132
Rezina materiallar, asosan, kauchukni turli to‘ldiruvchilar, plastifi
-
katorlar, vulkanizatsiyalovchi agentlar, tezlashtiruvchilar, aktivatorlar
va boshqalar qo‘shib, qayta ishlash orqali hosil qilinadi. Rezina juda
ko‘p xususiyatlarga ega bo‘lgan konstruksion materialdir. Bulardan
eng muhimi uning yuqori darajada elastikligi, ya’ni katta (100 % ga
-
cha) deformatsiyadan ham dastlabki holatiga qayta olishidir.
Rezina olish uchun asosiy material kauchukdir, ya’ni rezinadagi
aralashmaning 10 – 98 % ni kauchuklar tashkil qiladi.
Kauchuklar, asosan, tabiiy va sintetik polimerlar bo‘lib, oddiy ha
-
roratda yuqori plastiklik xossasiga ega.
Tabiiy polimer–kauchuk, hindcha “kaochu” so‘zidan olingan
bo‘lib, “daraxtning ko‘z yoshi” degan ma’noni anglatadi. Darhaqiqat
kauchuk daraxtini kesganda undan suyuqlik (ko‘z yoshi) ajralib
chiqadi. Shuning uchun hindlar juda qadimdan oq yog‘och smolasi
(kauchuk) dan foydalanib kelganlar. Shunday qilib, tabiiy kauchuk
(TK) kauchukli o‘simliklar (daraxtlar)dan olinadi.U efir, benzin,
mineral moylarida yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. Kauchuk 90 °C
gacha qizdirilganda yumshab juda yopishqoq bo‘lib qoladi, 0 °C dan
past haroratda esa qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi. TK juda qimmat
-
baho material.
Texnikaning jadal taraqqiyoti tufayli faqat TK
dan foydalanilmas-
dan, balki sintetik kauchuklar (CK) hosil qilinib, ulardan keng foy
-
dalanilmoqda.
Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda tegishli sanoat korxonalarida
juda rangbarang sintetik kauchuk va shunga o‘xshash konstruksion
materiallar ishlab chiqarilmoqda. Etil spirti, atsetilen, butan, etilen,
benzol, izobutilen, ba’zi galogenli uglevodorodlar va
boshqalar sinte-
tik kauchuk hosil qiluvchi asosiy materiallar hisoblanadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, tabiiy kauchuklarning sintetik kauchuk
-
larga nisbatan mustahkamligi yuqoridir,
lekin TK larning sovuqqa va
turli eritmalar ta’siriga bardosh berish xususiyatlari CK ga nisbatan
ancha past.
Rezinalar vazifasi yoki ishlatilishiga qarab
umumiy va maxsus tur-
larga bo‘linadi. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezinalar suvda, kis-
lota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida, havoda (50 °C dan 130 °C
133
gacha) haroratda va boshqa muhitlarda ishlatilishi mumkin. Shunday
rezinadan mashina shinalari, turli tasmalar, shlanglar, transportyor
tasmalari, kabellarning izolatsiyalari (qoplamalari) va boshqa turli
buyumlar ishlab chiqariladi.
Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar, o‘z
navbatida, moy-
benzinga, issiq va sovuqqa chidamli, elektr o‘tkazmaydigan; gazlar
va suyuqliklarga chidamli turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, max
sus rezina turiga armaturali rezinalar ham kiradi (presslash va vul
-
kanizatsiyalash jarayonida metall turlar, qistirmalar rezina aralashma-
si orasiga qo‘yilib uning mustahkamligi va egiluvchanligi oshiriladi).
Bunday rezinalardan avtomobil shinalari, yuritma tasmalari, trans
-
portyor tasmalari va boshqalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: