O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   362
Bog'liq
fayl

 
 
5.6.Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat 
      Birinchi  bor  maktabga  kelgan  bola  o‘z  atrofdagilari  bilan  psixologik  jihatdan 
yangi  munosabat  tizimiga  o‘tadi.  U  hayotining  tubdan  o‘zgarganini,  unga  yangi 
majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga 
bo‘ysunish  ham  yuklatilganligini  his  eta  boshlaydi.  Bola  insoniy  munosabatlar 
tizimida  ham  alohida  o‘rin  egallayotganini  bila  boshlaydi.  Ota-onasi,  yaqinlari, 
atrofdagilari  unga  yosh  boladek  emas,  balki  o‘z  vazifalari,  majburiyatlari  bor 
bo‘lgan,  o‘z  faoliyat  natijasiga  ko‘ra  hurmatga  sazovor  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan 
alohida  shaxs  sifatida  munosabatda  bo‘ladilar.  Oila  a’zolarining  bola  o‘quv 
faoliyati,  yutuqlari  bilan  qiziqayotganligi,  shuningdek,  uni  nazorat  qilayotganligi, 


114 
 
unga  qilinayotgan  yangi  muomala,  munosabat  uning  ijtimoiy  mavqei 
o‘zgarganligini to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos 
bo‘ladi.  Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarning  muhim  xususiyatlaridan  biri 
ulardagi o‘qituvchiga ishonch hissi bo‘lib, bunda o‘qituvchining o‘quvchiga ta’sir 
ko‘rsatish  imkoniyati  juda  kattadir.  Bola  o‘qituvchini  aql  sohibi,  ziyrak,  sezgir, 
mehribon  inson  deb  biladi.  O‘qituvchining  obro‘si  oldida  ota-onalar,  oilaning 
boshqa  a’zolari,  qarindosh  urug‘larining  nufuzi  keskin  kamayadi.  Shu  sababli, 
bolalar o‘qituvchining har bir so‘zini qonun sifatida qabul qiladilar. Demak, kichik 
maktab yoshidagi o‘quvchilar rivojida yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyati o‘qituvchi 
shaxsi va o‘quvchi bilan munosabat uslubining ahamiyati juda kattadir. 
      Kichik  maktab  davrida  bolaning  boshqa  insonlar  bilan  munosabatlarida  katta 
o‘zgarishlar  ro‘y  beradi.Bolaning  muloqoti  endi  aniq  maqsadga  qaratilgan 
bo‘ladi.Bunga  sabab  bir  tomondan  o‘qituvchining  doimiy  ravishda  unga 
ko‘rsatadigan  faol  ta’siri  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan  o‘quv  jamoasining 
ko‘rsatadigan  ta’siridir.  O‘qituvchining  dars  jarayonida  har  bir  o‘quvchiga  ta’sir 
ko‘rsatishi uchun qulay imkoniyati bor. O‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida 
bolaning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha 
tus  ola  boshlaydi.  "Bola-katta"  munosabati  "bola-ota-ona"  munosabatidan 
tashqarida  yuzaga  keladi.  Chunki,  o‘qituvchi  bolaga  ota-onaga  nisbatan  ko‘proq 
ravishda  normativ  talablar  qo‘yadi.  Bundan  tashqari  bolaning  oilasi  va  tevarak 
atrofdagi  odamlar  bilan  ham  muloqotida  katta  o‘zgarishlar  bo‘ladi  .  Oilada  endi 
bolani ma’lum bir majburiyat va huquqlari bo‘lgan shaxs sifatida qabul qilinadi va 
bu  o‘z-o‘zidan  bola  bilan  bo‘lgan  munosabatlarda  o‘z  aksini  topadi.  Atrofdagilar 
bilan  munosabatda  esa  bola  o‘z  “Men”ini  namoyon  etishga  harakat  qiladi.  L.S. 
Vigoskiyning ta’kidlashicha, faqat jamoaviy hayot ichida va ijtimoiy munosabatlar 
ta’sirida  bolaning  individual  xulq-atvori  shakllanadi.  Faqat  o‘qituvchigina 
o‘quvchisiga turli qat’iy talablar qo‘yib, ularning xatti-harakatlarini baholay oladi, 
bolaning ijtimoiylashuviga sharoit yaratib, uni huquq va burchlar–ijtimoiy maqoni 
tizimida  standartlashuviga  olib  kela  oladi.  O‘qituvchining  munosabat  uslubi 
o‘quvchining  faolligiga  bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi.  Kichik  maktab  yoshidagi 
o‘quvchi  faolligining  asosan  uch  xil  ko‘rinishi  mavjud  bo‘lib,  bular:  jismoniy, 
psixik va ijtimoiy faollikdir. 
      O‘qituvchining  dars  jarayonida  har  bir  o‘quvchiga  ta’sir  ko‘rsatishi  uchun 
qulay imkoniyati bor. O‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar 
va  tengdoshlari  bilan  qiladigan  muomala-munosabatlari  yangicha  tus  ola 
boshlaydi.  "Bola-katta"  munosabati  "bola-ota-ona"  munosabatidan  tashqarida 
yuzaga  keladi.  Chunki,  o‘qituvchi  bolaga  ota-onaga  nisbatan  ko‘proq  ravishda 
normativ  talablar  qo‘yadi.  Birinchi  bor  maktabga  kelgan  bola  hali  o‘zini  to‘liq 
anglashi  va  o‘z  xatti-harakatlarini  aniq  bilishi  qiyin.  Faqat  o‘qituvchigina  bolaga 
me’yorlar  qo‘yishi,  ularning  xatti-harakatlarini  baholashi,  o‘z  xatti-harakatlarini 


115 
 
boshqalar  bilan  moslashtirishga  sharoit  yaratishi  mumkin.  Boshlang‘ich  sinfda 
o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va 
ularning  qoidalariga  to‘la  amal  qilishga  harakat  qiladilar.  Bola  uchun  o‘qituvchi 
uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning 
nafaqat  sinfdagi,  balki,  umuman  tengdoshlari  bilan  bo‘ladigan  munosabatiga,  bu 
munosabat  esa  o‘z-o‘zidan  oilasidagi  munosabatlariga  ham  ta’sir  ko‘rsatadi. 
Shuningdek,  bu  munosabatlar uning  o‘quv  faoliyati  muvaffaqiyatini  ham  belgilab 
beradi. O‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatishi va munosabatining quyidagi 
uslublari  mavjud.  Avtoritar  uslub:  bu  qattiqqo‘llik  bo‘lib,  bunda  o‘qituvchi 
o‘quvchilarini  so‘zsiz  o‘ziga  bo‘ysunishlarini  talab  etadi.  Lekin,  nima  uchun 
qatiqqo‘lliq  qilayotganini  yoki  o‘quvchilariga  nima  uchun  o‘zlarini  shunday 
tutishlari  lozimligini  tushuntirib  bermaydi,  shuningdek,  o‘quvchilarni  o‘z  xatti-
harakatlarini  mustaqil  boshqarishga  ham  o‘rgatmaydi,  o‘qituvchi  dars  davomida 
o‘quvchilaridan  jim  o‘tirishini,  savollarga  doimo  qo‘l  ko‘tarib,  o‘qituvchining 
ruxsati  bilan  javob  berishini,  o‘qituvchining  ko‘rsatmalarini  so‘zsiz  bajarishini 
talab  etadi.Bunday  pedagoglar  o‘quvchilarning  qiziqishlari  asosida  emas,  balki 
asosan  o‘quv  rejasi  asosida  dars  o‘tadilar.  Dars  davomida  ham  bahs-munozara 
uchun  deyarli  imkoniyat  yaratilmagan  holda  asosan  o‘qituvchining  fikri 
singdiriladi.  O‘quvchilari  bilan  muomala  munosabatda  ham  ularning  individual 
psixologik  xususiyatlari,  jumladan,  nerv  tizimining  qo‘zg‘aluvchanlik  darajasini 
ham  e’tiborga  olmaydilar.  Bu  uslub  o‘qituvchini  sinfdan,  o‘quvchidan 
uzoqlashtiradi.  Emotsional  sovuqlik  sinfda  intizomli  o‘quvchida  yakkalanish, 
xavotirlik,  himoya  qilinmaganlik  hissini  ham  yuzaga  keltiradi.  Bu  uslub  sinfda 
yuqori  o‘zlashtirish  ko‘rsatkichini  berishi,  lekin  bu  o‘zlashtirish,  asosan,  xotira 
sababli bo‘lib, lekin mustaqil tafakkur, ijodkorlik, hozirjavoblik kabi xususiyatlarni 
rivojlanishdan  ortda  qolishiga  sabab  bo‘ladi,  unda  doimiy  xavotirlik  o‘ziga 
nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. 
      

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish