3. STRESS HOLATINI BOSHQARISH. STRESS SABABLARI
Stress - bu oddiy va kо‘p uchrovchi holat. Qattiq bezovta bо‘lish,
hayajon va uyqusizliqdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina stresslarning
ziyoni bо‘lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim:
•
yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan
va
•
haddan tashqari asabiylashganlik darajasini
bilmog‘i lozim. Nol
holatdagi asabiylashish bо‘lishi mumkin emas. YA’ni asabiylashmaydigan
kishi mutlaqo yо‘q. Tanida joni bor har qanday kishi u yoki bu darajadagi
asabiylik holatiga tushadi. Ammo: Haddan tashqari asabiylashishdan
qochish kerak. Uning oqibati kutilmagan nohushlikka olib keladi.
Stressga duchor bо‘lmaslik uchun hayrli ishlarni, masalan, mahalla,
qarindosh-urug‘, ishda ijodiy ishlarni kо‘proq qilish kerak. Sabr-qanoatli
bо‘lish, har qanday mushkul vaziyatga tayyor bо‘lish, о‘zini chalg‘itish
lozim. Mashaqqatli mehnatni yaxshi dam bilan birga olib borish, hech
bо‘lmasa bir oz orom olish, tinchlanish kerak. Ishda hushfe’l, tavozelik
bо‘lish, о‘zaro hurmat va hushmuomalali inson bо‘lish kerak.
Stress kо‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
1. Konstruktiv - biz turidagi (kо‘pchilik orasida);
2. Destruktiv - men turidagi (yakka shaxs о‘zi bilan) kechadigan
243
jarayon.
Stress holatini oddiy tilda aytadigan bо‘lsak, bu insonlarda kechadigan
tushkunlik holatidir. Insonning aqliy jihatlari va fiziologik tizimida stress
holati bо‘lmasligi mumkin emas. Bular kо‘p hollarda muloqotlarda va
boshqa ijtimoiy jarayonlarda yuz beradi.
Stressni fiziologik va psixologik turlari mavjud. Fiziologik stress - bu
о‘ta jismoniy zо‘riqish, biror og‘riq, qо‘rquv, kasalliklar natijasida
vujudga keladi. Fiziologik stress organizm о‘ta zо‘riqishi, temperaturaning
baland yoki past bо‘lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog‘liq
bо‘ladi. Masalan, ba’zida odam organizmida qattiq og‘riq bо‘lganda,
og‘riq nimadan kelib chiqqanligini tushunib yeta olmaslik oqibatida
odamda qо‘rquv, xavotirlanish paydo bо‘ladi va stress holatiga olib keladi.
Psixologik stress-odamning ruhiy holatiga voqealarni ta’siri tufayli paydo
bо‘ladigan stress . Psixologik stress informasion stress va emosional stress
turlariga ajraladi. Informasion stress axborotlarni haddan tashqari kо‘p
qabul qilish vazifalarni bajarishda bir qancha yechimlar bо‘lsa-da, aniq
ulardan qaysi birini tanlash yuqori darajadagi shiddat bilan qaror qabul
qilishdagi ikkilanishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Axborotlarni
haddan tashqari kо‘p qabul qilish oqibatida odam psixikasi zо‘riqadi
(charchaydi) va buyrak usti bezlaridan stressli garmonlar kо‘p ishlab
chiqara boshlaydi. Haddan tashqari zо‘riqish natijasida miyada
tormozlanish yuz beradi va oqibatda tanglikka olib kelgan axborotgina
miyada aks etaveradi. Miya boshqa axborotlarni tashqi ta’sirni qabul qila
olmay qoladi. Bu ba’zi hollarda salbiy yomon oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Miyada stressga olib kelgan axborot tormozlanib, saqlanib
qolganda tanglik holatining yuqori nuqtasiga chiqqanda tanglik holatidan
chiqib ketolmay о‘z joniga qasd qilishgacha olib kelishi mumkin.
Emotsional stress-ta’qiq qilish, falokat, hayotiy о‘zgarishlar (oilaviy
mojarolar, tо‘satdan ishdan bо‘shatish yaqin kishisini yо‘qotish, о‘zoq
muddatli sevgidan qutila olmaslik sababli, xavf ostida qolganda,
atrofdagilar tomonidan notо‘g‘ri munosabat qilinganda va hokazolarda)
kо‘rinadi.
Olimlar о‘tkazgan tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, falokat, hayotiy
о‘zgarishlar, kundalik tashvishlar kо‘proq stresslar hisoblanadi.
Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli
vaziyat tug‘ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur
bо‘lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan
kishilarga nisbatan: “u asabiylashdi” deb aytishadi. Shu ma’noda asabiy
tushunchasi:
244
•
salga asabiylashaveradigan, bо‘lar-bо‘lmasga qizishib, tutaqib
ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi;
•
asablarining kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining
buzilganligi natijasida yuzaga kelgan xastalik;
•
asablarning qо‘zg‘alishi bilan bog‘liq bо‘lgan holat (janjal,baqiriq-
chaqiriq)
kabilar ma’nosida talqin qilinadi.
Kanadalik buyuk fiziolog Gans Sels asabiylashishni odam yoki
hayvon organizmining har qanday ta’sirga о‘ziga xos munosib javob deb
baholaydi. U uch bosqichga bо‘linadi:
1.
Boshlang‘ich ta’sirchanlik (emotsional) tuyg‘usi (g‘alayon); a’zosi
badandagi kuchlarning safarbarlikka tortilishi;
2.
Qarshilik kо‘rsatish bosqichi;
3.
Toliqish bosqichi.
Stressning sodir bо‘lishiga asosan ikki yо‘nalishdagi omillar sabab
bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |