“TASDIQLAYMAN”
Termiz shahar hokimi
_____________I.B.Xudayberdiyev
2021-yil _____-dekabr
“Mahallabay ishlash markazi” davlat muassasasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 3-4 nafar.
* Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni tuman (shahar)lardagi mahalla
fuqarolar yigʻini sonidan kelib chiqib belgilanadi.
** Tuman (shahar)lardagi mahalla fuqarolar yigʻini sonidan kelib chiqib, har
bir mahalla fuqarolar yigʻiniga 1 nafardan Hokim yordamchisi biriktiriladi.
Direktor
Tadbirkorlikni
rivojlantirish boʻlimi
1-2*
Kasb-hunar va
tadbirkorlikka oʻqitish
hamda bandlikka
koʻmaklashish boʻlimi
1-2*
Mahallalarda
infratuzilmani
rivojlantirish boʻlimi
0-1*
Mahallarda tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi
bandligini ta’minlash va
kambagʻallikni qisqartirish
masalalari boʻyicha Hokim
yordamchilari**
“TASDIQLAYMAN”
Termiz shahar hokimi
_____________I.B.Xudayberdiyev
2021-yil _____-dekabr
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish
markazi va Hokim yordamchisi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOMI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni
rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz), markaz xodimlari hamda
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va
kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchisi (keyingi oʻrinlarda –
Hokim yordamchisi)ning maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini,
shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaz tuman (shahar) hokimligi tarkibidagi yuridik shaxs maqomiga ega
boʻlmagan muassasa hisoblanadi.
3. Markaz faoliyati tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va
kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan
muvofiqlashtirib boriladi.
4. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Namunaviy nizomga muvofiq
amalga oshiradi.
5. Markaz faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari
hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Markazning rasmiy nomlanishi:
toʻliq nomi —Surxandaryo viloyatining termiz shahar hokimligi Mahallabay
ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi”;
qisqartirilgan nomi — “Termiz shahar Mahallabay ishlash markazi”.
7. Markaz oʻz faoliyatini tuman (shahar) hokimligi tarkibiy boʻlinmalari,
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (keyingi oʻrinlarda – mahalla)
hamda davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.