Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining



Download 3,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/170
Sana18.01.2022
Hajmi3,74 Mb.
#390678
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   170
Bog'liq
Jurnal Xalq talim sayt uchun 6kW66rf

77
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Dunyoda boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha  
kuzatilayotgan tendensiyalar
Zamonaviy dunyoda ta’lim tizimini rivojlantirish dolzarb muammolardan biri 
sifatida tan olingan. Rivojlangan davlatlar ta’limda konseptual o‘zgarishlarni olib 
kelish uchun ular izlanishlarni amalga oshiradi.
Finlyandiya  dunyo  mamlakatlari  orasida  alohida  o‘rin  tutadi.  Finlyandiya 
maktablarida  shved,  ingliz  va  nemis  tillarini  o‘qitish  boshlang‘ich  ta’lim 
dasturidan boshlanadi.
Finlyandiya  maktabining  islohotlari  yo‘nalishini  belgilab  bergan  asosiy 
tendensiyalari quyidagilar: 
-  maktabni  demokratlashtirish,  maktab  avtonomligini  kuchaytirish, 
maktablarning fuqarolik institutlari bilan ijtimoiy sherikligini rivojlantirish; 
-  ta’lim  mazmunini  doimiy  yangilash,  bunda  o‘quvchilar  bilimlarining 
rivojlanish dinamikasini kuzatib borish
-  ta’lim  sifatini  oshirish  va  uning  jamiyat  zamonaviy  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasiga muvofiqligini ta’minlash;
-  uzluksiz ta’lim tamoyili asosida o‘qituvchilar malakasini oshirish.
O‘quvchilar  uchun  bepul  ovqat  tizimi  yo‘lga  qo‘yilgan.  Shuningdek, 
imtihonlar  va  uy  ishi  vazifalari  umuman  mavjud  emas  va  davomat  ham 
yuritilmaydi.  Boshlang‘ich  ta’lim  o‘quvchilari  1-3-sinfgacha  ta’limni  erkin  tarzda 
olishlari uchun ta’limda minimal darajada cheklovlar o‘rnatilgan. 
Yaponiyada  boshlang‘ich  ta’limning  eng  muhim  xususiyati  bu  “kokoro” 
tushunchasidir.  Har  bir  yapon  uchun  “kokoro”  ta’lim  g‘oyasi  bu  bilim 
 
va  ko‘nikmalar  bilan  chegaralanib  qolmasdan,  balki  inson  xarakterini 
shakllantirishga yordam beradi. 
Boshqa  davlatlardan  farqli  o‘laroq,  maktab  o‘qituvchisi  bo‘lish  uchun 
Yaponiya fuqarosi o‘qituvchi diplomini olish uchun imtihonlaridan o‘tishi kerak. 
Yaponiya  dunyodagi  yagona  davlat  bo‘lib,  o‘qituvchilarning  maoshi  mahalliy 
hukumat amaldorlari maoshidan yuqori hisoblanadi.


78
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Yaponiya  ta’lim  tizimini  isloh  qilishning  xususiyatlari  va  tendensiyalarini 
ochib berdi: 
-  uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish; 
-  ta’limni nomarkazlashtirish
-  ta’lim tizimining xilma-xilligi va moslashuvchanligini ta’minlash;
-  ta’lim tizimining baynalmilallashtirish jarayonini kuchaytirish;
-  treningni individualizatsiya qilish va farqlash;
-  ta’limni jamiyatni axborotlashtirish talablariga muvofiq yo‘naltirish.
O‘quvchilar  1850  iyeroglifni  o‘rganishi  kerak  -  bu  quyi  sinflar  uchun 
belgilangan  minimal  miqdor  (kitob  o‘qish  uchun  3  ming  iyeroglif).  Bolalar 
boshlang‘ich  maktabni  tugatgandan  so‘ng,  test  shaklida  topshirishadi  va  o‘rta 
maktabga borishadi.
Yaponiyaning  har  bir  maktablarida  kuzgi  maktab  madaniy  tadbirlari 
o‘tkaziladi,  bunday  tadbirlarning  maqsadi  maktabga  yangi  o‘quvchilarni  jalb 
qilishdir. Madaniy tadbirlardan tashqari, har bir maktabda sport turlari (poyga yoki 
sport  o‘yinlari)  tashkil  etiladi.  Mehnatsevarlik  har  tomonlama  rag‘batlantiriladi, 
jamoaviy  faoliyat  va  rivojlanish  uchun  sharoitlar  yaratiladi.  Yuzaga  keladigan 
kelishmovchiliklar  uchun  ta’lim  muassasalari,  o‘quvchilarning  o‘zi  qaror  qabul 
qiladi, ota-onalar faqatgina o‘ta og‘ir holatlarda jalb qilinadi.
Janubiy Koreyada boshlang‘ich maktabning dastlabki uch yilida o‘quvchilarga 
bitta  ustoz  tarbiyachi  faoliyatini  amalga  oshiradi.  So‘nggi  paytlarda  texnik 
taraqqiyot  tendensiyalariga  rioya  qilgan  holda,  o‘qituvchiga  robot  yordamga 
kelishi mumkin, u dars mavzusini e’lon qiladi va asosiy mavzularni belgilaydi. 
Dars  yuklamalari  ko‘proq  bo‘lganligi  sababli  darslar  o‘yin  sifatida  o‘quv 
dasturiga kiritilgan. 
Maktablarning  aksariyati  xususiy  yoki  diniy  tashkilotlarning  xayriya 
mablag‘lari  hisobiga  qurilgan.  Davlat  maktablarida  din  o‘qitilmaydi.  Lekin 
3-sinfdan boshlab «Odobnoma» kabi maxsus fan joriy etiladi. Koreyadagi barcha 
talabalarning 6,5 foizi bo‘lajak pedagoglardir. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lish 
uchun 2 yil o‘qish talab qilinadi. 
Xususiy  o‘quv  muassasalari,  ya’ni―xagvonlar  bolalarga  til  o‘rganishda 
individual yondashadilar. Shu maqsadda ingliz tilida gaplashuvchi chet elliklarni 
boshlang‘ich maktabga jalb qilish yo‘lga qo‘yilgan. Boshlang‘ich maktab koreys 
tilida  ―  “chxodin  xakke”  deb  nomlanadi  va  “boshlang‘ich  ta’lim”  ma’nosini 
anglatadi.  Boshlang‘ich  maktabni  bitirgan  o‘quvchilar  keyingi  bosqichlarga 
imtihonsiz o‘tadilar. 



Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish