39
o’zaro bog’liqligi;
• kuchlarni faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini
bajarishga jamlash;
• muammoni hal etishga
nisbatan yalpi yondashuv;
• uzluksiz istiqboliy va joriy rejalashtirish imkoniyatlarining hisobga
olinishi;
• tarmoq va hududiy yondashuvlarning uyg’ulashuvi;
• mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni muvazanatlashtirishga
urinish.
Mamlakatning rejali tizimi bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan
xatolarning oldini olish umidida tashkil etildi. Amalda shunday bo’lib
chiqdiki, rejali tizimda muvazanatlashuvga erishishga intilishda
xatolarning soni nafaqat kamaymaydi, balki ular yanada tez-tez
uchraydigan va yanada jiddiy xatolarga aylanadi.
Markazlashgan tarzda rejalashtirishning
kamchiliklari
jumlasiga
quyidagilarni kiritish mumkin:
• tovar-pul munosabatlari rivojlanishi tabiiy qonunlari va
tendenstiyalarining etarlicha hisobga
olinmasligi;
• “har qanday yo’l bilan reja” tamoyili bo’yicha faoliyat maqsadi
rejaning iqtisodiy munosabatlar ustidan o’ziga xos fetishi sifatida reja
rolining ortishi;
• turli mintaqalar korxonalari to’liq faoliyat yuritishi uchun
maydonning mavjud emasligi va yuzaga kelgan rejalashtirish tizimining
beso’naqayligi;
• zahiralar, tashabbus, mikrodarajaning xilma-xilligini hisobga
olmaydigan rejalashtirishning metodologik jihatdan zaifligi;
• kuchlarning boshqaruvchi partiya tomonidan tanlangan maqsadlar
foydasiga olib qo’yilishi;
• hayotning boshqaruvchi partiya tomonidan istiqbolsiz deb e’tirof
etilgan alohida tomonlari, masalan, kibernetika, genetikaning unutilishi;
• reja ko’rsatkichlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash,
aniqlashtirish va ularning barqarorligini qo’llab-quvvatlash uchun kuchlar,
vaqt va mablag’larning ko’p sarflanishi.
Biroq sobiq ittifoqning davlat tomonidan rejalashtirish tajribasi
markazlashgan tarzda rejalashtirishning istiqbolsizligini isbotlab berdi, u
jamiyat rivojiga to’sqinlik qilgan holda, davlatning ishlab chiqarish
omillaridan foydalanish borsaida cheksiz taqsimlovchi huquqqa ega
bo’lishiga, qat’iy markazlashuvga, investistiyalar, ishlab chiqarish va
iste’mol, ish haqining belgilanishi va narxlarning qotirilishi ustidan
nazorat qilinishiga, xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun rejalarning
41
• prognozlashtirish nazariyasi va amaliyoti masalalarining etarlicha
ishlab chiqilmaganligi;
• prognozlashtirishni rivojlantirish, shu jumladan axborot almashish
va kadrlar tayyorlash yuzasidan amalga oshiriladigan sa’y-harakatlarning
etarlicha muvofiqlashtirilmaganligi;
• prognozlar ijrochilarining prognozlashtirishning ko’plab usullari
haqida to’liq bilimga
ega emasliklari;
• prognozlarni ishlab chiqish uchun axborot bazasining torligi,
ko’plab ma’lumotlarning sir tutilishi;
• prognozlarning ayrim turlarini bajarish uchun katta xarajatlar
qilinishi;
• prognozlarni ishlab chiqish maqsadlarining aniq ifodalanmasligi,
ko’pincha prognoz va reja ko’rsatkichlari o’rtasida o’zaro bog’liqlikning
mavjud emasligi;
• retrospektiv va prognoz axborotidan foydalanishda istiqbollarning
o’zgarib turishi;
• prognozlarni bajarish uslubiyotlari va tartibotlarining etarlicha
ishlab chiqilmaganligi.
Shunday qilib, iqtisodiy o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilish
evolyustiyasi iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarga anglab etish uchun
muammolar, yutuqlar va kamchiliklardan tarkib topgan boy materialni
taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: