B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


“Yangi  uy  qurmasdan  turib,  eskisini



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/195
Sana18.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#390083
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   195
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

“Yangi  uy  qurmasdan  turib,  eskisini  
buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil 
va  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  yo’lini   tanladik. 
Eng  muhimi, 
parokandalik  va  boshboshdoqlik  ta’siriga  tushib  qolmaslik  uchun  o’tish 
davrida  aynan  davlat 
bosh  islohotchi  sifatida  mas’uliyatni  o’z 
zimmasiga  olishi  zarurligini  biz  o’zimizga  aniq  belgilab  oldik
”  deb 
ta’kidlashi ushbu yo’nalishdagi ishlarga muhim zamin bo’ladi.
14
 
Indikativ  rejalashtirishning  bir  shakldan  boshqasiga  o’tishi  uning 
etuklik darajasi oshishini, barcha tegishli tartibga solish institutlari o’zaro 
harakatini  yo’lga  qo’yish  choralarini  nazarda  tutadi.  Kapitalistik 
mamlakatlarda 
indikativ 
rejalashtirish 
shakllarining 
evolyustiyasi 
(«kon’yunktura»  –  «tarkibiy»  –  «strategik»)  o’n  yilni  egalladi. 
O’zbekistonda  hozircha  gap  faqat  kon’yunktura  shaklining  unsurlari 
haqida borishi mumkin, bu davlatning so’nggi yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatining umumiy liberal yo’naltirilganligiga mos keladi.  
Shunisi  diqqatga  sazavorki,  «indikativ  rejalashtirish»  atamasidan 
prognozlashtirish,  byudjetlash,  dasturlash  va  kontraktastiya  (shartnoma 
asosida  davlat  xaridlari)ni  tartibga  soluvchi  qonun  hujjatlarida 
foydalanilmaydi.  Davlat  yo’li  bilan  tartibga  solishning  ushbu  vositalari, 
indikativ  rejalashtirish  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lsada,  alohida  olib 
qaralganda  ham,  o’z  yig’indisi  bo’yicha  ham  unga  o’xshamaydi.  Ular 
indikativ  rejalashtirish  tizimidan  tashqarida  ham  faoliyat  ko’rsatishi 
mumkin,  biroq  ularni  amalga  oshiruvchi  tartibotlar  indikativ  rejani  ishlab 
chiqish va amalga oshirishda ancha samaralidir. 
                                                 
13
 Сенчагов В. О японском опыте управления (размышления после командировки) //Вопросы экономики.  1990 
г. № 5. – 142 с.
 
14
 
Каримов  И.А.  “Жаҳон  молиявий  –  иқтисодий  инқрози,  Ўзбекистон  шароитида  уни  бартараф  этишнинг 
йўллари ва чоралари ” Ўзбекистон:. 2009, 7-бет.   
 
 


 
37 
Shunday  qilib,  indikativ  rejalashtirishni  «legallashtirish»  va  uning 
tarkibiy  shaklining  qaror  topish  evolyustiyasi  respublikamizda  xo’jalik 
mexanizmini  rivojlantirishning  eng  zarur  yo’nalishlari  hisoblanadi. 
Iqtisodiy  muammolar  hal  etilib,  O’zbekiston  iqtisodiyotini  texnologik  va 
institustional 
modernizastiyalash 
nihoyasiga 
etgach 
indikativ 
rejalashtirishning yanada erkin (strategik) shakliga o’tish zarur. 
Rossiyada  Sovet  davlatining  dastlabki  yillaridan  boshlab  mamlakat 
miqyosida  rejalashtiruvchi  va  muvofiqlashtiruvchi  organ  –  Butunittifoq 
Xalq Xo’jaligi Kengashi (VSNX) uzoq istiqbolga mo’ljallangan GOELRO 
rejasi  iqtisodiyotni  qayta  tashkil  etish  va  rivojlantirishning  jahonda 
dastlabki ilmiy istiqbolli yalpi reja bo’ldi. 
1921 yilda yangi iqtisodiy siyosat (nep)ga o’tish bilan sobiq ittifoqda 
Davlat  reja  qo’mitasi  va  joylarda  tashkil  etilgan  reja  organlari  narx-navo 
siyosati,  soliqlarni  yuritish,  kreditlar  va  moddiy  rag’batlar  yordamida 
ishlab  chiqarish  va  pul  muomalasiga  faol  ta’sir  ko’rsata  boshlashdi.  Bu 
davlatning  markazlashtirilgan  rejalashtirish  imkoniyati  bozor  iqtisodiyoti 
unsurlari  bilan  uyg’unlashgan  qisqa  davr  edi.  Lekin  asta-sekin 
mamlakatda,  kutilganidek,  markazning  rejalashtirishdagi  roli  kuchaydi. 
Yillar  bo’yicha  bo’lingan  besh  yillik  rejalarni  tasdiqlash  amaliyoti 
mamlakatning  iqtisodiy  rivojlanishida  muhim  rol  o’ynadi.  Rejalashtirish 
dastlab kollektivlashtirish, so’ngra sanoatlashtirish vazifalarini hal etishga 
yo’naltirildi, lekin umumiy maqsad xalq xo’jaligini rekonstrukstiya qilish 
va insonlar turmushini qayta qurishdan iborat edi. 
Ulug’  Vatan  urushidan  keyin  sobiq  ittifoqda  rejalashtirishning 
xususiyati 
tubdan 
o’zgardi: 
mamlakatning 
harbiy 
salohiyatini 
mustahkamlash  manfaatlari  yo’lida  xalq  xo’jaligi  ulushlarini  tez  va 
sezilarli  darajada  o’zgartirish  uchun  zarur  bo’lgan  qat’iy  tendenstiyalar 
kuchaydi.  Reja  tizimi  orqali  davlat,  birinchi  galdagi  vazifa  –  harbiy 
qudratni  mastahkamlash  vazifasini  hal  etgan  holda,  resurslar  cheklangan 
sharoitda  qisqa  muddatlarda  aholini  oziq-ovqat  minimumi  bilan 
ta’minlashni tashkil etishga erishdi. 
Urushdan keyingi yillarda rejalashtirishda, xalq xo’jaligini tiklash va 
rivojlantirish  vazifalari  dastlabki  o’ringa  surilgan  bo’lsada,  fan-texnika 
taraqqiyoti masalalariga e’tibor kuchaytirildi. 
Rejalashtirishdagi  yangi  bosqich  mamlakatda  faoliyatning  asosiy 
parametrlari  bo’yicha  buyruqbozlik  boshqaruv  saqlanib  qolgan  holda 
joylarda  tashabbus  va  mustaqillikning  rolini  oshirishga  e’tibor  qaratilgan 
60-yillarning o’rtalaridan boshlandi. Bunday o’zgarishga obyektiv holatlar 
sabab  bo’ldi:  jamiyatda  erishilgan  ijtimoiy-iqtisodiy  salohiyat  darajasi 


 
38 
mamlakatni,  shu  jumladan  iqtisodiyot  sohasida  demokratlashtirishni  talab 
qildi.  Joylarda  tashabbusni  kengaytirish  va  reja  ko’rsatkichlarining 
rag’batlantiruvchi  rolini  oshirishdan  bir  maqsad  ko’zlandi  –  turli 
mintaqalarda  ishlovchi  turli  tarmoqlar  korxonalari  faoliyati  sharoitining  
o’ziga xos xususiyatlarini to’liqroq hisobga olish. Biroq rejalashtirishning 
yangi tartibida hamon markazning etakchilik roli saqlanib qoldi. 
Mamlakat  xalq  xo’jaligini  rejalashtirishdagi  murakkab  davr  jamiyat 
rivojlanishining  ob’ktiv  qonunlari  boshqarishning  davlat  mexanizmiga, 
shu jumladan markazlashgan tarzda rejalashtirishga zid bo’lib  qolgan 70-
yillarning oxiridan 80-yillarning o’rtasigacha kuzatildi. Jamiyatning ilg’or 
qismi davlat hokimiyatini tubdan o’zgartirish zarurligini anglab etdi. 
Sobiq 
ittifoqda 
davlat 
tomonidan 
rejalashtirish 
ko’proq 
prognozlashtirishga  tayandi.  Masalan,  tabiiy  resurslar,  fan-texnika 
taraqqiyoti,  demografik  va  ijtimoiy  siljishlar  prognozlari  asosida  ishchi 
kuchini  to’ldirish,  aholining  turmush  tarzi,  ishlab  chiqarish  fondlari, 
iqtisodiy  o’sish  sur’atlari,  tarmoqlararo  alohalarda  tarkibiy  o’zgarishlar, 
ishlab  chiqarish  kuchlarni  joylashtirishning  iqtisodiy  prognozlari  tuzildi.  
Korxona  darajsida  prognozlashtirish  asosan  genetik  xususiyatga  ega  edi. 
Rivojlanish  tendenstiyalarini  yaxshilash,  masalan,  yangi  texnika  va 
texnologiyalarni  qo’lashni 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish