219
to‘lov lizing muddatining oxirida emas, aksincha boshida (prenumerando annuiteti)
amalga oshirilsa, formulaga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritilishi talab etiladi.
Tashkil etuvchilar va koeffitsiyentlar usuli lizingga oluvchining zimmasiga bo‘lgan
to‘lov og‘irligini lizing shartnomasining butun muddati davomida teng
taqsimlanishini ko‘rsatib berdi. PMO usulida esa asosiy og‘irlik lizing muddatining
dastlabki oylariga to‘g‘ri keladi. Lizing to‘lovlarini hisoblashning ushbu sxemasi
ko‘p yillik ish faoliyatiga ega bo‘lgan, barqaror korxonalar tomonidan qo‘llanilsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bunday korxonalarning pul mablag‘lari oqimi
asosan boshqa manbalardan akkumulyatsiyalanadi (jamlanadi) hamda ushbu
oqimning asosiy bo‘lmagan qismini tashkil etadi.
Ushbu usulni teskari holatda, ya’ni pul mablag‘lari oqimi to‘liq
shakllantirilmagan yoki lizing ob’ekti pul mablag‘lari oqimining katta qismini
ta’minlagan korxonalarda qo‘llanilsa mijozning to‘lovga qobiliyatsizligi xavfi paydo
bo‘ladi. Qo‘yidagi keltirilgan 15.2-jadvalda har bir metodning afzalliklari va
kamchiliklari hamda dastlabki belgilari ifodalangan bo‘lib, ular orkali lizingga
oluvchilar o‘z faoliyatlarida to‘lovlarni qaysi usullar yordamida hisoblashlarini
aniqlab olishlari mumkin. Respublikamizda lizing to‘lovlarini hisoblaganda bir
qator o‘ziga xos xususiyatlar e’tiborga olinadi. Lizing to‘lovlariga oid ta’rif
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 590-moddasida va “Lizing
to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida bayon qilingan. Shularga asosan, lizing
to‘lovlarining umumiy yig‘indisi lizing shartnomasiga asosan berilayotgan
mulkning umumiy bahosi yoki shunga yaqin qiymat o‘rnini to‘ldiruvchi so‘mma,
lizingga beruvchining ma’lum loyihaga asosan lizing ob’ektini harid qilish uchun
foydalanilayotgan kredit zaxiralari badaliga to‘lanadigan so‘mma va lizingga
beruvchining vositachilik haqi, lizingga beruvchining shartnomada ko‘zda tutilgan
boshqa sarf-harajatlari (lizing asosida ijaraga berilayotgan mulkka texnik xizmat
ko‘rsatish, xodimlarni o‘qitish kabi harajatlar)dan iborat. Shartnomada lizing
to‘lovlari summasi, shuningdek ularni to‘lash muddatlari aks ettiriladi.
Odatda lizing to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitob qilishda umumiy to‘lov
so‘mmasi oldindan belgilangan to‘lanmalardan foydalaniladi. Bu hol lizing to‘lovi
amortizatsiya ajratmalari, olingan qarz mablag‘lari uchun to‘lanadigan foiz hamda
lizing kelishuvi jarayonida ko‘rsatiladigan xizmat haqini o‘z ichiga oladi. Ushbu
holatlar, shuningdek, lizingga oluvchining loyiha bo‘yicha sarflangan harajatlarini
hisob-kitob qilish orqali olib boriladigan lizing kompaniyasi marjasini aniqlash
chog‘ida ham e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: