О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ
TA’LIMI KAFEDRASI
ОРИПОВ ҲАБИБУЛЛАning
―5111600 – Milliy g‗oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta ‘limi‖
yо‗nalishi bо‗yicha bakalavr darajasini olish uchun
“ Ҳanafiylik mazhabiда huquqiy qarashlar” mavzusida yozgan
Ilmiy rahbar:
о‗q. F.Mallayeva.
―Himoyaga tavsiya etildi‖
Tarix fakulteti dekani
____________dots. A.Xasanov.
―____‖___________2014 yil
Qarshi - 2014
2
M U N D A R I J A:
Kirish……………………………………………………………………......3
1. Hanafiylik mazhabida huquqiy qarashlar
1.1.Hanafiylik mazhabi shakllanishining asosiy sabablari, islom dini
e‘tiqodidagi o‘rni……………......……........................................ ...5
1.2.Burxoniddin Marg‘inoniyning fiqh ilmi rivojiga qo‘shgan
hissasi......................... .............................................. .................. .19
1.3. Islomiy huquqiy qadri yatlar va ularning mustaqillik j arayonidagi
o‘rni. …………………………………………………………………… ….29
2. Mustaqillik va islom diniy qadri yatlarning zamon talablari
darajasida rivojlantirishi.
2.1.Markaziy Osiyo tasavvuf shunosligi va huquq qarashlar.............34
2.2.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi yasida mustaqillik,
demokrativ va inson huquqlari uyg‘unligi…………………………… ..45
Xulosa……………………………………………………………………...56
Tavsiylar………………………………………………………………….. .58
Adabiyotlar ro`yxati……………………………………………………. ..59
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohatlar ichida ma‘naviy о‗yg‗onish juda muhim
ahamiyatga ega. ―… Har qaysi insonning Olloh marhamat qilgan bu
hayotda
to`g`ri
yo`l
tashlashi,
umrning
mazmunini
anglashi
avvalambor yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta‘sirini
boshqa hech qanday kuch bilan qi yoslab bo`lmaydi‖
1
deb bu din
haqida haqli ta‘kidlaydi Respublikamiz prezidenti I.Karimov.
Mustaqillik jara yonida din tafakkuriga uch omil (diniy, ruhiy,
moddiy) qo`shilgan bir paytda islom diniga, uning mazhablariga,
jumladan xanafiylik mazhabining islom mamlakatlari olamida tutgan
o‗rnini to‗g‗ri va obektiv o‗rganish, mustaqillik jarayonida din
tafakkuriga qo‗shgan taraqqiyot bosqichida islomni turli g‗ayri
islomiy qarashlar va qo‗shimchalardan xoli etib Movaro unnahrda
hanafiylik mazhabi va huquqiy qara shlarini o‗rganish malakaviy
ishning dolzarbligini ta shkil etadi.
Mavzuning о‘rganilganlik darajasi: Tanlangan mavzu dolzarbligi va
keng qamrovligi tufayli Ma‘naviyat va madaniyat, Huquq, faylasuflar
tarixchilar, va boshqa soha xodimlari e‘tiborini о‗ziga jalb etib
kelgan.Hanafiylik mazhabida huquqiy qarashlar ilmiy tahlil etish
ishning maqsadini tashkil etadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib,
quyidagi vazifalarni bajardik: Markaziy Osiy fiqhlari qarashlari,
Burxoniddin Marg‘inoniyning fiqh ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi, va
o`rganish; Yassaviya va KubraviY. Bahouddin Naqshband va tasavvufning
kamoli. Sufiylik yо‗lini ixtiyor etganlarning ma‘naviy kamolot bosqichlari:
Shariat,
Tariqat,
Ma‘rifat, Haqiqat. Nafs tarbiyasi va Riyozat
ma‘rifati.О‗zbekistonda ma‘nviyat va madaniyat sohasi doir qator
1
Karimov.I.A “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T.: 2008. 35 b.
4
monografiya, risola va maqolalar e‘lon qilingan
2
. Abduhamedov A.E.
Dinlar tarixi. Azimov.A Is lom va hozirgi zamon. Al-Buxoriy, Bu yug
siymolar, allomalar: O`rta Osi yolik mashhur donishmandlar.
Qо‗yida nomlari zikr etilgan asarlarda Hanafiylik mazhabida
huquqiy qarashlar doir kо‗plab qimmatli fikrlar bildiriladi.
Imomnazarov Muhammad Sultanovich Hanafiylik mazhabida huquqiy
qarashlar doir о‗z fikr-mulohazalarini bayon qildilar. О‗rganilayotgan
mavzuga bevosita aloqador asarlar ham bо‗lib. Biroq bu asarlar
faylasuf olimlar tomonidan yoritilgan va ularda yaratilgan asarlarga
bir tomonlama baho berilgan.
Hozirgi kunga qadar Hanafiylik mazhabida huquqiy qarashlar
mavzusi tadqiqot obekti sifatida olinmagan. alohida tadqiqot obekti
qilib tanlashimizga imkon berdi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari: Mavjud asarlar va
matbuot materiallariga tayangan xolda Hanafiylik mazhabida huquqiy
qarashlar doir natijalarini tahlil qilish.
Maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
hanafiylik mazhabi va huquqiy qara shlarini ilmiy tahlil etish .
Movarounnahrda islomning hanafiylik mazhabi shakllanishining
asosiy sabablari, uning islom dini e‘tiqodidagi o‘rnini o`rganish;
2
A b d u h a m e d o v A . E . D i n l a r t a r i x i . T . : O ` z M U , 2 0 0 4 . - 2 0 8 b .
3 . A z i m o v . A I s l o m v a h o z i r g i z a m o n . - T . : 1 9 9 2 .
4 . A l - B u x o r i y , A b u A b d u l l o h M u x a m m e d i b n I s m o i l A l - J o m e a s - s a h i h ( i s h o n c h l i t o ` p l a m ) , 4 j i l d l i k T . :
Q o m u s l a r b o s h t a h r i r i y a t i , 1 9 9 1 - 1 9 9 9 .
5 . A t - T e r m i z i y . S a h i h a t - T e r m i z i y . A . A b d u l l a t a r j i m a s i . T . : F . G u l o m i s l o m i d a g i A d a b i y o t v a s a n ` a t
n a s h r i y o t i , 1 9 9 3 . 1 6 0 b .
6 . A h m a d Y a s s a v i y H i k m a t l a r i . T . : G ` o f u r G ` u l o m n o m i d a g i a d a b i y o t v a s a n ` a t n a s h r i y o t i , 1 9 9 1 . - 2 5 6 b .
7 . B e r u n i y A b u R a y h o n . Q a d i m g i x a l q l a r d a n q o l g a n y o d g o r l i k l a r . B e r u n i y A R . T a n l a n g a n a s a r l a r . 1 t o m . T . :
1 9 6 8 .
8 . B u y u g s i y m o l a r , a l l o m a l a r : O ` r t a O s i y o l i k m a s h h u r m u t a f a y u x i r l a r v a d o n i s h m a n d l a r . K . 1 . T . :
" O ` z b e k i s t o n " , 1 9 9 5 . - 1 0 1 b .
9 . D i n i y e k s t r e m i z m v a t e r r o r i z m g a q a r s h i k u r a s h n i n g m a ` n a v i y - m a ` r i f i y a s o s l a r i . " T o s h k e n t I s l o m
u n i v e r s i t e t i " n a s h r i y o t i - m a t b a a b i r l a s h m a s i . T . : 2 0 0 5 .
1 0 . Im o m a l - B u x o r i y . A l , - A d a b a l - m u f r a d . T . : " O ` z b e k i s t o n " , 1 9 9 0 .
1 1 . I s x o q o v M . M . X a l d a h o s i n i n g q a d i m g i i l d i z l a r i v a i l k k u r t a k l a r i ( Z a r d u s h t i y l i k , Z a r d u s h t v a A v e s t o
h a q i d a ) . " Ti l v a a d a b i y o t t a ‘ l i m i " j u r n a li , 2 - s o n , 1 9 9 2 .
1 2 . K o m i l o v N . T a s a v v u f y o k i k o m i l i n s o n a h l o q i 1 - k i t o b . T . : Y o z u v c h i , 1 9 9 6 . - 2 7 2 b .
1 3 . M a x m u d , S h a y x I s m o i l . T o s h k e n t d a g i U s m o n m u s x a f i y n i n g t a r i x i . T . : 1 9 9 5 .
5
Markaziy Osiyо fiqhlari qarashlari, Burxoniddin Marg‘inoniyning
fiqh ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi aniqlash va o`rganish;
Islomiy huquqiy qadriyatlar va ularning mustaqillik jara yonidagi
o‘rni va ahamiyatini ko`rsatib berish;
Markaziy Osiyo tasavvufshunosligi davrida inson va huquq
munosabatlarini ko`rsatib berish;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qadriyatlarning zamon
talablari darajasida rivojlantiriili shini, demokratik va inson huquqlari
uyg‘unligini o`rganish.
Tadqiqot obekti. Hanafiylik mazhabi va huquqiy qarashlarini ilmiy
tahlil jihatlari tadqiqotning obekti hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti. Hozirgi zamon sharoitida siyosiy,
axloq, huquq va din o‗rtasidagi munosabatlardagi ziddi yatlar huquqiy
muhofaza qilish zarurati va O`zbekistonning siyosiy yetakchilik
to‗g‗risidagi qarashlar madaniyatni tartibga solishda huquqiy
madaniyatni rivojlantirishda ta‘lim tarbiya ishning predmetini tashkil
qiladi.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy-metodologik asoslari:
Ishning muhim nazariy-metodologik asoslarini О‗zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari, Prezident I.A. Karimovning mavzuga
taaluqli asarlari, nutqlarida ta‘kidlangan yangi nazariya, qarashlari
tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda umumilmiy
metodlar,
ya‘ni analiz va sintez, induksiya va deduksiya,
tizimlashtirish, noaniqlikdan aniqlik tomon borish kabi metodlar bilan
birga kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ish
uchun mavzuga aloqador asarlar va matbuot materiallari manba
bо‗lib xizmat qildi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati:
Ishning ilmiy yangiligi yangi adabiyotlar va matbuot
materiallariga tayangan holda yangi nazariy metodologiya asosida
6
Hanafiylik mazhabida huquqiy qarashlar о‗ziga xos xususiyatlari,
muammo va yutuqlarini ilmiy asosda tahlil etishda kо‗rinadi.
-
Shuningdek,
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida
qadriyatlarning
zamon
talablari
darajasida
rivojlantiriili shini,
demokratik va inson huquqlari uyg‘unligini o`rganish . va seminar
mashg‗ulotlarida foydalanish mumkin.
Ishning aprobatsiyasi. Ushbu mavzu Qarshi Davlat universiteti
Milliy g‗oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi kafedrasi qoshi‖
Milliy g‗oya targ‗ibotchilari‖ to`garagida ma`ruza qilindi va kafedra
yig`ilishlarida muhokama qil inib, himo yaga tavsiya etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: kirish, 2 ta bob, 5 – ta
paragraf, xulosa va foydalanilgan manba va adabiyotlar rо‗yxatidan
iborat.
1. Hanafiylik mazhabiда huquqiy qarashlar .
1.1. Hanafiylik mazhabi shakllanishining asosiy sabablari, islom
dini e‟tiqodidagi o‟rni.
Payg‗ambarimiz (S.A.V.) davridan Tavhid e‟tiqodi asosidagi
insoniy birodarlik jamoasi - “umma” tushunchasi shakllana boshlagan
bо‗lsa, VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlaridan (750 yil - Abu
Muslim qо‗zg‗oloni va Abbosiylarning hokimiyatga kelishi, 813 yilda
Ma‘munning xalifalik taxtiga о‗tirishi natijasida) mintaqaning uch
buyuk xalqi - arab, fors va turkiy elatlar aro siyosiy qudratda о‗ziga
xos muvozanat holati vujudga keldi, ya‘ni Islomning asl g‗oyasi -
musulmon ummatining tengligi amalda joriy bо‗lishiga voqe‘ imkon
tug‗ildi.
Turli islomiy mazhablar (xanafiya, shofe‘iya, molikiya, xanbaliya,
ja‘fariya), ya‘ni islom e‘tiqodiga oid qarashlar va amallarning ba‘zi
farqlarga ega bо‗lgan besh yо‗nalishi shakllandi, va bora-bora ular
orasida bir-birini inkor etmaslik va о‗zaro hurmat munosabatlari
о‗rnatildi. Bunday turli talqinlar aro о„zaro murosa holati oxir
7
natijada e‘tiqod masalalarida taassub (fanatizm) va bir yoqlama
aqidaparastlik xavfining oldini olishga asos bо‗ldi.
Musulmon huquqi - shariat va fiqh asoslarini shakllantirish
boshlandi. Imom A‘zam - Abu Hanifa an-Nu‘mon bin Sobit (699-767)
va uning yaqin shogirdlari Imom Abu Yusuf Ansoriy (731-804) va
Imomi Muhammad ash-Shaybon (749-805) bu sohada asoschi
bо‗ldilar.
Hanafiya Imom A‘zam mazhabi bunga Abu Hani fa tahallusi
Imomi A‘zam – Buyuk imom asos solgan eng yirik huquqshunoslardan
biri bo`lib, shariat huquqini tartibga solgan, qi yosni tadbiq etgan
istixsom tartib usulini i shlab chiqqan mahalliyxalq huquq qoidalarini
odatni
shariat
bilan
keltirib,
qo`llani shni
joriy
etgan
huqqushunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan.
Hanafiylar mahalliy zodagon va hukumdorlar qabul qilgan nizom va
qonunlar mahalliy urf-odatlarga tayangan odatiy an‘analar hamda
mahalliy elatlarning urf -odati asosida kelib chiqqan odat maqomiga
keng tayanishlari islomning ko`chmanchilari orasida ham tez
tarqalishga olib kelgan.
Abu Hanifa savdo ishi bilan shug‗ullanuvchi bir oilada
tug‗ilib, yoshlik davrida ipak matolar savdosi bilan hayot kechirgan,
ayni holda ilmu ma‘rifat va islom ta‘limotini о‗zlashtirish uni
qiziqtirgan. Bir kuni о‗sha davrning mashhur olimlaridan biri Sha‘biy
ilm о‗rganish maqsadida olimlar majlislariga kо‗proq qatna shishni
tavsiya qilib unga «Men senda bir uyg‗oqlik va harakatni kо‗raman»,
degan
1
. Uning о‗giti Abu Hanifaga chuqur ta‘sir qilib, uni ilmu
ma‘rifat tomonga yо‗llaydi, bozorga kamroq borsa ham, ota kasbi
bо‗lmish tijoratni butunlay tark etmaydi.
Birinchi bosqichda Abu Hanifa kalom ilmi bо‗yi cha yuksak
malakaga ega bо‗lgan bо‗lsa ham, erishilgan muvaffaqiyatlar uni
qoniqtirmagan. U fiqh, ya‘ni huquqshunoslik ilmi va unga tegishli
8
bо‗lgan fanlarni о‗zlashtirish orqali odamlarga keng kо‗lamda xizmat
qilish va ularning ha yotiy muammolarini hal etib beri shga erishish
imkonini ustun qо‗ygan. U kalom ilmi bо‗yicha «al-Fiqhul-akbar»,
«ar-Risalotu ilo Usmonil-Bustiy» (Abu Hanifadan Muqotil rivoyati
asosida) va «Ar-raddu alal-qadariya» kabi risolalar yozgan bо‗lsa ham,
о‗z shogirdlari va о‗g‗illarini ushbu yо‗lga о‗tishdan qaytargan.
Abu Hanifa fiqh ilmi ni kimdan о‗rgangani haqida «Men ilm va
fiqh koni bо‗lgan joyda yashab, uning ahli bilan uchrashib, faqihlar
jumlasidan birini tanlab oldim», degan.
Abu Hanifa fiqh ilmini о‗zla shtirish maqsadida о‗sha
davrning yirik olimi bо‗lmish Hammod Ibn Sulaymonni t anlab olib,
uning dare halqasiga о‗tirgan.
Manbalarda
rivoyat
qilinishicha
Abu
Hanifa
yoshlik
chog‗larida shialar imomi Muhammad Boqir bilan u chrashganda, u
bildirgan e‘tirozlarni qat‘iy va inkor etib bо‗lmaydigan dalillar bilan
rad qilib imomni qoyil qold irgan va о‗ziga nisbatan chuqur ehtiromini
jalb qilgan.
Bulardan tashqari, Abu Hanifa boshqa turli shialik yо‗nalish-
lari, jumladan kaysoniya, zaydiya, ismoiliya va bo shqalar bilan
muloqotda bо‗lgan. Xorijiylar vakillari bilan juda kо‗p munozaralar
olib borgan. Kо‗p yillar Makkada yashash unga sahobalarning eng
yirik olimlaridan biri bо‗lmish Ibn Abbos shogirdlaridan Qur‘on
fiqhini о‗rganish uchun imkon yaratib berdi. Ibn Abbosning
shogirdlari Makkada yashaganlar.
Kufa shahrida Abu Hanifa bilan zamondosh bо ‗lib yashagan
mashhur faqihlardan quyidagilar manbalarda zikr ztilgan: 1. Sо‗fya
ibn Sayd as-Savriy (97-161 h.y.) hadis ilmining ma shhur imomlaridan
biri va atoqli mujtahid bо‗lgan; 2. Sharik ibn Abdullo an-Naxa‘iy, 95-
yil Buxoroda tug‗ilib, 177-y Kufada vafot etgan. U fiqh ilmi bо‗yicha
katta salohiyat va ilmiy maqomga ega bо‗lib, Kufa shahrida kamoli
9
adolat bilan qozilik vazifasini bajargan 3. Ibn Abi Laylo Muhammad
Ibn Abdurrahmon Ibn Abi Laylo (74 -h.) ray tarafdorlaridan bо‗lib,
faqih va muftiy bо‗lgani uchun Kufa qozisi qilib tayinlangan. Ushbu
zamondoshlar bilan Abu Hanifa munosabati qiziqarli bо‗lgan.
Abu Hanifa turli si yosiy va ijtimoiy hodisalarga tо‗la bо‗lgan
ikki davr - Umaviylar va Abbosiylar davrlarida yashab, ilmiy faoliyat
olib borgan va davl at hokimiyati birinchi suloladan ikkinchi sulolaga
о‗tishining guvohi bо‗lgan. U siyosiy tomondan Umaviylar (Ali
avlodlari va ularning homiylari) tarafdori bо‗lgan bо‗lsa ham, tin chlik
va xalq manfaatini kо‗zlab hech qachon qurol kо‗tarib kurashlarda
qatnashmagan.
121 hijriy yili Zayd Ibn Ali Zaynul -Obidin,
3
Umaviylar
xalifasi Hoshim Ibn Abdulmalikka qar shi xuruj qilganda Abu Hanifa
uning harakatiga qо‗shilmagan bо‗lsa ham Ibn al-Bazzoziy «al-
Manoqib» kitobida yozishicha, Zayd Ibn Aliga о‗n ming dirham pul
yuborib, о‗z elchisiga «Mening uzrimni unga borib aytgin», degan.
Ummaviylar vakili Marvon ibn Muhammad tomonidan Iroq vo
risi qilib tayinlangan Yazid Ibn Hubayra Abu Hanifaga murojaat qilib,
unga qozilik vazifasini taklif qilgan, ljin Abu Hanifa uni qabul
qilishdan bosh tortgani u chun uni о‗n kungacha har kuni о‗n qamchi
urib jazolagan, lekin Imom bu taklifni qabul qilmagani sababli uni
qо‗yib yuborgan. Xuzariybek ushbu hodisaga siyosiy tus berib bunday
deb yozadi: «Menimcha, Abu Hanifaga qozilik vazifasin i taklif
etishdan maqsad davlatga nisbatan uning i shonchi va dо‗stligini
aniqlab olish bо‗lgan. Aftidan, olimlar о‗sha davrda ularga yoqmagan
davlatda ishlashni yoqtirmaganlar va uni о‗sha davlatni qо‗llab-
quvvatlash deb bilganlar. Shuning uchun Hubayra Abu Hanifaning
3
3
A b d u h a m e d o v A . E . D i n l a r t a r i x i . T . : O ` z M U , 2 0 0 4 . - 2 0 8 b .
3 . A z i m o v . A I s l o m v a h o z i r g i z a m o n . - T . : 1 9 9 2 . 1 0 8 - б
10
taklif etilgan vazifani bajari shdan bosh tortganini Bani Umay yaga
(Umaviylarga) qarshilik deb uni urgandir»
2
. Biz ham ushbu fikrga
qо‗shilamiz. Nafaqat Ummaviylar davrida, balki Abbosiylar davrida
ham imomning savalani shi uchun asosiy sabab si yosiy omil bо‗lgan.
Abbosiy
xalifalari
si yosiy
tomondan
Abu
Hanifani
yoqtirmasalar ham, uning mazhabi va huquqiy ta‘limotlariga katta
zarurat sezganlar. Chunki ahli hadis mazhablariga nisbatan Hanafiy
mazhabi о‗zining keng dunyoqarashi, ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni
hal etishda keng qamrovli imkoni yatlari bilan, davlat u chun juda kup
qulayliklar yaratib, zamon talablariga, voqelikka muvofiq ravi shda
javob berishga qodir bо‗lgan. Lekin shunga qaramasdan, uning
muxoliflari ham saroyda, ham bo shqa joylarda mavjud bо‗lib, о‗rni
kelganda unga qarshi ig‗vo tarqatganlar.
Turli manbalarda bir qator asarlar Abu Hanifa qalamiga nisbat
berilgan.
Ulardan
«al-Fiqqul-akbar»,
«al-Olim
val-mutallim»,
«Kadariyaga raddiya», «Usmon Busgayga yozgan risolasi» va
Dehxudo unta nisbat bergan «al-Ilmu bahran, sharqan va g‗arban,
bu‘dan va qurban» nomli kitobni eslagash mumkin. Kotib Chalabiy «al
Fiqxul-akbar» ustidan sharh yozgan mashhur olimlardan yetti kishini
eslatib о‗tgan. Ushbu risola ustidan Imom Abu Mansur Moturidiy
sharh yozib, undagi asosiy qoidalarni о‗z kalam mazhabi u chun asos
qilib olgan.
Abu Hanifa qalamiga mansub bir muhim asarning qо‗l yozma
nusxasi «al-Musnad» nomi bilan О‗zbekiston Fanlar akademiyasining
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qо‗l yozmalar
fondida R.4815 raqami ostida saqlanmoqda, Nusxaning oxirida:
«Imomi A‘zam Abu Hanifaning «Musnad» nomli kitobi 870 yil
ramazon oyining 29-kuni kо‗chirib tugatildi», deb yozilgan Kitob 270
varaq (540 bet)da suls yozuvida yozilgan bо‗lib, kitobning ismi
kо‗rsatilmagan. Boshidan 113 varag‗i yо‗q. «Musnad» 40 bobni о‗z
11
ichiga oladi. Boblarda Abu Hanifadan rivo yat qilingan hadislar
isnodlari bilan mufassal shaklda beriladi.
Ba‘zi bir mualliflar Abu Hanifani murjiadan deb hisoblagan.
Murjiiylar bu dunyodagi inson holatini muhokama qili shi (irjo) qilib,
(orqaga surib), insonning hatti -harakatini, uning iymonini yolg‗iz
Allohning о‗zigina biladi va faqat uning о‗zi inson ustidan hukm
qiladi deb hisoblaydilar. Ulardan ayrimlarining fikri cha, iymon faqat
kо‗ngil ishonchidan iborat bо‗lgani uchun, mо‗min kishi tili bilan kufr
sо‗zlarini
aytib, sanamlarga hurmat k о‗rsatib, yahudiylar va
nasroniylarga
yaqinlashsa,
hatto
xeshi
maqtash
bilan
taslis
(uchtalik)ga moyillik k о‗rsatsa ham, yo`qsa mо‗min bо‗lgan holda
jannat ahlidan hisoblanadi.
Ibn Hajar Makkiy о‗zining «al-Xayrotul-hioon» nomli asarida
quyidagicha fikr bildirgan: bir guruh ki shilar Abu Hanifani
murjiiylardan deb hisoblaganlar, lekin bu s о‗zning isboti yо‗q, sababi:
birinchidan, «al-Mavoqif» kitobining sharhlovchisi G‗asson al-Murjiiy
«irjo» (orqaga tashlash) aqidasini Abu Hanifa nomidan naqya qilib,
uni murjiylardan deb kelgai Bu esa ig`vo va tuhmatdan bo shqa narsa
emas. U, shu yо‗sinda Imomga nisbat berish yо‗lidan о‗z mazhabini
tarqatishga uringan; ikkin chidan, mо‗tazila birinchi bosqichda qazo va
qadar masalasi bо‗yicha о‗zlariga qarshi bо‗lganlarni murjiiy deb
atardilar.
Vahbiy Sulaymon G‗ovjiyning yozishicha, amal iymonning bir
qismi ekanligini rad eti shga asoslangan Abu Hanifa ta‘biri ularga
yaqinroq bо‗lgani uchun Hanafiylar murjiylikka nisbat berilganlar va
bu esa zolimonadir. Imom Abu Hanifa bu borada о‗z aqidasini
о‗zining shogirdi Usmon al-Bustiyga yozgan risolasida bayon etgan.
Usmon unga «Men sizning murjiiylardan ekanligingiz haqida
eshitdim», deb yozganda, Imom unga javoban jumladan bunday deb
yozganlar: «Ammo, sen tutgan murjia nomiga keladigan b о‗lsak, unda
12
adolatga asoslanib s о‗zlab yurgan qavmning qaysi gunohi u chun bid‘at
ahdi ushbu nom (ya‘ni murjia nomi) bilan ataydilar?! Lekin ular ahli
adl va ahli sunnadurlar -ku! Ammo faqat dushman toifa ularni u shbu
ism bilan ataganlar»
Ma‘lumki, Abu Hanifa о‗z iqtidorli shaxsiyagi va chuqur ta‘sir
о‗tkazish qobiliyati bilan birga, fatvo berish va hukm chiqarish,
hadislarni tushunish va ulardan shariat hukmlarini istixroj qilish
(chiqarib olish) bо‗yicha о‗ziga xos yangi uslub yaratgan. Bu uslubni
о‗ttiz yil yoki undan kо‗proq muddat davomida о‗z shogirdlari va ular
bilan aloqada bо‗lgan kishilar orqali tarqati shga uringan Albatta,
bunday kishi achchiq tanqidlarga uchrash, muxoliflar tomonidan
kamsitilish, fikrlari buzib k о‗rsatilishi va unga mutaassiblik bilan
munosabatda bо‗lishlarning guvohi bо‗lgan
Taassublar davri bо‗lgan IV hijriy asr (922 -1022 m.y.)
jarayonida uning tarafdorlari va muxoliflari oras idagi munozaralar о‗z
avjiga yetgan. Eng ashaddiy munozara Hanafiylar va shofi‘iylar
orasida bо‗lgani tufayli har ikkala imomga qarata k о‗p tuhmat toshlari
otilgan. Abu Zahra ta‘kidlashicha, hatto ba‘zi shofi‘iylar tо‗g‗ri
yо‗ldan chiqib gunohga qо‗l urish kabi tuhmatlarni unga havola
qilganlar.
Ba‘zan, ayrim mualliflar ba‘zi sо‗zlarni mashhur kishilar aytgan
rivoyatlar tо‗g‗ri tekshirmasdan о‗z kitoblariga kiritganlar. Masalan
Xatib Bag‗dodiy Ibn Mahdiydan rivoyat qilishicha, gо‗yoki islom
uchun «Dajjol»da n keyin Abu Xanifaning ray uslubidan kattaroq fitna
mavjud emas emish. Shuningdek, Dexxudo «Lug‗atnoma»da Suf yon,
Molik, Xammod, Shofi‘iy va Avzo‘iy tilidan quyidagi s о‗zlarni
keltiradi: «Islomda Abu Xanifadan yomonroq kishi tugilgan emas».
Molik tilidan: «Abu Hanifa qо‗zg‗atgan fitna islom ummati u chun
Iblis fitnasidan ham xatarliroqdir»
13
Bunday rivoyatlar mutlaqo asossiz va tо‗hmadir. Shuningdek,
«Lug‗atnoma»da keltirilishicha, gо‗yoki Abu Hanifa: «Lav adrakani
rasulullohi, la-axaza bikasiyrin min qavli» ( Agar Payg‗ambar mening
davrimda bо‗lganda edi, mening k о‗p sо‗zlarimga qo`shiladi degan
ekan‖)
Abu Hanifa haqida bir qator tо‗qima hadislar rivo yat qilingan.
Biz ulardan quyidagilarni zikr etamiz: «PaYg‗ambar (alayhissalom)
dedilarki: Meni ummatimdan bо‗lgan Nu‘mon ismli, Abu Hanifa
kunyali kishi bilan faxrlanaman. U ummatimning qu yoshidur»;
«Boshqa Payg‗ambarlar men bilan faxrlansalar, men Abu Hanifa bilan
faxrlanaman. Uni sevgan ki shi meni sevgan bо‗ladi».
Lekin Ibnul-Javziy ushbu hadislarning asossiz va tо‗qima
ekanligini isbotlab bergan.
4
Undan keyin mashhur hadisshunoslar hofiz
az-Zahabiy, as-Sayugiy, Ibn Hajar Asqaloniy, Shayx Qosim Safiy ham
uning fikrini qullab -quvvatlab kelganlar. «Ka shfuz-zunun» muallifi
hoji Xalifa hanafiy mazhabi haqida quyidagi fikrni yozgan: «Tо‗rt
mazhab ichida birinchi о‗rinda turadigan va haqiqatga eng yaqin
bo`lgani, Abu Hanifa asos solgan mazhabdir. Negaki, u shbu mazhab
boshqalaridan ittifoqqa asoslangani, ustuvorligi, oliy iste‘dod mahsuli
bо‗lganligi, nazariyalarining kuchliligi va ilmul-ahkom sohasida
tо‗g‗ri fikrlar yuritilganligi va boshqa xususiyaтlari bilan ajralib
turadi».
Tadqiqotchilar
bildirgan
fikrlarni
umumla shtirib,
Abu
Hanifaning istinbot (hukm chiqarish) uslubi quyidagi asoslarga
tayangan deb xulosa qilish mumkin:
1. Qur‘oni karim ilohiy manba sifatida bo shqa manbalarning
asosini tashkil etgani uchun Abu Hanifaning fiqhiy uslubida birin chi
va asosiy о‗rinda turadi;
3 A b d u h a m e d o v A . E . D i n l a r t a r i x i . T . : O ` z M U , 2 0 0 4 . - 2 0 8 b .
4 A z i m o v . A I s l o m v a h o z i r g i z a m o n . - T . : 1 9 9 2 .
14
2. Sunna. Payg‗ambarning sо‗zlari, amallari, tahrirlari
(tasdiqlari)dan iborat bо‗lib, Qur‘ondan keyin ikkinchi о‗rinda turadi;
3. Abu Hanifa sahobalar sо‗zlari va ular bajargan amallarga
fiqh ilmi bо‗yicha katta e‘tibor berardi, lekin Abu Hanifa nuqtai
nazaridan tobilarning sо‗zlari bunday yuksak darajada turmaydi;
4. Qiyos uslubi. Biron bir mua mmoning yechimi Qur‘on
Sunna yoki sahobiy qav умidan topilmasa, Abu Hanifa qiyosga
asoslanib amal qilardi;
5. Istehson. Bu - qiyosi jaliy (qiyosi zohir - ochiq qiyos)
doirasidan chiqib, unga qarshi bо‗lgan hukmni tanlab oli shdir.
Muhammad Ibn Hasan ayti shicha: «Abu Hanifa о‗z suhbatdo shlari
bilan qiyoslashga о‗tganda, ular unga qо‗shilishib munozara qilganlar.
Ammo istehsonga о‗taman deganda, istehsonda masalalar kо‗p
bо‗lgani uchun hech kim unga qо‗shilmasdi (u bilan munozara
kilmasdi), sо‗ngra hammalari tо‗xtab unga bо‗ysunardilar. U Kufa
olimlari fiqhini yaxshi bilardi»
6. Ijmo. Ushbu sо‗z ittifoq va keli shuv ma‘nosida bо‗lib,
fiqhiy atama sifatida bir davr mujtahidlarining bir muay yan hukm
bо‗yicha kelishuvidan iboratdir. Ijmo uslubi ushbu kitobda «Islom
huquqi manbalari» bobida yoritib berilgan;
7. Urf. Urf ikki xildir: urfi fosid - naslga zid bо‗lgan urf-
odat bо‗lib, islom huquqida qо‗llanilmaydi. Urfi sahih - xalqning
naslga zid bо‗lmagan urf-odatlari bо‗lib, Islom qonunchiligida,
ayniqsa, Abu Hanifa mazhabida katta ahami yatga egadir.
Abu Hanifaning fiqh uslubida amaliy ha yot ta‘sirini yaqqol
kо‗rish mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha, ibodatdan tashqari uning
hayotida
ikkita asosiy yо‗nalish mavjud bо‗lgan: birin chisi,
savdogarlik, ikkinchisi, shaxe erkinligini himoya qilish xususi yati.
Birinchi yо‗nalish uning fiqh uslubida yaqqol kо‗zga tashlanadi.
Masalan, uning mazhabida shirkatlarni tashkil etish, shartnomalar va
15
bitimlarni tuzish sohasida bir oliy malak ali va sinovdan о‗tgan
tajribalari о‗z aksini topadi.
Ushbu xususiyatni uning ilmiy uslubi bо‗yi cha quyidagi ikki
holatda kо‗rish mumkin: birinchidan, urfga asoslanish; ikkinchidan,
istehsonga e‘tibor berish.
Abu Hanifaning fiqh uslubi erkinlik prinsipi bilan yо‗ g‗rilgan.
Ta‘kidlaganimizdek, Abdulhalim al-Jundiy, Abu Hanifani islom
huquqshunosligining barcha sohalarida erkinlik va murosa qahramoni
deb tavsiflagan. haqiqatan ham uning huquqiy qara shlari shaxsiy
erkinlikka asoslangan bо‗lib, har doim insonning iroda erkinligini
hurmat qiladi va hech kimga har bir insonga xos bо‗lgan shaxsiy
tasarruflariga aralashish uchun ruxsat bermaydi. Shunga binoan jamoa
ham, valiyi amr (davlat arboblari) ham bir ki shining shaxsiy va
xususiy ishlariga, agar u biron bir diniy i shga hurmatsizlik kо‗rsatgan
bо‗lmasa, aralashish huquqiga ega emaslar.
Hanafiy mazhabida erkinlik prinsipi, ayniqsa, turmu shga
chiqish masalasida balog‗atga yetgan oqila qizni majburlamaslik va
safih (aqli kam bо‗lgan) kishi, shuningdek, qarzdor kishini tasarrufdan
man etmaslik kabi masala larda yaqqol kо‗zga tashlanadi. Uni
quyidagidek izohlash mumkin: Oqila a yol turmush о‗rtog‗ini о‗zi
tanlab oladi. Barcha faqihlarning kelishuvi asosida, hech kim oqila va
erkin ayolni о‗zi istamagan erkak bilan turmush quri shga majbur qilish
huquqiga ega emas.
Boshqa faqihlar ham balog‗atga yetgan oqila qiz о‗z
valiysining irodasiga qaramasdan turmu shga chiqa oladi deb bilganlar.
Lekin ularga qizning sо‗zlari nikoh bitimini tuzish u chun yetarli
bо‗lmagani sababli faqat valiy nikoh bitimini tuzish vakolatiga ega
bо‗ladi. Ammo Abu Hanifa nazarida qizning о‗zi erkak bilan teng
huquqli bо‗lgani uchun о‗z sо‗zi bilan nikoh bitimini tuzish huquqiga
ega hisoblanadi. Bordi -yu ayol о‗z tengdoshi bо‗lmagan va oilaga oru
16
isnod keltiruvchi bir kishiga turmushga chiqsa, о‗shanda hanafiy
mazhabi bо‗yicha Faxriddin Qozixon rivoyatiga kо‗ra, shuningdek
Abu Yusuf fikricha nikoh fosid bо‗ladi (buziladi). U shbu masala
mufassal suratida Burhoniddin Marg‗inoniyning «al -hidoya» kitobida
yoritilgan.
Shuningdek Abu Hanifa mad yun (qarzdor) kishini ham о‗z
moliga tasarruf eti shdan man etmaydi, hattoki uning qarzlari bar cha
molini qamrab oladigan bо‗lsa ham. Lekin uning cha madyun turli
yо‗llardan, jumladan hibsga olish orqali qarzlarini tо‗la shga majbur
qilinadi.
Taxrij va tarjih ikkita fiqhiy atama sifatida sunniylik
mazhablarida erkin ijtihod davri (mujgahidlar davri)dan keyin, ayniqsa
oxirgi davr faqihlari tomonidan turli fiqhiy manbalarda keng kо‗lamda
qо‗llanilib kelingan.
Taxrijdan maqsad, bir mazhabning umumiy qoidalariga
tayangan holda, mazhab imomlari tomonidan hech qanday fikr
bildirilmagan hodisalar hukmini is bot qilish (chiqarib olish, belgilab
berish) bо‗lsa, tajrihda mazhab rahbarlari aytgan turli sо‗zlar yoki
ulardan yetib kelgan turli rivo yatlardan ayrimlarining ustunligin i
bayon qilish, izohlab berish nazarda tutiladi.
Birinchi guruh, ya‘ni taxrij bilan shug‗ullanuvchi guruh
mazhab bо‗yicha muxarrijlardan iborat bо‗lib, faqatgina mazhab
chegarasida ijtihod qilish vakolatiga ega bо‗lganlar. Ikkin chi guruh
mazhab doirasida tarjih berish (ustun kо‗yish), ya‘ni fikrlar va ri -
voyatlar orasida eng kuchlisini kuchlilaridan ajratib olish yо‗l -
yо‗riqlarini bilgan faqihlardan iborat. Ular nafs orqali belgilab
berilmagan hukmlarni istinbot kilish orqali belgilangan hukmlarga
qarshi turish huquqiga ega bо‗lmaganlar, balki faqat ustun qо‗yish
yoki kuchli va kuchsiz, sahih va zaif rivo yatlarni bir-biridan ajratib
olish salohiyatiga ega edilar.
