Ish faoliyatidan qoniqmaslik
stressga sabab bо‘luvchi eng muhim
omillardan hisoblanadi. Xodim undan nima kutilayotganligini, bu ishni
qanday qilish kerakligi va bu ish qanday baholanishini bilsagina xotirjam
ishlaydi.
Ish qobiliyati va omadsizlik inson salomatligiga qattiq ta’sir
kо‘rsatadi. Haddan tashqari
kо‘p ish
yoki aksincha,
ishsizlik
ham stressga
olib keladi. Bunday sabablar tufayli sodir bо‘lgan asabiylashish eng kо‘p
tarqalgandir. Ish haddan tashqari kо‘payib ketganda bezovtalanish, moddiy
boyliklarga nisbatan befarq bо‘lish hissiyoti kuchayadi. Xuddi ,
shuningdek,, ish bilan kam ta’minlanganda yuqoridagi holatlar
takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |