194
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH
VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat
buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda o‘rta
maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga
mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi
suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish
huquqiga ega bo‘ladi.
Joriy etilgan professional ta’limning afzalligi shundaki, kollej va texnikumlarda
o‘qiydigan talabalar, jumladan, xotin-qizlar ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda, ta’limni ish bilan birgalikda olib borishi mumkin. Bu, ayniqsa, oilali ayollar
uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, 2019-yil 7-martda qabul qilingan “Xotin-qizlarning mehnat
huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga binoan 2019-
yil 1-maydan nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega bo‘lgan “Xotin-qizlar
tadbirkorlik markazlari” tashkil etildi. Ushbu markazga bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda uzoq muddat bola parvarishlash
ta’tilida bo‘lgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida
talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning ishga joylashishiga
ko‘maklashish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollarni
markazlarga jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish va
boshqa vazifalar yuklatildi.
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar)
hokimi va tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan
ro‘yxat asosida maxsus o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitish belgilandi.
Maxsus o‘qitish dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlar orasidan
tegishli tuman (shahar) Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tavsiyasiga ko‘ra tadbirkorlik
faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga 6 oylik imtiyozli
davr va yillik 8 foiz stavkada imtiyozli kreditlar hududlarda aholi bandligini
ta’minlash va olilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni kreditlash tartiblari asosida
ajratildi. Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan
tijorat banklariga har yili ajratiladigan 100 milliard so‘m resurs mablag‘lari
ushbu imtiyozli kredit mablag‘larining manbasi etib hisoblanadi. Mazkur resurs
mablag‘larining kamida 50 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladigan xotin-
qizlarning biznesini rivojlantirishga yo‘naltirildi.
Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarining amalga oshirayotgan bu kabi ishlari
ularni bandligini ta’minlashga ko‘maklashmoqda. Bu kabi amalga oshirilayotgan
keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizda 2020-yilning oktyabr-dekabr