17
Muxarrijlar faoliyati bu bilan chegaralanib qolmaydi. Ular
о‗tgan olimlar fatvo bergan masalalar bо‗yicha ham fatvo berib, ularga
qarshilik ham kо‗rsatganlar. Taxrij usullaridan foydalanish hanafiy
mazhabining о‗sishiga sabab bо‗lgan. Uning usullariga xos bо‗lgan
yumshoqlik, ayniqsa urfga katta e‘tibor berish, bar cha savollarga
zamon talabiga muvofi q javob berish imkoni yatini yaratib bergan.
Abu Zahra e‘tiroficha, tajrih usulidan hanafiy mazhabi
bо‗yicha foydalanish, faqihlar о‗zlarini bu sohada mazhab
chegarasidan chiqmaslikka muvofiq deb bilgan bо‗lsalar ham, niho yat
og'ir va mushkul ish edi. Tajrih bо‗yicha ular ishlatgan uslub kuchli
va kuchsiz dalillarni bir-biridan ajratib olish u chun bir muntazam va
yuksak fiqhiy tafakkurning kо‗rsatki chi hisoblanadi
Umuman olganda tarjih turli rivo yatlar va turli sо‗zlar orasida
yuz beradi, ulardan har birinin g о‗ziga xos yо‗li bor. Fatovoyi
Totorxoniyada aytilganidek, "Zohirur -rivoya"da bо‗lmagan rivo yatlar,
asosiy qoidalarga muvofiq bо‗lgandagina e‘tiborga olinadi. Hanafiy
mazhabidagi tarjih qoidasiga tegi shli bо‗lgan masalalar ma shhur faqih
Ibn Obilii asarlarida kо‗rsatib о‗tilib, ularda tarjih usulini i shlatilishi
izohlab berilgan.
Abu Zahra ta‘kidlashicha, bunga binoan har bir davrda
muxarrijlar bо‗lishi zarur, negaki hodisalar cheksiz bо‗lib, har bir
xodisaning hukmi ma‘lum bо‗lishi kerak, bu esa hech bо‗lmaganda har
bir asrda ijgihod qilish salohi yatiga ega bо‗lgan muxarrijlar mavjud
bо‗lishini talab qiladi. «Ijtihod eshigi hatto mazhab doirasida ham
yoritgan», degan fikr u shbu zaruratga ziddir. Uning takidla shicha,
hanafiy mazhabining rivoji va takomili u chun taxrij va tarjih
eshiklarini har doim butunlay o chib qо‗yish kerak. Doktor Muhammad
Yusuf Muso kо‗p asrlardan bunday taqlid islom huquq shunosligining
qotib qolishiga sabab bо‗lganidan afsuslanib, hozirgi davrda u shbu
kamchilikka barham berishga chaqirgan.
18
Abu Hanifa iqtidorli mudarris, ajoyib pedagog va murabbiy
ham bo‗lgan. Uning dare halqasida juda ko‗p talabalar i shtirok etgan
va ilm o‗rganishgan. Hindistonlik mashhur olim Mahmud To‗nkiy
«Majmaul-musannifin»da yozishicha, uning shogirdlari soni 880 taga
yetgan. Abu Hanifa o‗z shogirdlari bilan niho yatda samimiy
munosabatda bo‗lib, ularga o‗z farzandlari singari g‗amxo‗rlik,
mehribonlik ko‗rsatgan, har doim ularning ahvolidan, turmush
sharoitidan xabar olib turgan va hech qa chon o‗z yordamini ayamagan,
o‗rni kelganda uylanishga qurbi yetmaganlarini uylantirgan va barcha
kerakli
narsalarni
ta‘minlab
bergan.
«Al-Xayrotul-hison»da
aytilishicha, har kimga ta‘lim bersa, uni ehti yojdan qutqazgan, o‗zi va
oilasi xarajatini ta‘min qilgan, ta‘lim olib bo‗lganda n keyin unga
qarab: «Endi halol va harom ilmi (fiqh ilmi)ni o‗zla shtirib, katta
boylikka erishding», deb xitob qilar ekan.
Abu Zahra ta‘kidlashicha, u dare o‗tishda yunon faylasufi
Suqrot uslubiga o‗xshash metoddan foydalangan. To‗g‗ridan-to‗g‗ri
talabalarga
ma‘ruza
o‗qimasdan,
o‗rganilishi
kerak
bo‗lgan
masalalardan birini o‗rtaga tashlab, unga tegishli bo‗lgan hukmlar
asoslarini izohlab bergandan keyin, shogirdlar u bilan bahsu
munozaraga kirishganlar. agr kim o‗z fikrini bildirib, gohi undan
tarafeizlik bilan odilona nazar bildiri shini so‗raganlar va ijtihodiga
qarshi turganlar. Ba‘zan unga nisbatan ovozlar baland ko‗tarilardi. U
esa matonat bilan masalani har tomonlama tek shirgach, tortishuvlar
xulosasi sifatida yuzaga kelgan fikrni o‗rtaga ta shlardi, bu esa bahsu
munozalardan erishilgan qatiy xulosa va qaror bo‗lardi. O‗ shanda
barcha talabalar rozilik bilan uning fikri to‗g‗ri ekanligini e‘tirof
etganlar.
Abu Muhammad horisiy Abu Sulaymon Jo‗zjoniydan
quyidagicha rivoyat qilgan: «Abu Hanifa Allohning ino yati bilan
fiqhni keng qamrovda o‗zlashtirib olgan edi. U suhbatdoshlari bilan
19
o‗tirib, biron masala bo‗yicha gapirganda, ular ham ko‗p so‗zlashar,
har bir fan bo‗yicha bahslashardilar, ovozlari baland ko‗tarilardi, lekin
Abu Hanifa jim o‗tirib eshitardi. Abu Hanifa mavzuni sharhlashni
boshlaganda, ular orasida fiqh va ma‘rifat egalari mavjud bo‗lsa ham,
majlisda hech kim bo‗lmagandek, hammalari jim o‗tirardi. Abu Hanifa
kunning oxirigacha gapirardi, lekin ular shunday sukut qilib
o‗tirardilar. Suhbat tugagandan keyin, ulardan biri: «Subhonalloh,
hammani kim sukutda qoldirdi?!» derdi. «Abu Sulaymon qo‗ shimcha
qilib: «haqiqatdan ham Abu Hanifa eng ajoyib bir odam edi», degan
edi.
Hanafiy mazhabi ikkin chi hijriy asrdan sharqu g‗arb, shimolu
janubga o‗z nufuzini o‗tkaza boshlagan va birinchi bosqichda
Abbosiylar davlati hududida tarqalgan, so‗ngra ko‗p o‗lkalarda bar cha
xalqlarning ichiga kirib borib, ular tomonidan qabul qilingan va ayrim
mamlakatlarda rasmiy mazhab sifatida qabul qilingan, ularning keng
sohali barcha hududlarida sud ishlari ushbu mazhab asosida olib
borilgan.
Hanafiy mazhabi shimoliy Afrika mamlakatlari (Tunis, Jazoir,
Marokash)da tarqalgan. Bu o‗lkalarda hanafiylar soni ko‗p bo‗lmasa
ham, bu mazhab olimlari katta izzat va hurmatga ega. Tunis p oytaxtida
sud ishlari hanafiy va molikiy mazhablari asosida yuritilib, unda
hanafiy sud tizimi molikiy sud tizimi bilan birga qo‗llaniladi. Hasan
Sodiqning ta‘kidlashicha, bu yerda fikrimizcha, hanafiy mazhabining
dunyoda keng tarqalishiga quyidagi omillar sabab bo‗lgan Birinchi
omil: ushbu mazhab o‗z mohi yati, ta‘limoti va qo‗llagan uslubi bilan
jamiyatlarda yuz berib turadigan huquqiy muammolarni hal etish
imkoniyatiga ega bo‗lib, har qanday savolga javob topa oladi. Bunday
imkoniyat shundan kelib chiqadiki, hanafiy mazhabi biron -bir masala
bo‗yicha (Qur‘on yoki hadislar matni) mavjud bo‗lmasa, qi yos va
uning eng muhim turi bo‗lmish qiyosi xafiy, ya‘ni yopiq yoki yashirin
20
qiyos (istehson)ga ta yanib ish olib boradi, shuningdek, urf-odatga
katta e‘tibor qaratadi; ikkinchi omil: hanafiylik ilmiy asoslarga
tayangan bir mazhab sifatida Abbosiylar bu yuk imperiyasining
mazhabi bo‗lib kelgan. Undan keyin G‗aznaviylar, Somoniylar,
Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Razm shohlar, Temuriylar, Boburiylar,
shuningdek Usmoniylar
buyuk imperiyasida asosiy va
davlat
mazhabiga
aylanishi
uning
rivoji
va
tarqali shi
uchun
katta
imkoniyatlarni
yuzaga
keltirgan.
Ushbu
davlatlarda,
ayniqsa
Abbosiylar, G‗aznaviylar, Usmoniylar davlatlarida hanafiy mazhabi
qoidalari asosida sud tizimi rivojl angan. Alloma Ibn Obidin
aytganidek ularning barcha qozilari va shayxul-islomlari hanafiy
mazhabi
vakillari
bo‗lganlar.
Uchinchi
omil:
Abu
Hanifa
shogirdlarining ko‗pligi. Shayx Mahmudxon Tunkiy yozgan 60 jildlik
«Majma‘ul-musannifiyn» kitobida zikr etilishicha uning shogirdlari
soni 882 taga yetib borgan. Uning to‗rtta bu yuk shogirdi (Abu Yusuf,
Muhammad ibn hasan, Zufar va Abulhasan)dan ta shqari, ularning
ko‗pchiligi Movarounnahr, Huroson va Eron hududlaridan edilar;
to‗rtinchi omil: Uning buyuk shogirdlaridan keyin ularning izdoshlari
bo‗lmish bir guruh faqihlar maydonga kelib, shariat hukmlarini
istinbot va istixroj qilish va ularni asrlar davomida yuz bergan
hodisalarga tatbiq etish muammolariga jiddiy yondashganlar. Fiqh
ilmida ham usul, ham furu‘ bo‗yicha qimmatli asarlar yozib
qoldirganlar.
―Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dun yoda qiziqish va
intilish kuchayib hayrixox va talablari ko`payib borma yotgani hech
kimga sir emas– deb qayd etadi prezidentimiz I.Karimov. Buning
asosiy sababi muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi,
insonparvarligi va bag`rikengligi, odamzodni doimo ezgulikka
chorlashi hayot sinovlarida o`zini oqlagan qadri yat va an‘analarini
21
ajdodlardan-avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o`rni va ahami yati bilan
bog`liq‖
5
1.2. Burxoniddin Marg‟inoniyning fiqx ilm i rivojiga
qo‟shgan xissasi
Abu Hanifa asos solgan mazhab sakkizin chi asr о‗rtalarida,
uning hayotlik chog‗idanoq tarqala bo shlab, shu asrning oxirlarida
uzoq-yaqin о‗lkalar, jumladan, Movarounnahrga yetib kelgan edi.
Muhammad Ibn Hasan Shayboniyning mumtoz shogirdlaridan
biri bо‗lmish Abu Hafs Axmad Ibn Hafs al-Kabiyr al-Buxoriy (у.832
y.) birinchi bо‗lib, IX asr boshlarida ushbu mazhab ta‘limotining
haqiqiy tashuvchisi sifatida о‗z vataniga qaytib kelgan, Buxoro
shahrini hanafiylikning muhim markazlaridan biriga aylantirgan Uning
tarbiyasi ostida bir guruh fiqihlar, jumladan, о‗z davrida hanafiy
mazhabining shayxi va salohiyatli vakili bо‗lgan uning о‗g‗li Abu
Hafs Sag‗iyr Muhammad Ibn Ahmad Ibn Hafs yuksak darajali fiqih
martabasiga yetgan.
Samarqandda fiqih ilmi Abdusulaymon Jо‗zjoniyning atoqli
shogirdi, Abumansur Moturidiyning yirik ustozi Abubakr Jо‗zjoniy
rahbarligida tarqatilgan va hanafiy mazhabiga katta e‘tib or qaratilgan.
Buxorolik faqihlar о‗sha davrdan boshlab hamusulul-fiqh va
ham furuul-fiqh bо‗yicha muhim va e‘tiborga loyiq asarlar yozib
kelganlar. Ibn Xaldun «Al-Muqaddima»da ta‘kidlashicha, Abu Zayd
Dabusiy ushbu mavzuda yozgan kitob eng muhim asarlarda n biri
hisoblanadi. Shuningdek, keyinroq Sadrush -sharia Ikkinchi Ubaydullo
ibn Masud yozgan «Tanqiyh ul-usul» nomli kitob va uning ustidan
yozgan «at-Tavziyh» nomli sharhi katga e‘tibor va ilmiy ahami yat
kasb etib kelgan.
5
Karimov.I.A “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. T.: 2008. 36 b.
22
IX asrdan boshlab hanafiy, shofi‘iy va hanbaliy mazhablari
Markaziy Osiyoda о‗z nufuzini о‗tkaza bo shlagan. Xurosonda hanbaliy
mazhabining yirik namo yandasi shayxul-islom Abdullo Ansoriy (XI
asr) bо‗lgan. Shofi‘iy mazhabining atoqli vakili, О‗rta Osiyo bо‗yi cha
shofi‘iylar imomi to shkentlik Muhammad Ibn Ali Ibn Ismoil al -Qaffol
ash-Shoshiy (291-365 h.y.) bо‗lgan Ibn Xalliqonning ta‘kidla shicha,
о‗sha davrda Movarounnahr hududida unga teng keladigan olim va
faqih bо‗lmagan. Zirakaliyning yozishicha, u fiqh, hadis, lug‗at va
adabiyot bо‗yicha о‗z davrining atoqli olimi hisoblangan. О‗sha
davrlarda shofi‘iy mazhabi, Xuroson, Turkiston va Eronda katta
e‘tibor qozongan. Shuningdek, mо‗tazila, ismoiliya, ayniqsa ularga
mansub bо‗lgan botiniylar о‗sha davrda keng kо‗lamda faoliyat olib
borgan
Imom Moturidiyning ilmiy faoli yati va tinimsiz kurashi
oqibatida e‘tizol mazhabiga zarba berilib, Qarmatiylar va Botiniylar
mag‗lubiyatga uchrab, Botiniylar Tog‗li Badaxshonga (hozirgi
Tojikiston va Afg‗oniston hududida) chekingan.
Buxoro va Samarkand olimlari kalom ilmidan ta shqari ham
usuldam furu bо‗yicha barhayot ilmiy asarlar yaratgan Nasafiylar
kalom ilmi bо‗yicha Moturidiy maktabi davomchisi sifatida ushbu
maktab ta‘limotini tiklab, rivojlantirgan va furu‘ul -fiqih bо‗yicha ular
va Farg‗ona faqihlari juda kо‗p qimmatli asarlar yozib qoldirgan
Movarounnahrda fiqhning rivojida iroqlik f iqihlar, ayniqsa,
Abu Bakr al-Jassуs (v.981 y.), shuningdek, Xurssonning muhim ilmiy
markazlaridan bо‗lmish Jо‗zjon, Balx va Taxor olimlari — qozi
Shaddod Ibn Dukaym-Balxiy, Abuhomid Bal -xiy, Abul-Muayyad
Balxiy, Abu Sulaymon Jо‗zjoniy, uning shogirdi Abu Bakr Axmad al -
Jо‗zjoniy (Abu Mansur Moturidiy-ning ustozi) va yana bir shogirdi
Muhammad ibn Salama Abu Ab -dullo Balxiy va boshqalar tо‗g‗ridan-
tо‗g‗ri yoki bilvosita ta‘sir о‗tkazib kelganlar.
23
Islomshunos olim A.Mо‗minov «Movarounnahr musulmonlari:
hanafiylar» nomli ilmiy maqolasida ta‘kidla shicha, о‗sha davrda (IX-
X asrlar) «...Movarounnahrda kechayotgan jarayon hali mahalliy
ahamiyatga ega bо‗lib, bu mintaqa islom markazlarida Hiroso nning bir
qismi hisoblanardi. Fiqih guruhlari, Somoniylar (875 -999) amaldorlari
zо‗ravonliklaridan aholi turli tabaqalarining yagona himoyachisi
sifatida chiqqanliklari natijasida ularning ijtimoiy obrusi va ta‘sir
doirasi kengaya bordi». Maqola muallifi yozishicha, о‗sha davrda fikh
ilmi turli jihatdan, masalan, yaratilgan asarlarning ozligi nuqtai
nazaridan ham shakllanish va kuchga tо‗lish davrini bo shdan
kechirmoqda edi.
Davlat hokimi yati Qoraxoniylarga (999 -1212) о‗tgandan keyin
Movarounnahrda fiqih ilmining rivoji va takomili u chun ta‘sirchan
omillar yuzaga kela boshlagan. Ushbu omillardan biri A.Mо‗minov
ta‘kidlaganidek, shundan iborat ediki, Qoraxoniylar davlati qaror
topishi natijasida
«Movarounnahrning Huroson bilan aloqalari
zaiflashib,
oyoqqa
turgan
mahalliy
maktablarning
must aqil
rivojlanishiga
asos
yaratildi.
Markaziy
shaharlarda
avtonom
boshqaruvning
kuchayishi
ulamo guruhlari ta‘sir doirasining
kengayishiga olib keldi. Bu bilan f iqih normalarini hayotga tatbiq
etishga real sharoit yaratildi. Buxoro va Samarkand hakiqiy ilm
markazlariga aylantirildi. Bu shaharlarda Nasaf, Marv, Farg‗ona fiqih-
lari ham faoli yat kо‗rsatdilar».
О‗rta Osiyoda fiqihning rivoji uchun ikkinchi omil Qoraxoniy
hukmdorlarining fikh islom huquq shunosligi va qonunlariga qiziqi shi
va huquqiy normalarning amaliy ha yotga tatbiq etilishi edi.
Manbalarda ta‘kidlanishicha, Qoraxoniylar hukmdorlari, ayniqsa
Ibrohim Mahmud Tamgo chxon diyonatli kishi bо‗lib, fiqihlar fatvosini
olmaguncha hech bir jinoyatchini jazolamas, molu mulkini musodara
qilmas edi.
24
Uchinchi omil, davlat va aholi himo yasi ostida mahalliy mak -
tablar asta-sekin о‗sib, rivojlanib, katta ilmiy madrasalar darajasiga
kо‗tarilishi bо‗lgan. Soni kun sayin oshib borayotgan madrasalarning
katta
xarajatlari
vaqf
mulklaridan
tu shgan
daromadlar
bilan
ta‘minlangan. Masalan, Ibrohim Tamgochxon tomonidan yozilgan
vaqfnomada belgilanganidek, Sama rqand madrasasi mutavallisi (idora
qiluvchisi)ning bir yillik mao shi 2000 dirham, fiqih mudarrisi maoshi
3600 dirham, adabiyot fanlari mudarrisi maoshi 1200 dirham, Qur‘oni
Karim mudarrisi maoshi 1200 dirham va toliblar mao shi 360 dirham
bо‗lgan О‗sha davrning narxnavosiga kо‗ra, bir mudarrisning bir oylik
maoshi bilan 150-200 dona yopilgan non, 2-3 ta qо‗y sotib olish
mumkin bо‗lgan. (Dirham: zarb urilgan va muomalada bо‗lgan kumush
tanga).
Doktor Yusuf Ziyo Kavakji chiqargan xulosalarga kо‗ra,
mazkur davrda 300 dan ortiq fiqih mavjud bо‗lib, 350 dan kо ‗proq
fiqhiy (huquqiy) asarlar, 20 ta fatovo (fatvolar majmualari) yozilib,
ulardan 98 foizi hanafiy mazhabiga tegi shli bо‗lgan ekan.
Afg‗onistonlik mashhur muarrix Mir G‗ulom Muhammad
G‗ubor «Afg‗oniston tarix о‗zanida» nomli kitobida bergan
ma‘lumotlarga kо‗ra, о‗sha davrda fiqihlar faqat davlat ishlariga
qatnashib qolmasdan, balki Qozichilik vazifasini ham bajargan va
muhim ishlarda ulardan maslahat olingan, sud i shlari butunlay ularga
topshirilgan Ular shahzodalar tarbiyasi bilan ham shug‗ullanganlar.
G‗uborning fikri tо‗g‗riligini tasdiqlab aytish mumkinki,
Qoraxoniylar davridan tortib temuriylar davriga cha sud vazifalari
mashhur fiqihlarga topshirilgan.
Undan tashqari Burhonuddin Marg‗inoniy avlodlari, shayxul-
islomlik vazifasini ham hatto vorislik shaklda bajarib kelganlar. Ular
ba‘zan siyosiy ixtiloflarni hal etishgan, Mirzo Ulug‗bek va Mirzo
Boburning homiylari sifatida sadoqat bilan xizmat qilgan.
25
Aytib о‗tilgan omillar, ayniqsa, davlat arboblari tomonidan ilm
ahliga kо‗rsatilgan yuksak ehtirom, targ‗ibot va tashviqot, О‗rta
Osiyoda fiqihhlar sonining kо‗payi shi va hanafiy mazhabining
yoyilishiga sabab bо‗lgan. Mо‗g‗ullar davridan keyin, Mо‗minov
ta‘kidlaganidek, Amir Temur (1370-1405) davrida islomga davlat dini
maqomining qaytarili shi yangi ulamolar tabaqalarining shakllanishiga
olib kelgan.
Shunday qilib, hanafiy mazhabi О‗rta Osiyo va Movarounnahr
hududida keng kо‗lamda tarqalgan bо‗lib, ularning juda ko`p yirik va
salohiyatli vakillari va imomlari , ham e‘tiqod sohasida, ham huquq
sohalarida ushbu muhitda kamolot darajasiga yetishgan. О‗rta
Osiyoning buyuk fiqihlaridan sakkiztasi «al -Mabsug» nomi bilan fiqh
ilmi sohasida ilmiy asarlar yozgan. Ulardan faxrul-islom al-Bazdaviy
Mabsuti 11 jildlik, shayxul-islom Muhammad ibn Xusayn al -Buxoriy
al-hanafiy Mabsuti» 15 jildlik, Shamsul-aimma as-Saraxsiy «Mabsuti»
15 jild asar yozgan.‖Buyuk mutafakkir va llomalarimizni islom
madaniyatini rivojlantirishga qo`shgan betakror hissasi to`g`risida
so`z yuritganda, eng avvalo haqli ravi shda musulmon olamida
―Muhaddislar sultoni‖ deya shuhrat qozongan Imom Buxoriy
bobomizning muborak nomlarini hurmat -ehtirom bilan tilga olamiz‖
6
–
deb ta‘kidlaydi respublika prezidenti I.Karimov. Islom dinining
musulmon olamidagi o`rni ga baho berar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |