Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


XIX MODUL. MAMLAKAT INNOVATSIYA FAOLIYATINI BAHOLASH



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

XIX MODUL. MAMLAKAT INNOVATSIYA FAOLIYATINI BAHOLASH 
Reja: 
1. 
Mamlakat innovatsiya faoliyatini baholashning xorij tajribasi
 
2. 
Yevropa  innovatsion  tablosi  (European  Innovation  Scoreboard),  Texnologik 
yutuqlar  indeksi  (Technology  Achievement  Index),  Innovatsion  salohiyat 
indeksi  (Innovation  Capacity  Index);  Boston  konsalting  guruhining 
umumjahon  innovatsion  indeksi  (GII  BCG),  INSEAD  Umumjahon 
innovatsion  indeksi  (GII  INSEAD),  Innovatsiyalarning  global  omili  (Global 
Innovation Quotient).
 
  
1  –  savol  bayoni.
  Mamlakatning  (mintaqaning)  raqobatdoshligi  va  iqtisodiy 
rivojlanishida  innovatsiyalarning  ulkan  ahamiyatini  anglash  tobora  dolzarb  bo‘lib 
bormoqda.  Demografik  inqiroz  (aholining  qisqarishi)  va  tarkibiy  islohotlarni 
yakunlash  tendensiyasiga  duch  kelgan  rivojlangan  davlatlar  o‘nlab  yillar  oldin 
innovatsion  salohiyatni  rivojlantirishning  jadal  rivojlanish  darajasi  qanchalik 
zarurligini anglab yetdilar, bu esa samaradorlikni tezroq o‘sishiga va iqtisodiyotning 
tez  sur’atlar  bilan  o‘sishiga  imkon  beradi.  Yangi  texnologiyalar  va  jarayonlardan 
foydalanish  samaradorlikni  oshiradi  va  harajatlarning  pasayishiga  olib  keladi,  yangi 
biznes  modeli  va  tashkiliy  tuzilmalarning  joriy  etilishi  kompaniya  ishining 
yaxshilanishiga,  qarorlarni  qabul  qilish  va  axborotni  qayta  ishlash  tezligining 
oshishiga va iste’molchilarning ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga olib keladi.  
Innovatsion  faoliyat  bizga  resurslar  yetishmasligi,  iqlim  va  geografik 
xususiyatlar  sharoitida  ham  raqobatbardoshlikning  yuqori  darajasini  va  iqtisodiy 
o‘sish  sur’atlarini  saqlashga  imkon  beradi,  bunga  yaqqol  misol  Yaponiya 
iqtisodiyotdir,  uning  iqtisodiy  salohiyati  ko‘p  jihatdan  innovatsiyalarni  faol 
rivojlantirish  va  joriy  etish  bilan  bog‘liqdir.  Innovatsion  rivojlanishning  ahamiyatini 
inobatga  olgan  holda,  chet  ellik  mutaxassislar  uzoq  vaqtdan  beri  innovatsion 
jarayonlarni  o‘rganmoqda,  ularning  rivojlanishi  va  mamlakat,  mintaqa,  korxonaning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini baholab kelmoqdalar. 
Hozirgi  vaqtda  Yevropa  mamlakatlari  mamlakatlar  va  mintaqalarning 
innovatsion  rivojlanish  darajasini  baholashning  turli  usullarini  ishlab  chiqish  va 
amaliy  qo‘llash  borasida  katta  tajribaga  ega.  Hududlarning  innovatsion  faoliyati 
reytingi  doirasida  ko‘rib  chiqiladigan  mezonlar  innovatsion  rivojlanishning  asosiy 
segmentlariga mos keladigan uchta asosiy guruhga bo‘lingan: 
1.
 
Innovatsion mahsulotlarning chiqarilishi – 2 ta indikator; 
2.
 
Innovatsion kompaniyalar faoliyati – 3 ta indikator; 
3.
 
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish – 2 ta indikator. 
Plyus  1  ko‘rsatkichi  –  "umumiy  innovatsion  indeks"  hisoblanadi,  jami  8 
ko‘rsatkich.  
Birinchi  guruhga  quyidagilar  kiradi:  iqtisodiy  samaralar  va  innovatsion 
kompaniyalar.  Ikkinchi  guruhga:  kompaniyalarning  investitsiyalash  darajasi, 
tadbirkorlik,  ishlab  chiqarish  hajmi.  Uchinchi  guruhga  esa,  moliyaviy  yordam  va 
inson  resurslari  kiradi.  7  ta  innovatsion  indikatorlarning  har  biridan  o‘rtacha 
ko‘rsatkich  hisoblab  chiqiladi  va  ularning  barchasi  yagona  integratsiya  qilingan 
innovatsion indeksga qo‘shiladi. O‘z navbatida har uch guruhdan o‘rtacha ko‘rsatkich 
olinadi  va  ular  o‘rtacha  qo‘shilgan  indeksni  hisoblash  uchun  qo‘shiladi.  Bu 
ko‘rsatkichlarning  barchasi  qo‘shilib  boriladi,  natijada  umumiy  innovatsion 


255 
 
ko‘rsatkich  olinadi.  8  bosqichli  indeks  yaratish  yo‘lida:  1  –  qadam.  Axborotni 
o‘zgartirish;  2  –  qadam.  Tomonlar  samaradorligini  aniqlash;  3  –  qadam.  Asosiy 
davrni  tanlash;  4  –  qadam.  Ma’lumotlarni  saralash;  5  –  qadam.  Ma’lumotni 
ekstrapolyatsiya qilish; 6 – qadam. Maksimal va minimal ko‘rsatkichni aniqlash; 7 – 
qadam.  Ko‘rsatkichlar  quyidagi  formula  bo‘yicha  hisoblanadi:  minimal  ko‘rsatkich 
umumiy  ko‘rsatkichdan  chiqariladi,  so‘ng  maksimal  va  minimal  ko‘rsatkich 
o‘rtasidagi  farqga  bo‘linadi;  8  –  qadam.  Umumiy  innovatsion  ko‘rsatkichlarni 
hisoblash.  Har  bir  yil  uchun  va  har  bir  innovatsion  ko‘rsatkich  uchun  (inson 
resurslari,  moliyalashtirish,  innovatsion  kompaniyalarga  investitsiyalar,  tadbirkorlik, 
ishlab  chiqarish  hajmi,  innovatsion  kompaniyalar,  iqtisodiy  samaralar)  umumiy 
innovatsion  ko‘rsatkich  hisoblanadi.  Har  bir  yil  va  har  bir  indikatorlar  guruhi 
bo‘yicha guruhning umumiy innovatsion ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Umumiy  innovatsion  indeks  mamlakat  innovatsion  faoliyatining  o‘rtacha 
ko‘rsatkichlarini  ko‘rib  chiqish  imkoniyatini  beradi.  Ushbu  indeks  hisoblash  uchun 
tuzilgan  paytda  mavjud  bo‘lgan  eng  mos  Yevrostat  va  boshqa  xalqaro  manbalardan 
foydalangan  holda  hisoblanadi.  Mamlakatlar  o‘rtasida  o‘zaro  solishtirish 
imkoniyatini 
yaratish 
uchun 
xalqaro 
resurslardan 
faol 
foydalanilmoqda. 
Ko‘rsatkichlar bo‘yicha mamlakatlar quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin: 
1.
 
Innovatsion faoliyat liderlari 
2.
 
Yetib oluvchilar 
3.
 
Mo‘’tadil novatorlar 
4.
 
Orqada qolayotganlar 
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu indikator tizimlariga asoslangan ushbu usullar 
asosan  rivojlangan  mamlakatlarning  innovatsion  salohiyatini  baholashga  qaratilgan, 
shuning  uchun  ular  rivojlanayotgan  bozorlarga  xos  bo‘lgan  bir  qator  omillarni 
hisobga olmaydilar. Shu bilan birga, iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan mamlakatlardagi 
vaziyatni  tahlil  qilish  bo‘yicha  ba’zi  xulosalar  chiqarildi.  Tez  rivojlanayotgan 
mamlakatlar  rivojlanayotgan  bozorlarga  innovatsion  investitsiyalar  kiritishda 
rivojlangan  mamlakatlardan  ustun  turadi.  Ma’lumotlarga  ko‘ra,  Osiyoning 
rivojlanayotgan  bozorlari,  asosan  Xitoy  sharofati  bilan,  Yevropa  va  Yaponiyadan 
ko‘ra  ko‘proq  tadqiqot  va  rivojlanish  uchun  sarmoya  kiritmoqda.  Ammo  shuni 
ta’kidlash  kerakki,  iqtisodiyoti  tez  sur’atlar  bilan  rivojlanayotgan  mamlakatlarda 
ekspertlarning  fikriga  ko‘ra,  u  yoki  bu  darajada  innovatsiyalarni  joriy  etishga 
to‘sqinlik  qiladigan  bir  qator  muammolar  yuzaga  keladi.  Ekspertlarning  40  foizga 
yaqini  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  intellektual  mulkni  himoya  qilish  bo‘yicha 
tegishli  qonunchilik  yo‘qligini  ta’kidladilar,  20  foizi  esa  fan,  texnologiya  va  amaliy 
fanlarni  rivojlantirish  bo‘yicha  samarali  tizim  va  siyosatning  yo‘qligi  ushbu 
holatlarga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladilar, 15 foizi esa emigratsiya 
siyosati,  28  foiz  yuqori  soliq  stavkalari  bilan  bog‘liq  jiddiy  muammolarni  qayd 
etdilar. 2007 yildan beri Kornell universiteti konsorsiumi (AQSH),  INSEAD Biznes 
maktabi  (Fransiya)  va  Butunjahon  intellektual  mulk  tashkiloti  global  innovatsion 
indeksni tuzmoqda. GII-2019 129 mamlakat uchun yettita guruhga birlashtirilgan 80 
ko‘rsatkichlar  asosida  shakllantirilgan.  Yakuniy  reyting  ikkita  kichik  indekslarning 
o‘rtacha qiymati sifatida hisoblanadi – innovatsion resurslar (institutlar, inson kapitali 
va  fan,  infratuzilma,  ichki  bozor  va  biznesni  rivojlantirish)  va  innovatsiya  natijalari 
(texnologik  va  bilim  iqtisodiyotining  rivojlanishi,  ijodiy  faoliyatning  rivojlanishi). 
Innovatsiyalar samaradorligi koeffitsiyenti ikkita kichik indekslarning nisbati sifatida 


256 
 
aniqlanadi,  bunda  berilgan  innovatsion  potensial  bilan  innovatsion  faoliyatning 
jamlangan  samaradorligi  aks  etadi.  Ushbu  reytingda  ro‘yxatning  birinchi  o‘rinini 
Shveysariya  egallagan,  undan  keyin  Shvesiya,  AQSH,  Niderlandiya  va  Buyuk 
Britaniya yetakchilik qilgan. Mazkur reyting bilan tanishgan har qanday yurtdoshimiz 
va  xorijdagi  vatandoshlarimizda  yaqin  qo‘shnilarimiz  Qozog‘iston  (79-o‘rin), 
Qirg‘iziston (90-o‘rin) va Tojikiston (100-o‘rin) bu ro‘yxatda bo‘la turib, nima uchun 
O‘zbekiston chetda qolgan, degan asosli savol paydo bo‘lishi tabiiy. 
Qayd  etish  joizki,  to‘liq  shaffoflikni  ta’minlash  maqsadida  mamlakatlarning 
GII reytingi ro‘yxatiga kiritilishi uchun zarur bo‘lgan statistik va boshqa ma’lumotlar 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ro‘yxatdagi  davlatlarning  o‘zidan  olinmaydi.  Ma’lumotlar  Jahon 
Intellektual Mulk Tashkiloti (WIPO), Xalqaro Energiya Tashkiloti (IEA), Birlashgan 
Millatlar  Tashkilotining  Ta’lim,  fan  va  madaniyat  masalalari  bo‘yicha  tashkiloti 
(UNESCO),  Birlashgan  Millatlar  Sanoatni  Rivojlantirish  Tashkiloti  (UNIDO), 
Xalqaro  Savdo  Tashkiloti  (WTO)  kabi  xalqaro  tashkilotlar  va  Xalqaro 
Standartlashtirish  Tashkiloti  (ISO),  HIS  Markit,  Bureau  van  Dijk,  ZOOkNIC  Inx, 
Thomson  Reuter  va  Wikimedia  Foundation  kabi  tashkilotlarning  ma’lumotlari 
asosida  jamlanadi.  E’lon  qilingan  GII  solishtirma  tahlilning  global  vositasi  bo‘lib, 
innovatsion sohada davlat siyosatini yurgizayotgan shaxslar va idoralarga iqtisodiy va 
ijtimoiy  rivojlanishning  bosh  omillaridan  biri  sifatida  innovatsion  faoliyatni 
rag‘batlantirish  mexanizmlarni  aniqlashga  va  baholashga  ko‘mak  beradi.  Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek,  GII  80  ta  parametr  (indikator)  asosida  baholanadi,  jumladan, 
masalan,  ilmiy-tadqiqot  va  tajriba  konstruktorlik  ishlarini  investitsiyalash  darajasi, 
patentlar va tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga xalqaro arizalar sonidan boshlab, 
yanada  zamonaviy  ko‘rsatkichlargacha,  masalan,  yaratilgan  mobil  ilovalar  soni  va 
yuqori texnologiyali mahsulotlarning eksport darajasigacha inobatga olinadi. 
 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish