artib, ayvonga chiqadi
). Issiq suv qayoqda! Xudo rahmat
qilgur Qumridan keyingi turmushim: it yotish, mirza turish! (
Ko’ziga yosh oladi
.)
R i s o l a t. Qo’ying, xafa bo’lmang! (
Choy quyib Toshboltaga uzatadi
.)
T o s h b o l t a (
choyni xo’plab ichadi
). Biram xushbo’y choy bo’pti-yu, ammo ro’zayi
ramazonda qandoq bo’larkin-a? (
U yoq-buyoqqa alanglaydi.
)
R i s o l a t. Domla hali kelmaydilar, ichavering. Aytganday, men sizga elektr plitkada
andakkina qiyma mastava qaynatib qo’yuvdim.
T o s h b o l t a. Obbo siz-ey, bekorga urinibsiz-da!...
Risolat uyga kirib ketadi. Toshbolta karavotdan egilib, gul uzib hidlaydi.
Oh... mana bu rohat, mana bu farog’at! Biz ham yuribmiz-da, eshak aravada shara-bara
yig’ib. Xo’rozqand! Chaynamay shiming! Mana ip! To’nog’ich, igna, surnay! Kep qoling!
Op qoling!... (
Kuladi.
)
R i s o l a t (
chinni kosada mastava keltiradi
). O’zingizcha nimalar deyapsiz,
Toshbolta aka?
T o s h b o l t a. Tirikchilik tashvishlari... Qo’yavering! (
Mastavadan xo’playdi
.) Xay-
xay-y, bu dunyoning taomi bo’mapti. Ana maza-yu, mana maza! Qo’lingiz dard ko’rmasin-
ey!
R i s o l a t. Juda maqtab yubordingiz... Lekin o’zim ham domladan yashirib faqat
sizga pishirganman...
T o s h b o l t a. A, labbay? (
Taajjublanadi
.) Nega o’zingiz ichmaysiz?
R i s o l a t. Ishtaham yo’q... Siz ichsangiz — men ichkandek...
T o s h b o l t a. Voy-bo’, chindanmi?
R i s o l a t. Shu vaqtgacha sezmadingizmi?
T o s h b o l t a. A, labbay? Yana bir indallo gapiring!
R i s o l a t. Boring-e, odamni yerga qaratasiz?..
T o s h b o l t a. Voy-bo’, ana shunaqa odoblaringizga borman-da! Xuddi
Qumrinisamning o’zginasisiz-a! Rahmatlik ham mening boshimda parvona edi... Ishdan
tolib qaytsam, o’tqazgani joy topolmasdi!.. Teshavoyni tug’ishda qiynalib o’ldi sho’rlik...
Mana, yigirma ikki yil bo’ldi, bevaman. (
Ko’ziga yosh oladi, artmoqchi bo’lib,
cho’ntagidan ro’molcha oladi
).
R i s o l a t (
achinib
). Namuncha isqirt ro’molchangiz?...
T o s h b o l t a. Yolg’izlik qursin!...
R i s o l a t. Bu yoqqa bering!
T o s h b o l t a (yashiradi). Meni uyaltirmang, pari, ko’chada keta turib ariq-pariqda
chayib olardim-da!...
Do'stlaringiz bilan baham: |