4-§. “Onlayn mahalla” platformasida ishlash tartibi
25. “Mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, Hokim
yordamchisi faoliyatini samarali tashkil etish va davlat tomonidan aholiga
koʻrsatilayotgan
ijtimoiy
qoʻllab-quvvatlash
dasturlaridan
foydalanish
imkoniyatlarini
kengaytirishga
qaratilgan
platformalar
(saxovat.argos.uz,
abkm.mehnat.uz, oilakredit.uz, baza.RMK.uz, yoshlar@chamber.uz,) “Onlayn
mahalla” platformasi bilan oʻzaro integratsiya qilinadi va oʻzaro ma’lumotlar
almashinadi.
Platformada har bir mahallaning statistik koʻrsatkichlari doimiy ravishda
yangilanib boriladi.
Hokim yordamchilari oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab
quvvatlash boʻyicha ishlarini “Onlayn mahalla” platformasi orqali amalga oshirishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |