Stolni tanlash
Stol imkoni boricha katta bo‘lishi lozim. Bu asosiy shartdir, chunki agar
barcha moslamalarni o‘rnatish uchun joy kamlik qilsa, ergonomika to‘g‘risida
eslamasa ham bo‘ladi. Stolning balandligi qorin o‘rtasi bilan bir sathda bo‘lishi,
oyoqlar polda tekis turishi, bo‘ksa pol bilan parallel bo‘lishi, gavda esa tik
holatda bo‘lishi kerak.
Shuningdek, stol qancha og‘ir bo‘lsa, shuncha yaxshi. Stol qimirlamay,
mahkam turishi kerak, chunki vibratsiya – texnika dushmandir. 2ta stolni to‘g‘ri
burchak ostida bir-biriga yonma-yon qilib qo‘ysangiz undan ham yaxshi, bunda
ikkinchi stolni ishlayotgan qo‘lingiz sichqonchadan bemalol foydalanishi uchun
o‘ng
tomonga
qo‘ying.
Stol
va
devor
o‘rtasi
ochiq
tursin.
Yaxshisi kompyuter uchun maxsus stol olganingiz ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |