250
Boshqaruv psixologiyasi– turli obyeklarni: davlat tashkilotlarni, insonlarni, iqtisodiy
va texnika tizmlarini inson tomonidan boshqarishining psixologik tomonlarini
о‘rganadi.
U.Xolmuradov
XV- BOB. MENEJMENTNING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK
ASOSLARI
Kalitli sо‘zlar:
Ijtimoiy menejment, sotsiologiya, ijtimoiy boshqaruv,
ijtimoiy soha, meyor, korporativlik, sivilizatsiya, madaniyat, ta’lim,
ijtimoiy tizim, iqtisodiy tizim, psixologik vaziyatni, ijtimoiy psixologiya,
adaptatsiya, ijtimoiy adaptatsiY.
1.
IJTIMOIY MENEJMENT VA IJTIMOIY TIZIM
TUSHUNCHALARI
Umumiy holda menejment turli xil tabiat tizimlarining (biologik,
ijtimoiy, texnik) funksiyasidir, bu ularning ishonchliligini saqlab qolish
yoki tizimni muvozanat holatidan boshqa muvozanat holatiga о‘tkazish
imkonini beradi.
Ijtimoiy menejment haqida gapirganda, biologik va texnik
tizimlardagi boshqaruvdan farqli о‘laroq, har qanday ijtimoiy tizimlar va
jarayonlarni boshqarishni nazarda tutadi. Ijtimoiy menejment-oldindan
belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun odamlarning manfaatlarini
va birgalikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish faoliyatidir.
Jamiyatda ikki xil boshqaruv mexanizmlari mavjud bо‘lib, bular
stixiyali va ongli boshqaruv mexanizmlaridir. Stixiyali mexanizm bilan
tizimga turli xil nazorat qilish ta’sirlarini, kо‘pincha qarama-qarshi
kuchlarning tо‘qnashuvi va о‘zaro ularning tutash holatlarining natijalarini
tartibga soladi. Bu ta’sir odamlarning aralashuvini talab qilmaydi, u
avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Masalan, bozor iqtisodiyotning
asosiy regulyatori, ishlab chiqarishning asosiy boshqaruv kuchi va unga
aloqador ijtimoiy munosabatlar tizimidir. A. Smit
90
ning "Bozorning
kо‘rinmas qо‘li" asarida “talab va taklif о‘rtasidagi muvozanatni saqlab
qolishga va shu bilan tizimning barqarorligi va turg‘unligini saqlab
qolishga intiladi” deyiladi.
Ongli boshqaruv mexanizmi turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlariga
muvofiq ularga erishish maqsadlari va vositalarini oldindan tanlashni о‘z
ichiga oladi.
90
A.Smit(
1723-1890
) - klassik siyosiy iqtisodning eng yirik vakillaridan biri bo'lgan Shotlandiya iqtisodchisi va
faylasufi, menejment bo'yicha mutaxassis, mehnatni ajratishning turli shakllarini tahlil qilgan.
251
Shuni alohida ta’killash kerakki, barcha tizimlar va jarayonlar
tashqaridan boshqarishga muhtoj emas. Bu madaniy, demografik, ijodiy,
migratsiya va boshqa jarayonlarga taalluqlidir. Totalitar jamiyatlarda
davlatning, hukmron sinf yoki partiyaning boshqaruv ta’sir doirasi inson
hayotining barcha sohalariga, jumladan, shaxsiy, oilaviy, ma’naviy, inson
ongiga (ongni manipulyatsiya qilish) qadar yetib borgan. Bunday
jamiyatlar ikki qarama-qarshi va teng bо‘lmagan guruhlarga bо‘ilnadi:
boshqaruvchilar va boshqarilinuvchilar uchun.
Boshqaruv tizimi uchta asosiy qismdan iborat: boshqaruv subyekti,
boshqaruv obyekti va boshqaruv faoliyati.
Belgilangan vazifalarning mazmuni va miqyosiga qarab, barcha
ijtimoiy menejment tizimi uchta darajaga bо‘linishi mumkin:
1.
Institusional
daraja-ijtimoiy
institutlar
doirasida
amalga
oshiriladigan jarayonlarni boshqarish (ijtimoiy-demografik jarayonlar,
ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, migratsiya jarayonlari, ijtimoiy-
mehnat munosabatlarini tartibga solish va boshqalar).
2. Tashkiliy daraja - har qanday tashkilotni (sanoat korxonasi, bank,
qamoqxona, shifoxona, vositachilik firmasi va boshqalar) va ushbu
tashkilotlar
doirasida
(tashkilot
ichidagi
bо‘limlarni
boshqarish)
boshqarish.
3. Texnik daraja-bevosita tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar
kо‘rsatishni boshqarish (tarmoqlar va faoliyat turlari bо‘yicha menejment).
Bunga funksional boshqaruv (marketing, moliyaviy, kadrlar, innovatsion
va boshqalar) kiradi.
Ijtimoiy nuqtai-nazardan, boshqaruv- insonlar munosabatlarining
iyerarxik tizimidir:
1. rasmiy holatda;
2. maqomida(v statuse) (iqtisodiy va obrо‘li);
3. daromadlarda;
4. vakolatlari doirasida.
Boshqaruv tizimiga kiritilgan turli xil ijtimoiy guruhlarning о‘zaro
munosabatlarini va о‘zaro ta’sirini о‘rganadigan ijtimoiy boshqaruv:
1) menejerlar maxsus ijtimoiy guruh sifatida;
2) boshqaruv iyerarxiyasi doirasida ijtimoiy munosabatlarning tabiati;
3) ijtimoiy nazorat funksiyasi sifatida boshqarish.
Funksiyalarning ixtisoslashuvi natijasida vertikal darajalar sonining
kо‘payishi va ortib borayotgan gorizontal bо‘linishlar boshqaruv
iyerarxiyasi doirasida munosabatlarning murakkab, nizoli tuzilmasining
252
paydo bо‘lishiga olib keladi. Ushbu munosabatlar hamkorlik, raqobat,
qarama-qarshilik, ziddiyatli xarakterga ega bо‘lishi mumkin.
Ijtimoiy menejmentda obyekt sifatida- boshqaruv vakolatlarini amalga
oshiruvchi shaxs yoki guruhlar, tashkilot yoki muassasalar qaraladi. Ushbu
boshqaruv quyi tizimi hal qilinadigan vazifalarning murakkabligi va hajmi,
menejerlarning malakasi va ularga huquq va vakolatlarni mustahkamlash
choralari bilan belgilanadi.
Menejerlar sonining kо‘payishi bilan boshqaruvning tashkiliy
iyerarxiyasining о‘sishi, mehnatni taqsimlash va ixtisoslashuv darajasining
oshishi kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda ularni quyidagicha farqlash mumkin:
1) korporatsiyalar, kompaniyalar va firmalar strategiyasini aniqlash,
korxonalar uchun resurslarni taqsimlash bilan shug‘ullanadigan oliy
darajadagi menejerlar;
2) ishlab chiqarishni nazorat qilish, tadqiqotlarni rivojlantirish va
korxonalarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri rivojlantirish, marketing, kadrlar bilan
ishlash, hisobot berish va moliya kabi vazifalarni bajaradigan о‘rta
darajadagi menejerlar;
3) ijrochilarning ishini bevosita nazorat qilishni о‘z ichiga olgan
tezkor menejerlar (masterlar, inspektorlar va boshqalar).
Menejmentdagi professional menejerlarning kelajakdagi istalgan
holatini, uning tashkil etilishining obrazini va boshqaruv tizimining
rivojlanishi va harakatini oraliq va strategik maqsadlarga erishish uchun
ta’minlash qobiliyatini kо‘rish uning harakatlarida namoyon bо‘ladi.
Ijtimoiy menejmentning paydo bо‘lishi jamiyat hayotida «ijtimoiy» va
barcha fanlar, ayniqsa sotsiologiya va ijtimoiy boshqaruvning rivojlanishi
bilan uzviy bog‘liq. Ijtimoiy menejment ularning asosiy qismi sifatida
ijtimoiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy
resurslar va ularning zimmasiga tushadigan boshqaruv va tashkiliy
munosabatlar, ularning qonuniyatlari va tamoyil-larini о‘rganadi.
Ijtimoiy menejment ijtimoiy boshqaruvning fundamental bilimlariga
tayanib, eng kam boshqaruv harajatlari bilan eng kо‘p ijtimoiy samara
olishga intiladi. Oxirgi natija qanchalik yuqori, boshqaruv yо‘qotishlari
qanchalik kam bо‘lsa, ijtimoiy menejmentning samaradorligi shunchalik
yuqori bо‘ladi.
Ijtimoiy menejment paydo bо‘lishi XX - asr 80-90 yillarda Farbdagi
boshqaruvchanlik revolitsiyasi natijasida yuzaga kelgan. U ijtimoiy
soxadagi samarali boshqarish ta’siri va uning bozor strukturasi, moliya,
iqtisod, boshqaruv tuzulmalarining teskari bog‘likliklari bilan aloqador.
Ijtimoiy boshqaruv sohasi ham ta’sir etish obyekti, ham subyekti
nuqtai-
253
nazaridan mustaqil, kо‘p tuzilmali va ommaviy bо‘lib bormoqda, bu
sohada о‘zgacha boshqaruvchi-mutaxassis paydo bо‘lmokda. Shartnoma
bо‘yicha yollangan, natijalar bо‘yicha bosh-qaruv faoliyatiga mas’ul
bо‘lgan har bir menejer boshqaruv sohasida tadbirkorga aylanmoqda.
Boshqaruv va boshqaruvchilar-ning alohida istituti-bozor shakllanmoqda.
U davlat boshqaruvi bilan munosib raqobatlashmoqda. Jahon tajribasi
shuni kо‘rsatdiki, bu nafaqat menejerlar, balki davlat boshqaruv
organlarining ham mas’uliyatli va professional jamoasini shakllantirishda
asosiy mexanizm ekan.
Yuqorida keltirilganidek, nafaqat menejmentning klassik holatlari
rivojlanishi va chuqurlashuvi sodir bо‘lmoqda, balki «kovboylik
menejmenti» ni ommaviy siqib chiqarish kuzatilmoqda. Uning о‘rniga
madaniy hamkorlik tamoyillari, avvalambor ijtimoiy tashkilotda bozor
raqobatida hamkorlik kelmoqda. Ijtimoiy sohada kо‘rsatkichlar va
statistika tо‘rt darajaga bо‘linadi: xalqaro, milliy, regional, mahalliy. Ular
yagona konseptual asosda qurilgan, yagona ahborot tizimi doirasida
birlashgan va xalqaro meyorlarga mos.
XX asr oxiri ijtimoiy menejmenti innovatsion madaniyat - ijtimoiy
sharoitda shakllanmoqda. Bu umumiy boshqaruv madaniyatining eng
muhim elementiga aylanmoqda. Uni amalga oshirishning muhim
mexanizmi bо‘lib ijtimoiy menejment aqliy va ishlab chiqarshi sohasida,
xizmatlar, turistik biznes, pullik meditsinada tadbirkorlikning turli
kо‘rinishi sifatida namoyon bо‘ladi.
Yangi bozor tadbirkordan innovatsion va yanada kо‘proq ijodiy hulkni
talab qildi. Bunga axborot va texnologik inqilob misol. U kichik
tadbirkorlikka nafaqat tirik qolishga, balki boshni kо‘tarib, yirik va о‘rta
korxonalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon beradi.
Shu yillarda tadbirkorlik xulqining butun ish strategiyasi negizidan
о‘zgarmoqda: iste’molchilarga
mavhum yondoshuvdan - ularning
ehtiyojlarini, individual didlarini о‘rganishga о‘tilmoqda. Egiluvchan va
dinamik ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar va marketingga ehtiyoj
sezilmoqda. Bir sо‘z bilan aytganda, XX asr oxiri tadbirkorligi,
avvalambor boshqaruv sohasida innovatsiyaga aylanmoqda.
Ijtimoiy menejment yordamida moliyaviy mablag‘larni ijtimoiy
ehtiyojlarga sarflash maqsadida byudjetni tо‘ldirish mexanizmlari ishlab
chiqiladi, ish о‘rinlari soni ortadi.
Shuni aytish kerakki, ijtimoiy menejment о‘zining zamonaviy
kо‘rinishini korporativ nazariyasi va amaliyoti ta’siri ostida namoyon
254
qilmoqda. U menejment taraqqiyotida mavjud mexanizmni amalga
oshirish bilan tо‘ldirib bormoqda.
Shunday qilib, jamiyat hayotining bu ikki kо‘rinishi jamiyat
rivojlanishi maqsadlari bо‘yicha kо‘p jihatdan bir biriga mos keladi. Lekin
ularning eng katta mosligi maqsadlarda emas, balki ularga erishish
mexanizmlari va texnologiyalaridadir. Korporativ va ijtimoiy menejment
jamiyat rivojlanishining zamonaviy sharoitlarida xо‘jalik hayotining,
ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning sog‘lomlashini ta’minlaydi.
Menejment ostidagi ijtimoiy boshqaruvninng zamonaviy nazariyasi va
amaliyotida alohida ishlovchi, ijtimoiy guruh yoki butun jamiyatni
boshqarish jarayoni tushuniladi. Deyarli barcha mashhur horijiy
qomuslarda «menejment» tushunchasi ijtimoiy tashkilot maqsadiga
insonlarga rahbarlik qilish hisobiga erishish jarayoni sifatida izohlanadi.
«Menejment о‘z oldiga har qanday faoliyat sohasiga yaroqli umumiy
boshqaruv tamoyillarini shakllantirish va amalda qо‘llashni maqsad qilib
qо‘ygan. Ularga quyidagilar kiradi: boshqaruv muammolari va
maqsadlarini aniqlash; ularga erishishning aniq chora-tadbirlarini ishlab
chiqish; tashkilot ichida turli bо‘linmalar hamkorligi; iyerarxik tuzilmani
mukammallashtirish,
qarorlar
qabul
qilish
jarayonlari
va
kommunikatsiyalarini maqbullashtirish»
91
.
Menejment nazariyasi va amaliyotida ijtimoiy tashkilot, moliyaviy
tuzilma, firma, butun jamiyatning rivojlanish maqsadlarini aniqlash hal
qiluvchi yо‘nalish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |