O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   362
Bog'liq
fayl

Hayron  qolish  hissi.
  Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarda  hayron  qolish 
hissi  kuchli  bo‘lib,  tushuntirilayotgan  yangi  materialni,  tadqiq  qilinayotgan 
faktlarning  sabablarini  topishda  qiynalib  qolganida,  bu  faktlarni  shu  damgacha 
ma’lum bo‘lib turgan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda 
bolada  hayron  qolish  hissi  tug‘iladi.  Bu  his  ham  kichik  maktab  yoshidagi 
o‘quvchilarning  bilish  faoliyatini  yanada  kuchaytirishga  yo‘llovchi  kuchli 
vositadir. 
      
Ishonch 
hissi.
 
Narsa 
va 
hodisalar 
o‘rtasidagi  bog‘lanishlar  va 
munosabatlarning  to‘g‘riligi  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarning  tafakkuri 
jarayonida  aniqlanib,  mantiqiy  ravishda  chiqarilgan  xulosalar  bilan  amaliyotning 
o‘zida yaqqol isbot bo‘lganida ularda ishonch hissi tug‘iladi.  
      
Shubhalanish
 
hissi 
kichik 
maktab 
yoshidagi 
o‘quvchilarda  to‘liq 
rivojlanmagan  bo‘lib,  bu  his  asta-sekinlik  bilan  o‘quv  jarayonida  bolaning  o‘zi 
chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bo‘lib, ular bilan to‘qnashib qolganida 
tug‘iladigan hissiyotdir. Bu juda muhim hissiyot bo‘lib, u to‘plangan dalillarni va 
aytilgan  qoidalarni  har  tomonlama  tekshirib  ko‘rishga  rag‘batlantiradi.  “Samarali 
ilmiy faoliyat uchun doimo shubha bilan qaramoq va o‘z-o‘zingni tekshirib turmoq 
zarur”  (  I.P.  Pavlov)  Bu  hislar  bola  qiyinchiliklarni  yengib,  o‘z  ishida  ma’lum 
muvafaqqiyatlarga  erishganida  ahamiyatli  ravishda  rivojlanadi.  Kichik  maktab 
yoshidagi  bola  o‘qish  va  yozishni  bilib  olganida,  o‘zi  misol  yoki  masalani 
yechishni  o‘rganib  olganida  juda  katta  xursandchilik  hissini  boshidan  kechiradi. 
O‘quvchilarda o‘z mehnatidan xursand bo‘lish hissini iloji boricha ko‘proq yuzaga 
keltirish va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisining  asosiy  vazifalaridan  biridir.  Kichik  maktab  yoshidagi 
o‘quvchilarning  intellektual  hislari  uning  bilish  qiziqishlari  bilan  bog‘liqdir. 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchisi  nima  bo‘lganiga,  qaerda,  qachon  va  qanday  qilib 
bo‘lganiga juda qiziqadi, shuningdek uni ”Nima uchun bo‘ldi?” savoliga javobga 
nisbatan shu voqea bilan bog‘liq bo‘lgan faktlarning o‘zi qiziqtiradi. 
      Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi doskaga chaqirilganda u o‘qib berishga yoki 
yozib  berishga  qo‘rqib,  uyalib  hijolat  torsa,  bunday  o‘quvchilarni tez-tez  doskaga 
chiqara  berish  kerak,  ana  shunda  u  tortinmaydigan  bo‘lib  qoladi.  Qayta-qayta 
doskaga  chiqaverish  natijasida  qo‘rquv  hissi  susaya  beradi  va  u  nihoyat  butunlay 
«so‘nib qolishi» va yo‘k bo‘lib ketishi mumkin. 


112 
 
      Albatta,  bunda  shu  hislarni  tug‘diruvchi  manbaning  takrorlana  berishi  emas, 
balki odamning salbiy kechinmalardan qutilish istagi muhim rol o‘ynaydi. 
      "Lekin  bu  qonuniyat  faqat  oddiy  va  tez  o‘tib  ketadigan  hislarga  ya’ni,  bolaga 
bir xilda tasir qiluvchi va mazmuni chuqur bo‘lmagan obektlar sababli tug‘iladigan 
hislargagina  taalluqlidir.  Murakkab,  chuqur  hislar  bolada  shu  hislarni  tug‘dirgan 
ob’ektlar  bizga  qayta-qayta  ta’sir  o‘tkaza  berganida  yo‘q  bo‘lib  ketmaydi,  balki, 
aksincha,  yana  ham  kuchli  va  barqaror  bo‘lib  qoladi.  Masalan,  muzika  asarlarini 
qayta-qayta  eshitish  natijasida  bizning  estetik  hislarimiz  chuqur  va  kuchli  bo‘lib 
qoladi.  O‘zimiz  yaxshi  ko‘rgan,  o‘zimiz  uchun  qadrli  bo‘lgan  joylarga  har  safar 
borganimizda bizning shu joylarga bo‘lgan hislarimiz, mehrimiz, odatda, kuchaya 
boradi. Ayrim emotsional kechinmalarning «so‘nib qolishi»da boshqa qonuniyatlar 
ham  bor.  Masalan,  qarama-qarshi  hislar  ba’zi  nisbatlarda  bir-birini  yo‘qotib 
yuborishi  mumkin.  Salbiy  his  paydo  bo‘lib  turganida  kuchliroq  ijobiy  his  yuzaga 
keltiradigan sabab paydo bo‘lib qolsa, u holda salbiy his so‘nib qolishi, yo‘qolishi 
mumkin.  Masalan,  bola  yiqilib  tushib,  yig‘lab  turibdi.  Onasi  shu  paytda  kelib 
qolib, uni erkalatdi. Bu erkalash ijobiy hislarning paydo bo‘lishiga kuchli sababchi 
bo‘ladi,  shuning  uchun  ham  bolada  ko‘z  yoshi  o‘rniga  kulish,  xursandlik  paydo 
bo‘ladi.  O‘quvchidagi  cho‘chib turish  hissini qayta-qayta  doskaga  chiqarish  yo‘li 
bilangina yo‘q qilib qolmasdan, balki bolada qarama-qarshi hislarni tug‘dirish yo‘li 
bilan  ham  bu  cho‘chishlikni  oldini  olish  mumkin.  Masalan,  birinchi  sinf 
o‘quvchisining xavotirligining sababi uning o‘z kuchiga ishonmaganligida bo‘lsa, 
unga  oson  bajara  oladigan  vazifalarni  berish  kerak.  Shu  vazifalarni  bajara  olgani 
uchun  kattalar  tomonidan  rag‘batlantirilishi,  maqtalinishi  bolada  ijobiy  hislarning 
tug‘ilishiga  yordam  beradi,  xavotirlik  hissi  esa  yo‘qoladi.  Shuning  uchun  ham 
doska oldida u o‘zini dadilroq his etadi.  

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish