Rasm-2.2. G‘ovak materiallarning
strukturasi
a-yacheykali, b-donali
9-§. To‘ldiruvchilarning mustahkamligi
To‘ldiruvchilar tog‘ jinslarini maydalash orqali olinsa, u holda shu tog‘
jinsining mustahkamligi aniqlanadi. Buning uchun tosh kesuvchi stanokda diametri
va balandligi 40-50 mm o‘lchamdagi silindr yoki kub shaklidagi namuna
29
tayyorlanadi. Namunalarni suvga solib, ma’lum vaqtdan so‘ng suvdan chiqariladi
va gidravlik pressda siqilishda mustahkamlik chegarasi (MPa) aniqlanadi:
А
Р
ск
,
bu erda:
R-
pressning buzuvchi kuchi, mN
A-
namunaning ko‘ndalang yuzasi, m
2
Biroq hamma vaqt ham bunday sinovni o‘tkazib bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda
zaruriy tog‘ jinslari yoki xom ashyo materiallar yirik g‘ovaklari, yoriqlari ta’sirida
kuchsizlanadi. Bunday tog‘ jinslaridan olinadigan chaqiq tosh etarli mustaxkam
bo‘lishi mumkin, ya’ni maydalanish jarayonida kuchsizlantiruvchi defektlardan
xalos bo‘ladi. Natijada bunday tog‘ jinsi asosidagi standart namunani sinashda
shag‘alning haqiqiy sifatini ifodalovchi natija olib bo‘lmaydi va mustahkamligi
pasayadi.
R.L.Mailyan izlanishlarida karbonat jinslari asosidagi shag‘al mustaxkamligi
shu tog‘ jinsi asosidagi namuna mustahkamligidan bir necha barobar yuqori
bo‘ladi. SHu sababli shag‘al va chaqiq toshning mustahkamligi u olinadigan tog‘
jinsi asosidagi namunani sinash orqali hamma vaqt ham aniqlab bo‘lmaydi. SHu
sababli standartda tabiiy tosh asosidagi shag‘al va shag‘al uchun po‘lat silindrda
siqilishdagi maydalanishini aniqlash nazarda tutilgan. Uning aniqlash metodikasi
quyidagilardan iborat: bir fraksiyali shag‘al yoki shag‘al ichki diametri-150mm li
po‘lat silindr idishga solinadi.
So‘ngra silindr tepasiga nisbatan kichik diametrli (148mm) po‘lat puanson
qo‘yiladi, u orqali gidravlik pressda 200 kN kuch ta’sirida eziladi. Natijada
to‘ldiruvchilar namunasi maydalanadi.
SHundan so‘ng maydalangan namuna silindrdan olinib tarozida tortiladi,
keyin sinalyotgan eng kichik o‘lchamdagi to‘ldiruvchi fraksiyasidan 4 marta kichik
(0,25D
naim
) ko‘zli elakdan o‘tkaziladi; 5-10mm li fraksiyalar uchun 1,25mm li
ko‘zli elak; 10-20mm li fraksiyalar uchun 2,5mm li ko‘zli elak; 20-40mm li
fraksiyalar uchun 5mm li ko‘zli elak qo‘llaniladi. To‘ldiruvchi namunasidan
30
maydalangan donalar chiqarib tashlanadi, so‘ngra elakdagi qoldiq tarozida
tortiladi.
Maydalash ko‘rsatkichi(%):
%
100
1
m
m
m
Д
р
,
bu erda, m – sinalayotgan barcha namunalar massasi, g
m
1
– tajribadan so‘ng kontrol elakda qolgan qoldiq massasi, g
G‘ovak to‘ldiruvchilar uchun ham silindrda ezish analogik metodika
bo‘yicha bajariladi, faqat natijalarni baholash boshqacha amalga oshiriladi. G‘ovak
shag‘al yoki chaqiq tosh bir fraksiyali namuna sifatida ichki diametri 150mm
silindr idishga 100 mm balandlikda solinadi, tekislanadi va puanson qo‘yiladi.
Tajribagacha puansonning pastki riski silindrning yuqori belgisiga mos kelishi
kerak.
So‘ngra gidravlik press yordamida to‘ldiruvchi namunasi siqiluvchi kuch
ta’sirida puanson 20mm pastga tushguncha (silindrning yuqori riskidan
hisoblaganda) eziladi va press manometri ko‘rsatkichi yozib olinadi. SHu tartibda,
to‘ldiruvchi namunasining 1/5 qismi hajmi ezilishi uchun ketgan kuch aniqlanadi.
Silindrda ezilishdagi mustahkamlik chegarasi (MPa) quyidagi formula
bo‘yicha aniqlanadi:
А
Р
тўл
.
,
bu erda,
R
– Puanson yuqori riskigacha ezishdagi kuch, mN
A –
silindr ko‘ndalang kesimi yuzasi,
A
= 0,0177m
2
To‘ldiruvchining mustahkamligi uning zichligi va strukturasiga bevosita
bog‘liq. SHu sababli agar namunaning zichligi 10% ga oshsa, u holda uning
mustahkamligi 21% ga ortadi (1,10
2
=1,21).
Tog‘ jinslarini o‘rganish jarayonida va bir qancha ilmiy izlanishlar asosida
S.M.Itskovich to‘ldiruvchilar mustahkamligi (R) ni hisoblashda quyidagi
formuladan foydalanishni taklif etdi:
31
n
R
R
)
(
1
1
,
bu erda,
R
1
– zichligi –
ρ
1
ga teng
bo‘lgan materialning amaliy o‘rnatilgan
mustahkamlik chegarasi.
ρ-
material (dona) zichligi,
R
mustahkamlikka mos keluvchi.
n-
material strukturasiga bog‘liq daraja ko‘rsatkichi.
Bundan kelib chiqib, to‘ldiruvchilar mustahkamligi uning zichligiga to‘g‘ri
proporsionaldir.
n-
daraja ko‘rsatkichi to‘ldiruvchilar uchun
n=
3 - 6 ni tashkil
etadi (o‘rtacha 4 ga teng).
Hisobiy
mustahkamlikni
(keramzit
shag‘alsi
uchun)
hisoblashda
S.M.Itskovich quyidagi formuladan foydalanishni tavsiya etdi:
2
15
дона
хисоб
R
,
bu erda,
ρ
dona
–
keramzit shag‘alsi donasining zichligi, g/sm
3
.
ρ
dona
=
0,58 – 0,67 g/sm
3
bo‘lsa,
R
xisob
= 5 – 6,7 MPa.
To‘ldiruvchilarning suvga va sovuqqa chidamliligi
To‘ldiruvchilarning mustahkamligi ular olinadigan tog‘ jinsidan kelib chiqib,
suvga bo‘ktirilgan holatida aniqlanadi. YA’ni suvda saqlangan materialning
mustaxkamligi o‘z navbatida kamayadi. G‘ovaklarga va mikroyoriqlarga kirgan
suv uning bog‘lanishlarini kuchsizlantiradi.
Shu sababli to‘ldiruvchilar mustahkamligini aniqlashda, namunaning quruq
holatdagi va suvga bo‘ktirgandan so‘ng mustahkamligi aniqlanib, yumshash
koeffitsienti topiladi:
курук
букт
сув
юм
R
.
.
,
bu erda:
σ
suv.bo‘kt
-
to‘ldiruvchining yoki u olingan tog‘ jinsining suvga
bo‘ktirilgandan so‘ngi (48 soat suvda saqlangan) mustahkamlik chegarasi, kgs/sm
2
σ
quruq
-
to‘ldiruvchining yoki u olingan tog‘ jinsining quruq holatidagi
mustahkamlik chegarasi, kgs/sm
2
32
To‘ldiruvchilarning yumshash koeffitsienti uning suvga chidamliligini
xarakterlaydi. Suvga chidamlilik bevosita suvshimuvchanlik va to‘ldiruvchining
tabiiy moddasiga bog‘liqdir. Suvshimuvchanlik esa materialning g‘ovakligi va
strukturasiga bog‘liq.
To‘ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligi ularni suvga bo‘ktirilgan holatda
ko‘p martali muzlatish va eritish natijasida tekshiriladi. Bir fraksiyali to‘ldiruvchi
namunasi 48 soat davomida xona haroratida suvda saqlanadi. Sovitish kamerasida
-15
0
S dan -20
0
S gacha haroratda muzlatiladi. 4 soat davomida kamerada saqlangan
namuna idish bilan birgalikda suvli vannada ya’na 4 soat ushlab turiladi. Bu holat
standartda keltirilgan bo‘yicha to‘ldiruvchi turidan kelib chiqib takrorlanadi.
Shundan so‘ng to‘ldiruvchi namunasi quritilib elakdan o‘tkaziladi.
Sovuqqa chidamlilikni sinashda massa yo‘qotilishi (%) aniqlanadi:
%
100
1
2
1
.
m
m
m
М
чид
сов
,
Bu erda:
m
1
– sinovgacha to‘ldiruvchi namunasining massasi, g
m
2
– sinovdan so‘ng elakda qolgan qoldiq, g
SHundan so‘ng olingan natija (massa yo‘qotilishi) mavjud standart bilan
solishtiriladi. Sinov ishlarini tezlashtirish maqsadida namuna natriy sulfat
qorishmasiga solinadi va tezda 105-110
0
S da quritish shkafida quritiladi. So‘ngra
yuqorida keltirilgan holatda massa yo‘qotilishi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |