Xushbo‘y essensiyalarning sifat ko‘rsatgichlari.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha
essensiyalar tiniq eritma, hidi - nomiga va namunaga xos bo‘lishi kerak. Bundan
tashqari essensiyaning har bir turi uchun rang, sindirish koeffitsienti va zichligi kabi
ko‘rsatkichlari belgilangan. Essensiyalarning barcha turlari va navlarida mishyak,
mis va qo‘rg‘oshin tuzlarining mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan tashqari
essensiyalarda erituvchi – spirtning (massasiga nisbatan foizlarda) konsentratsiyasi va
xushbo‘y moddalarning miqdori (massasiga nisbatan foizlarda) me‘yorlangan.
Essensiyalarning qaynash harorati past (80 °C atrofida) bo‘lganligi uchun ularni
mahsulotlarga va yarim tayyor mahsulotlarga iloji boricha past haroratlarda qo‘shish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |