Radioaktivlik
Radioaktivlik - elementning izotopga
aylanish qobiliyati
Radioaktivlik (radio... va activus — taʼsirchan) — kimyoviy element beqaror izotopining
elementar zarralar yoki yadrolar chiqarib oʻz-oʻzidan boshqa element izotopiga aylanish
qobiliyati. Tabiiy sharoitlardagi izotoplarda boʻladigan radioaktiv tabiiy radioaktiv, yadro
reaksiyalari vositasida olinadigan izotoplarning radioaktivi sunʼiy radioaktiv deyiladi. Sunʼiy va
tabiiy R. orasida hech qanday farq yoʻq. Ikkala holda yuz beradigan radioaktiv yemirilish
jarayoni bir xil qonunlarga boʻysunadi.
Radioaktivlik hodisasini birinchi marta 1896 yilda A. A. Bekkerel kashf qilgan. U uran
tuzlaridan nomaʼlum nurlar chiqishini, bu nurlar xuddi rentgen nurlari kabi har xil moddalardan
oʻtishini, fotografiya plstinkasini qoraytirishini birinchi boʻlib aniqladi va ularni radioaktiv nurlar
deb atadi. Tez orada toriyning radioaktivligi aniqlandi. 1898 y.da esa M. Sklodovskaya Kyuri
va P. Kyurilyar ikkita yangi radioaktiv element (poloniy va radiy) ni kashf etdilar. E. Rezerford
va yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning kuzatishlari natijasida radioaktiv moddalar
oʻzidan uch xil koʻrinishdagi (a, r va u)nurlarni chiqarishi aniqlandi va bu nurlarning tabiati
oʻrganildi: anurlar ikkita musbat zaryadga ega boʻlgan geliy atomining yadrosidan iborat;
nurlar manfiy zaryadga ega boʻlgan elektronlardan iborat; unurlar rentgen nurlariga
oʻxshaydigan elektromagnit nurlanishdir.
Radioaktivlikning maʼlum boʻlgan asosiy turlari quyidagilardan iborat: 1) sxemirilish; 2)
remirilish (shu jumladan, Ktutish); 3) protonli R.; 4) ogʻir yadrolarning spontan ravishda
boʻlinishi. Radioaktiv yemirilish natijasida hosil boʻlgan yadrolar radioaktiv boʻlishi va ularning
yemirilishidan hosil boʻlgan yangi yadrolar ham yana radioaktiv boʻlishi mumkin va h.k.
Tabiatda uchta radioaktiv kator mavjud ekanligi aniqlangan boʻlib, ular uran, toriy va
aktinouran elementlaridan boshlanadi. Uchchala holda ham oxirgi mahsulot qoʻrgʻoshin
Soʻnggi tahrir 7 oylar avval 188.113.210.106 tomonidan amalga oshirildi
izotoplari, yaʼni birinchi katorda oxirgi mahsulot 206Rv, ikkinchisida 2O8Rv va uchinchisida
207Rv boʻladi. Radioaktiv yemirilish nazariyasi koʻrsatadiki, dt vaqt ichida yemiriladigan
yadrolarning soni dN radioaktiv yadrolarning umumiy soni TV ga proporsional boʻlib,
radioaktiv yemirilish eksponensial qonun boʻyicha kechadi: N=Noe~x"; bunda N —t paytdagi
yemirilmagan yadrolar soni, No — boshlangʻich paytdagi yemirilmagan yadrolar soni va
^.yemirilish doimiysi; yadroning ichki tuzilishiga bogʻliq boʻlgan oʻzgarmas miqdor. Radioaktiv
yemirilishning eksponensial qonuni statistik qonun boʻlib, faqat juda katta sondagi atomlar
uchun oʻrinlidir. Boshlangʻich paytdagi yadrolar miqdori yarmisining yemirilishiga ketadigan
vaqt moddaning yarim yemirilish davri T deyiladi. U yemirilish doimiysi X bilan quyidagicha
bogʻlangan: T=0,603 X. Radioaktiv qatorlarni boshlab beruvchi uran nU, torii ^Th va aktinouran
92i elementlarining yarim yemirilish davrlari, mos ravishda 4,51109 yil, 1,391010 yil va
7,13YU8 yilga teng .
Radioaktivlik, asosan, kyuri yoki uning ulushlari orkali ifodalanadi. Aktivlik 1 kyuri sifatida
radioaktiv moddaning bir sekundda 3,710’° ta yadrosining yemirilishi qabul qilingan.
Radioaktivlik kashf qilinishi fan va texnikaning taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U moddalar
tuzilishi va xossalarini oʻrganishda yangi davr ochib berdi.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Radioaktivlik&oldid=219598
7
" dan olindi