73
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Oʻqituvchilarning malakasini doimiy ravishda oshirishda maktab direktorining
boshqaruvchilik mahorati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog kadrlar
faoliyatida qogʻozbozlikni kamaytirib, ularni oʻz ustida ishlashlariga imkoniyat
yaratish lozim, xususan, Internet va AKTdan foydalanishda imtiyozlar yaratish
lozim. Maktab doirasida o‘qituvchilarga ta’til davrida onlayn va oflayn mahorat
darslarini tashkil etish, ta’lim sohasidagi soʻnggi yagiliklar, ilgʻor tajribalar bilan
tanishish imkoniyatini yaratish orqali repetitorlarga raqobatbardosh ustozlar
jamoasini shakllantirish imkoniyatini yaratish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |