12.2. Indikativ reja tuzishda iqtisodiy organlarning Funksional
hamkorligi
Zarur natijalarga erishishda o’rta muddatli indikativ rejani
tayyorlashning to’g’ri tashkil etilishi zaruriy ahamiyatga ega va har xil
166
vazirlik hamda tashkilotlar tomonidan rejani ishlab chiqishda xarajatlar
kamayishiga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Makroiqtisodiy prognozlarni tayyorlashda Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Markaziy Bank, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, Davlat soliq va Davlat mulki qo’mitalari, Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investistiya va savdo va boshqa vazirlik hamda tashkilotlar,
Qoraqaolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar xokimiyatlari, konsternlar, kompaniyalar, uyushmalar,
hissadorlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar
qatnashadilar.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning indikativ rejalarini ishlab chiqishga
doir ishlarni umumiy muvofiqlashtirish, indikativ rejalarni ishlab
chiqishda iqtisodiy organlarning ishlarini o’zaro hamkorligini ta’minlash
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga yuklatiladi.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
indikativ rejasini ishlab chiqish jarayonida iqtisodiy organlarning asosiy
vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi – ijitmoiy-iqtisodiy rivojlanishning indikativ
rejalarini ishlab chiqishga doir hukumat qarorlari bajarilishini nazorat
qilish va reja variantlarini tiklash;
Iqtisodiyot vazirligi – o’rta muddatli istiqbol uchun iqtisodiyotning
real sektori rivojlanishi tahlili va prognozi, ular quyidagilarni o’z ichiga
oladi:
-
iqtisodiyotning resurs va ishlab chiqarish salohiyatini baholash va
rivojlanishi istiqbollari;
-
jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi tendenstiyalar;
-
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlaridagi iqtisodiy o’sish va ichki
talab rivojlanishini baholash;
-
inflyastiya darajasi va antiinflyastiya siyosatining ko’rsatkichlari;
-
tashqi talab rivojlanishini va tashqi iqtisodiy faoliyatni baholash.
Markaziy Bank – asosiy pul-kredit agregatlari va pul-kredit siyosatini
asosiy yo’nalishlari bo’yicha tahliliy va prognoz hujjatlarini, bank tizimi
aktiv va passiv balans ko’rsatkichlarini, monetarizastiya darajasini
tayyorlaydi.
Moliya vazirligi – Davlat byudjetining daromad va xarajatlari va
byudjet-soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari: byudjetning daromad va
xarajat ko’rsatkichlari, davlatning tashqi qarzi, byudjet defistiti va uni
moliyalashtirish bo’yicha tahliliy va prognoz hujjatlarini tayyorlashni
amalga oshiradi.
167
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi – demografik
rivojlanish, mehnat resurslari, bandlik, ijtimoiy rivojlanish ko’rsatkichlari
va ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari: aholi soni va mehnat
resurslari, bandlik darajasi, turmush darajasi bo’yicha tahliliy va prognoz
hujjatlarini tayyorlashni amalga oshiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, Viloyatlar va
Toshkent shahar xokimiyatlari – viloyatlar va Toshkent shahrining
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari, mahalliy byudjetning
shakllanishi va byudjetdan moliyalashtirishga talabnomalar prognozini
amalga oshiradilar.
Ijtimoiy soha vazirliklari hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar –
rivojlanishning mos yo’nalishlari bo’yicha tahliliy va prognoz hujjatlarini
tayyorlashni amalga oshiradi.
Konsternlar, kompaniyalar, uyushmalar, xissadorlik jamiyatlari va
boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar – rejalashtirayotgan davr uchun
ishlab chiqarish-xo’jalik yuritish va korxonaning moliyaviy faoliyati
rivojlanishiga oid tahliliy va prognoz hujjatlarini tayyorlashni amalga
oshiradi.
Tashkilotlararo ishchi guruh – o’rta muddatli rejani ishlab chiqishda
iqtisodiy organlar o’rtasida muvofiqlashtiruvchi bo’g’in sifatida faoliyat
yuritadi.
Iqtisodiy organlarning rahbarlari va mutaxassislaridan tashkil etilgan
tashkilotlararo
ishchi
guruhning
vazifalari
birinchi
navbatda
quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lishi kerak:
-
makroiqtisodiy jarayonlarni tahlili va prognozida iqtisodiy organlar
hamkorligini tashkil etish;
-
aniq umumiy yo’nalishlarni va samarali siyosatni ishlab chiqish
maqsadlarini aniqlash;
-
prognozlar sifatida va balansini, quyilgan maqsadlarning mavjud
moddiy-moliyaviy resurslar hajmiga mosligini ta’minlash;
-
iqtisodiy o’sishga ichki va tashqi omillarning ta’sirini hamda
makroiqtiosdiy siyosat vositalari o’zgarishini hisobga olgan holda
bashoratning bir necha variantlarini ishlab chiqish.
Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayat – ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning indikativ rejasi variantlarini muhokama qilish va mazkur
masala yuzasidan xukumatga takliflar tayyorlash.
O’rta muddatli istiqbolga makroiqtisodiy prognozlarni tayyorlashga
tashkiliy-uslubiy yondashuvlar.
1. Makro-prognozlarni tashkil etish.
168
Makroiqtisodiy prognozlarning tashkiliy bloklari ijitmoiy-iqtisodiy
rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqishning tarkibiy qismi
bo’lgan makroiqtisodiy prognoz iqtisodiy tuzilmalarni indikativ rejaning
maqsadli vazifalarini bajarishga yo’naltirishni amalga oshiradi.
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozini ishlab chiqishdagi asosiy
talablar bo’lib qo’yilgan maqsadlarga erishishda iqtisodiyot tarmoqlari va
sektorlari rivojlanishiga yo’naltiruvchi makro ko’rsatkichlarning
balanslashuvining yuqori darajasiga erishish hisoblanadi.
Makroiqtisodiy prognozlar to’rtta asosiy blok bo’yicha ishlab
chiqiladi:
-
real sektor bloki;
-
to’lov balansi bloki;
-
davlat byudjeti bloki;
-
pul-kredit sektori bloki.
Real sektor bloki ko’rsatkichlari prognozi. Resurslar, mahsulotlar va
xizmatlar bozorini kompleks tahlilini nazarda tutadi, Bular:
-
demografik holat va mehnat resurslari tahlil va prognozi;
-
iqtisodiyotning resurs va ishlab chiqarish salohiyatni, to’plangan
milliy boylikni tahlili va prognozi;
-
iqtisodiyotda ichki talab ko’rsatkichlari tahlili va prognozi;
-
tabiiy resurslarning mavjud zaxiralari va ko’rsatilgan omillar
o’zgarishini istiqbollari tahlili va prognozi;
-
ijtimoiy rivojlanish darajasi tahlili va prognozi.
To’lov balansining prognozi quyidagi asosiy yo’nalishlarda tahliliy
va prognoz ishlarini amalga oshirishni nazarda tutadi:
-
mahsulot eksport va importi tahlili va prognozi;
-
omilli va noomilli xizmatlar ko’rsatish tahlili va prognozi;
-
kapital harakati tahlili va prognozi;
-
to’lov balansi defistitini moliyalashtirish tahlili va prognozi;
Davlat byudjeti prognozi quyidagilarni nazarda tutadi:
-
byudjetning soliq va nosoliq daromadlari tahlili va prognozi;
-
byudjetning joriy va kapital xarajatlari tahlili va prognozi;
-
davlatning ichki va tashqi qarzlariga xarajatlari tahlili va prognozi;
-
byudjet defistiti va uni moliyalashtirish tahlili va prognozi;
Pul-kredit sohasi prognozi quyidagilarni nazarda tutadi:
-
bank tizimini aktiv va passivlari balansi ko’rsatkichlari tahlili va
prognozi;
-
pul hajmi ko’rsatkichlari tahlili va prognozi;
-
monetarizastiya darajasi tahlili va prognozi;
169
Agar Iqtisodiyot vazirligi tomonidan dastur loyihalarini ishlab
chiqishning umumiy mexanizmi va rivojlanishi yangicha bo’lmasa
(ammo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qisqa muddatli prognozlarini
ishlab chiqishda faol foydalaniladi), tashkilotlararo iqtisodiy Kengashning
vakolati va faoliyati ancha aniq belgilangan bo’lishi shart. Tashkilotlararo
iqtisodiy kengash xususiy biznes va tadbirkolrlik tuzilmalarini jalb
qilishni alohida e’tiborga olgan holda iqtisodiyotning barcha manfaatdor
sektorlarini indikativ rijelashtirish jarayoniga jalb etish uchun tashkil
etilishi kerak deb, qaraladi.
Bular Kengash tomonidan ikkita asosiy vazifalarni bajarish uchun
muhim:
Birinchidan
,
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli darajada
ta’sir ko’rsatayotgan “iqtisodiyot o’yinchilari”, yoki ularning vakillarini
fikrini hisobga olish keng jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqilgan
indikativ reja, direktiv rejalarni tuzishning usuliga xos bo’lgan xatolardan
holi bo’lishi mumkin.
Ikkinchidan, “iqtisodiyot o’yinchilari” hukumatning strategik rejalari
va iqtisodiyot rivojlanishining (ilmiy texnik taraqqiyot, demografiya)
prognozi haqida keng axborot berishi mumkin. Bu biznes va aholini
hisobga olgan holda iqtisodiyotning barcha sektorlariga yangi sharoitlarga
tezroq moslashishga va o’z faoliyatini optimallashtirishga olib keladi.
Misol uchun, Yaponiyada rejalashtirish amaliyoti ko’p yapon
kompaniyalari (asosan yirik) umumdavlat rejasini amalga oshirilishiga
yordam ko’rsatdilar va o’z faoliyatini uning ko’rsatkichlari hamda
yo’nalishlaridan kelib chiqib rejalashtirdilar.
Tashkilotlararo iqtisodiy Kengashning yuqorida keltirilgan ikkala
vazifasi ham iqtisodiy nuqtai nazardan, ham mamlakatda fuqarolik
jamiyat qurishda ahamiyatli.
O’zbekistonning murakkab hududiy-ma’muriy bo’linishini hisobga
olgan holda umumdavlat indikativ rejalarini ishlab chiqish bilan bir
vaqtda har bir hududning iqtisodiy rivojlanishining indikativ rejalarini
ishlab borish juda ahamiyatli hisoblanadi (bunday tajriba Yaponiya,
Malayziya, Rossiya va boshqa davlatlarda qo’llaniladi). Bu jarayonni
institustional ravishda xokim huzuridagi iqtisodiy kengash, shuningdek
Iqtisodiyot vazirligining hududiy organlari boshqa hududiy iqtisodiy
organlari va tadbirkorlik sektori bilan hamkorlikda ta’minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |