B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


 Demografik prognozlar tasnifi



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/195
Sana18.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#390083
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   195
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

 
11.2. Demografik prognozlar tasnifi 
 
Prognoz  gorizontining  uzunligi  va  prognoz  davrining  uzoqligi 
demografik  prognozlarni  tasniflashning  birinchi  mezoni  hisoblanadi. 


 
147 
Odatda  qisqa  muddatli  (1-5  yil),  o’rta  muddatli  (5-10  yil)  va  uzoq 
muddatli  (25-30  yil)  demografik  prognozlar  mavjud.  Prognoz  gorizonti 
qanchalik  keng  bo’lsa,  prognozlar  shunchalik  aniq  va  ishonchli  bo’ladi. 
Mamlakatimizda  qisqa  va  o’rta  muddatli  demografik  prognozlar 
muntazam  ravishda  ishlab  chiqilib,  sho’rolar  davrida  ular  asosida  besh 
yillik  rejalar  (qisqa  muddatli  prognozlar)  va  15-20  yilga  mo’ljallangan 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlari belgilanardi. 
Ushbu prognozlar  ko’p  jihatdan kon’yunktura xususiyatiga  ega edi 
va ko’pincha turli guruhlar manfaatlari o’rtasidagi o’ziga xos murosaning 
natijasi  hisoblanardi.  Masalan,  sobiq  Ittifoqning  aksariyat  respublikalari 
o’z  aholisi  prognoz  sonining  yuqori  bo’lishidan  manfaatdor  edi,  chunki 
ular markazdan oladigan ijtimoiy trnsfertlar hajmi ana shunga bog’liq edi. 
Bunda  markaz  demografik  prognozlarni  ishlab  chiquvchi  organ 
hisoblangan  Davlat  reja  qo’mitasi  timsolida  ushbu  sonni  kamaytirishga 
intilardi,  chunki  aholining  katta  soni  qator  muhim  makroiqtisodiy 
parametrlarning yomonlashuvini anglatardi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda demografik prognozlar O’zbekiston 
Respublikasi  Davlat  Statistika  qo’mitasi  va  ayrim  ilmiy  tashkilotlar 
tomonidan muntazam ravishda ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi.  
Demografik  prognozlarning  maqsadi  ularni  tasniflashning  ikkinchi 
muhim  mezoni  hisoblanadi.  Prognoz  qilish  maqsadlariga  ko’ra  barcha 
demografik  prognozlar  tahliliy  prognozlar,  ogohlantiruvchi  prognozlar, 
normativ prognozlar va Funksional prognozlarga bo’linadi. 
Tahliliy prognozlarning maqsadi aholining kelgusi soni va tarkibiga, 
shuningdek  umuman  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishga  ehtimoliy  ta’sirini 
baholash  yo’li  bilan  aholini  ko’payishining  zamonaviy  tendenstiyalarini 
tadqiq  etishdan  iborat.  Boshqacha  aytganda,  tahliliy  prognoz  shunchaki 
prognoz qilishni emas, balki saqlanib qolinishi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
va boshqa jarayonlarning bo’lajak dinamikasiga ta’sir ko’rsatishi, mavjud 
muammolar va muammoli vaziyatlarni keskinlashtirish yoki yangilarining 
paydo  bo’lishiga  olib  kelishi  mumkin  bo’lgan  real  vaziyatdagi  nuqtalar>,  ni  aniqlash  uchun  uni  o’rganishni 
amalga oshiradi. 
Tahliliy prognoz odatda bo’lajak demografik vaziyat parametrlarini 
baholash ko’rinishida ifodalanadi, bu baholash aholi ko’payishi holatining 
o’zgarmasligi  yoki  uning  qandaydir  o’zgarishi  haqidagi  taxmin  asosida 
amalga  oshiriladi.  Tahliliy  prognoz,  odatda,  uzoq  muddatli  hisoblanadi. 
Bunda,  uning  o’zi  haqiqatga  kamroq  yaqin  va  kam  ehtimolli  bo’lgani 
holda  tahliliy  prognoz  aholi  soni  va  tarkibidagi  kelgusi  o’zgarishlarni 


 
148 
go’yoki tasvirlaydi. Shu nuqtai nazardan tahliliy prognoz yuzaga  kelishi 
ehtimolini  aniqlash  uchun  demografik  prognoz  amalga  oshiriladigan 
salbiy oqibatlar va muammoli vaziyatlar paydo bo’lishining oldini olishga 
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va xususan, demografik siyosat maqsadlarini 
belgilashga xizmat qiladi. 
Prognoz 
qilish-ogohlantirish 
tahliliy 
prognozning 
bir 
turi 
hisoblanadi.  Prognoz  qilish-ogohlantirishning  maqsadi  yuzaga  kelgan 
demografik  vaziyatning  noqulay  yoki  xavfli  oqibatlarini  ko’rsatib 
berishdan  iborat.  T.R.Maltusning  ayanchli  nufus  qonuni  eng  mashhur 
demografik  prognoz  qilish-ogohlantirishlardan biri hisoblanadi. O’zining 
aholi  geometrik  progressiyada  (ya’ni,  eksponenstial),  hayot  kechirish 
vositalari esa arifmetik progressiyada (ya’ni, chiziqli) o’sishi to’g’risidagi 
g’oyasini  olg’a  surgan  holda,  Maltus,  uning  fikriga  ko’ra,  aholining  tez 
sur’atlar  bilan  o’sishi  va  shu  sababli  hosil  bo’ladigan aholining  ortiqcha 
ko’payib  ketishi  keltirib  chiqarishi  mumkin  bo’lgan  ayanchli  oqibatlar 
(qashshoqlik,  epidemiya,  tartibsizlik,  urush  va  h.k.)ni  tasvirladi. 
Maltusian  an’analari  ruhida  ijro  etilgan  zamonaviy  prognoz  qilish-
ogohlantirishlardan Rim kulubining  prognozlari  mashhur bo’lib, ular o’z 
mualliflarining  fikriga  ko’ra,  aholi  sonining  o’sishi,  shuningdek  mineral 
va  energetika  resurslarini  iste’mol  qilish  hajmining  o’sishi  tufayli  kelib 
chiqadigan har xil fojialarga boydir. 
Normativ  prognozning  asosiy  maqsadi—demografik  jarayonlarning 
ayrim  ko’ngilli  holatiga  erishish  uchun  muayyan  tavsiyalarni  ishlab 
chiqishdan  iborat.  Normativ  prognoz  qilishda  demografik  vaziyat  va 
demografik  jarayonlarning  ko’ngilli  holatlari  to’g’risida  qator  fiklar 
bildiriladi:  aholining  istalgan  soni,  tug’ilish,  o’limning    maqbul  darajasi 
va  h.k.  Shundan  keyin  ushbu  ko’ngilli  yoki  normativ,  maqsadli 
parametrlarga  erishish  uchun  ko’rilishi  lozim  bo’lgan  choralar 
belgilanadi. 
Funksional  prognoz  qilish  maqsadi  aholi  to’g’risida  iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy va davlat hamda ijtimoiy boshqaruv faoliyatining boshqa 
sohalarida  zarur  bo’lgan  prognoz  axborotini  olishdan  iborat.  Funksional 
prognoz  qilish  –  bu  u  yoki  bu  tashkilotlar,  firmalar,  korporastiyalar, 
davlat organlari, o’quv muassasalarining muayyan amaliy  maqsadlari va 
vazifalariga xizmat qiluvchi prognoz. U, ijtimoiy tilda aytganda, ijtimoiy 
institutlar,  tashkilotlar  va  boshqa  ijtimoiy  tuzilmalarning  faoliyat 
ko’rsatishini  ta’minlovchi  aholi  guruhlari,  oilalar  va  uy  xo’jaliklarining 
bo’lajak soni va tarkibini o’zida namoyon etadi. 


 
149 
Funksional  demografik  prognoz  qilish  –  bu  ayrim  o’ziga  xos 
maqsadlar  uchun  bo’lajak  talab  va  taklifni  oldindan  aytib  beruvchi 
teglamalar shakliga keltirilgan aholi yosh-jins tarkibini prognoz qilish. 
Funksional  nuqtai  nazardan,  yuqorida  sanab  o’tilgan  ijtimoiy 
tuzilmalar  faoliyati  bilan  qandaydir  bog’liq  bo’lgan  insonlarni  tovarlar, 
xizmatlar,  boyliklar  ishlab  chiqaruvchi,  ular  uchun  mazkur  ijtimoiy 
tuzilma mavjud bo’lgan va ushbu tovarlar, xizmatlar, boyliklarni iste’mol 
qiluvchi  guruhlarga  bo’lish  mumkin.  O’z  navbatida,  Funksional 
prognozlarning  ikkita  toifasi  ajratiladi:  
yoki  ,  va  prognozlari>, 
Dastlabki holatda gap aholining soni va tarkibi hamda uning alohida 
yosh-jins  guruhlarining  prognozlari  haqida  borayapti  va  ular  go’yoki 
demografik  tizim  faoliyat  ko’rsatishining  natijasi  hisoblanadi:  u  chiqaradi>  va  o’z    ,  shuningdek:  bolalar, 
maktab yoshidagi bolalar, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar, keksalar 
va qariyalar, oilalar va uy xo’jaliklari va h.k.. 
Ikkinchi  holatda,  -  gap  u  yoki  bu  ijtimoiy  guruhlar,  tashkilotlar, 
korporastiyalar  faoliyat  ko’rsatishini  ta’minlash  uchun  zarur  bo’lgan 
aholi,  ijtimoiy  faoliyat  subyektlari,  ijtimoiy  rollar  ijrochilarining  soni  va 
tarkibi  haqida  borayapti.  Aynan  aholi  Funksional  guruhlari  soni  va 
tarkibining  bo’lajak,  prognoz  dinamikasi  sanab  o’tilgan  ijtimoiy 
tuzilmalar  faoliyatining  yaqin  va  uzoq  istiqbolga  mo’ljallangan  
strategiyasi  va  taktikasi  haqida  qaror  qabul  qiluvchi  shaxslar  bevosita 
manfaatlarining predmeti hisoblanadi. 
Quyidagilar Funksional prognozlarga misollar bo’la oladi: 
-  tovarlar  yoki  xizmatlarning  u  yoki  bu  turlariga  bo’lgan  talabni 
prognoz  qilish.  Masalan,  tug’ilishning  prognoz  tendenstiyalarini  hisobga 
oluvchi  bolalar  tovarlariga  bo’lgan  iste’mol  talabining  bo’lajak 
dinamikasini  baholash.  Yoki  aholining  keksayishini  hisobga  oluvchi 
keksalar  va  qariyalar  uchun  kundalik  ishlatiladigan  tovarlarni  prognoz 
qilish; 
-  elektoral  prognoz.  Kelajak  uchun  saylovchilar  soni  va  tarkibini 
aniqlash,  u  yoki  bu  partiya  saylovlarida  g’olib  chiqish  istiqbollarini 
baholash va h.k.; 
-  ta’lim  tizimining  turli  bosqichlarida  o’quvchilarning  soni  va 
tarkibini  prognoz  qilish.  Shu  asosda,  o’qituvchilar  talab  etilayotgan  soni 
va  ta’lim  jarayonining  moddiy  bazasi  baholanadi.  Aholining  ta’lim 
darajasini prognoz qilish; 


 
150 
-  bandlar  sonini  va  tarkibini  prognoz  qilish.  Ularning  kasb-malaka 
va boshqa tarkibini baholash. Ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarishning 
ehtimoliy hajmini prognoz qilish; 
- aholining soni va jins-yosh tarkibi, kasallanish dinamikasi asosida 
sog’liqni  saqlash  ehtiyojlarini  prognoz  qilish.  Tibbiyot  xodimlarining 
(mutaxassisliklar  va  malaka  darajasi  bo’yicha)  talab  etiladigan  sonini, 
shuningdek sog’liqni saqlashning zarur moddiy bazasini aniqlash; 
-  pensionerlar  va  boshqa  ijtimoiy  xizmatlar  mijozlari  sonining 
dinamikasini prognoz qilish; 
-    qurolli  kuchlar  safiga  jalb  etilishi  mumkin  bo’lgan  shaxslarning 
soni va tarkibini aniqlash. 
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish