Yulduzsimon topologiya
markaziy uzel konsepsiyasiga asoslanadi. Unga
sirtqi uzellar ulanadi. Xar bir sirtqi (periferiya) uzel markaziy uzel bilan aloxida o‘z
aloqa tarmog‘iga ega. Barcha ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi. Markaziy
uzel tarmoqdagi axborot oqimini retranslyasiya qiladi va yo‘lga soladi.
YUlduzsimon topologiya LXT uzellarining bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini
osonlashtiradi. Ayni paytda LXTning yulduzsimon topologiya bilan ishlash
qobiliyati markaziy uzelga bog‘liq. Mavjud hisoblash tarmoqlarida nisbatan
murakkab topologiyadan foydalanilishi mumkin.
U yoki bu topologiyani tanlash LXTni qo‘llash soxasi, uning uzellari
geografik joylashuvi va tarmoq xajmi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |