B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/195
Sana18.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#390083
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   195
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

Tahliliy usul
 shunga asoslanganki, ilgarigi demografik dinamikadan 
kelib  chiqqan  holda  uni  eng  yaqin  tasvirlovchi  Funksiya  tanlab  olinadi. 
Bu  har  qanday  Funksiya  bo’lishi  mumkin,  biroq,  har  qanday  holatda 
ushbu 
Funksiya 
empirik  xususiyatga  ega  bo’lib,  demografik 
dinamikaning hech qanday umumiy matematik qonuni mavjud emas. 
Komponent  usuli. 
Mazkur  usul  demografik  prognoz  ishlab 
chiquvchilari  oldida  keng  imkoniyatlarni  ochib  beradi.  Ekstrapolyastion 
va  tahliliy  usullardan  farqli  o’laroq,  u  nafaqat  aholining  umumiy  sonini 
bilish, balki ularni jinsi va yoshiga qarab taqsimlash imkonini beradi.  
Amaliyotda  aholini  prognoz  qilish  har  bir  jins  uchun  alohida  yosh-
jins  ma’lumotlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Tug’ilish  uning  yosh 
koeffistientlarida  ifodalanadi.  O’lish  kuchi  erkaklar  va  ayollar  uchun 
alohida keyingi yoshgacha  yashash yosh ehtimolida o’z ifodasini topadi. 
Migrastiyani  jinsi  va  yoshiga  qarab  tasniflangan  kutilayotgan  har  yillik 
netto-migrastiya atamalarida o’lchash qabul qilingan.  
Hisob-kitoblar 
 atamalarida amalga oshirilib,  
ularning  har  biri  odatda  1  yoki  5  yilga  teng.  Ishni  ro’yxatga  olish  yoki 
boshqa  boshlang’ich  ma’lumotlardan  boshlab  demograf  prognoz 
qilishning  bir  stikli  davomida  tug’ilish,  o’lim  va  migrastiya  to’g’risidagi 
ma’lumotlarni izchil qo’llaydi. Stikl so’ngida ushbu operastiya yordamida 
hisoblab  chiqilgan  aholi,  o’z  navbatida  keyingi  stikl  uchun  boshlang’ich 
hisoblanadi.  Kelgusida  keyingi  sanaga  aholi  o’sishini  baholash  uchun 
prognoz qilish stikli takrorlanadi. Ushbu tadbirning o’ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, prognozchi har bir prognoz stikli uchun tug’ilish, o’lim 
va  migrastiyaning  turli  miqdoridan  foydalanishi  mumkin.  Yuqorida 
atilganlardan  shu  narsa  kelib  chiqadiki,  prognozning  asosliligi  va 
foydaliligi  boshlang’ich  aholi  sonini  baholashning  aniqliligiga  va 
tug’ilish,  o’lim  va  migrastiyaning  kelgusi  parametrlarini  oldindan  ko’ra 
bilishning aniqliligiga bog’liq. 
Tug’ilish,  o’lim  va  migrastiya  prognozlarini  ishlab  chiqish 
komponent  usulini  qo’llashning  muhim  sharti  hisoblanadi.  Biroq,  agar 
ushbu usulni qo’llash sof texnik vazifa hisoblansa, demografik jarayonlar 
dinamikasini  prognoz  qilish  katta  tahliliy  ishni,  tug’ilish,  o’lim  va 
migrastiyaning  o’zgarish  qonuniyatlarini,  ularning  ijtimoiy-iqtisodiy 
omillar  bilan  aloqalarini  bilishni  talab  qiladi.  Hatto  aytish  mumkinki, 
bunday prognoz qilish nimasi bilandir san’atga o’xshab ketadi. 
Hozirgi  vaqtda  komponent  usulini  qo’llashning  sof  hisoblash 
vazifalari  to’lig’icha  tegishli  kompyuter  paketlari  bajaradi.  Xususan, 
BMT  tomonidan  ishlab  chiqilgan  DemProj  va  Spectrum  paketlarini 


 
153 
ko’rsatish mumkin bo’lib, ular aholi soni va tarkibini bir lahzada prognoz 
qilish  imkonini  beradi.  AQSh  stenzla  byurosi  komponent  usulini  amalga 
oshiruvchi RUP kompyuter dasturini ishlab chiqdi. 
Biroq, yana bir bor shuni ta’kidlaymizki, sof hisoblash tartibotlari – 
bu  demografik  prognoz  qilishning  eng  sodda  va  eng  qiziqarsiz  qismidir. 
Prognoz  qilishning  ma’nosi  qandaydir  hisob-kitoblar  emas,  balki 
tug’ilish,  o’lim  va  migrastiya  tendenstiyalarini  prognoz  qilishdan  iborat. 
Bunda  bazaviy  yil  uchun  aholi  soni  va  tarkibi  haqidagi  ma’lumotlarning 
aniqligi  va  ishonchliligini  baholash  prognoz  qilishdagi  dastlabki  qadam 
bo’lishi  kerak,  chunki,  agar  ushbu  axborot  noto’g’ri  bo’lsa  har  qanday 
prognoz o’z ma’nosini yo’qotadi. 
Agar  aholi  soni  va  tarkibi  haqidagi  ma’lumotlarning  aniqligi  va 
ishonchliligi  shubha  uyg’otmasa,  u  holda  prognoz  qilishdagi  keyingi 
qadam  tug’ilish,  o’lim  va  migrastiyaning  kelgusi  tendenstiyalari 
to’g’risidagi  gipotezalarni  olg’a  surishdan  iborat  bo’ladi.  Bunda 
demografik  fanning  hozirgi  holati  tug’ilish,  o’lim  va  migrastiya 
o’rtasidagi  aloqalarni  prognoz  qilishda  samarali  qo’llash  uchun  zarur  va 
etarli  darajada  aniq  va  ishonchli  tarzda  qayd  etish  imkonini  bermasa-da, 
ushbu gipotezalarni o’zaro bog’lash zarur. 
Alohida  demografik  jarayonlar  parametrlari  prognoz  davrining  har 
yili  uchun  emas,  balki  faqat  uning  ayrim  nuqtalariga  aniqlanishi  ularni 
prognoz  qilishning  o’ziga  xos  xususiyati  hisoblanadi,  shundan  so’ng 
olingan  qiymatlar  oraliq  sanalarga  interpolyastiya  qilinadi.  Bunda 
ko’pincha  interpolyastiya  tayanch  nuqtalar  o’rtasida  demografik 
jarayonlar  parametrlarining  o’zgarmasligi  to’g’risidagi  taxminga  olib 
keladi. Masalan BMTning 1998 yildagi prognozi Rossiya uchun shundan 
kelib chiqadiki, 1995-2000 yy. va 2025-2030 yy. besh yilliklar o’rtasidagi 
davrda  o’rtacha  variant  bo’yicha  tug’ilishning  umumiy  koeffistienti 
reproduktiv  yoshdagi  bir  ayol  uchun  1,35  tadan  1,70  tagacha  tug’ilishga 
ko’tariladi, so’ngra esa prognoz gorizont oxirigacha, ya’ni 2050 yilgacha 
shu  darajada  saqlanib  qoladi.  2000  yildan  2025  yilgacha  bo’lgan  oraliq 
ko’rsatkichlar interpolyastiya usuli bilan hisoblab chiqildi. 
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish