О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


-chizma. Tashkilotning yashash davri



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

11-chizma. Tashkilotning yashash davri 
Birinchi  bosqich  –  tashkilotni  tashkil  qilinishi,  uni  vujudga  kelishi. 
Bunda  asosiy  vazifalar  –  bozorga  chiqish,  yanada  rivojlanish  uchun 
kо‘proq foyda olishdir. 
Ikkinchi  bosqich  –  tashkilotning  о‘sishi.  Bu  bosqichning  asosiy 
maqsadi 
– qisqa muddatli foyda va jadal о‘sish. Asosiy vazifa – bozorning bir 
qismini qamrab olish. 
Uchinchi  bosqich  –  tashkilotning  balog‘ati.  Bunda  asosiy  maqsad 
barcha yо‘nalishlar bо‘yicha samaradorlikni oshishidan iborat bо‘ladi. Eng 
muhim vazifa - korxonaning obrо‘sini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga 
davriy ravishda о‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. 
Tо‘rtinchi  bosqich  -  tanazzul,  tashkilotni  qarishi.  Raqobat,  bozorni 
qisqarishi  natijasida  tashkilot  о‘z  mahsulotiga  talabni  kamayishiga  duch 
keladi.  Tashkilotning  asosiy  maqsadi  mavjud  о‘rinlari  saqlab  qolish 
hisobiga barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir. 
Tashkilot hayotining yana bir pallasini ajratish mumkin. Tashkilotdagi 
ishlarning  holati  va  menejmentning  hulqiga  kо‘ra  quyidagi  variantlar 
bо‘lishi  mumkin:  tashkilotning  qaytadan  tiklanishi  yoki  uni  tugatilishi. 
Kо‘pgina hollarda tashkilotni boshqarishning asosiy maqsadi uni qaytadan 
О‘sish va 
rivojlanish 
Tanazzul 
Tashkil 
qilish 


124
 
 
tiklashdan iborat bо‘ladi. Bunda tashkilot faoliyatini о‘zgartirish, uni qayta 
tashkil qilish va innovatsiyalarni tadbiq etish asosiy vazifa bо‘ladi. 
Tashkilotning  bevosita  va  kundalik  boshqaruvida  menejerlar  va, 
ayniqsa,  ularning  yuqori  darajasi  muhim  rol  о‘ynaydi.  Bunda  mulk 
egasining о‘zini о‘zi boshqarishi daslabki boshqaruv munosabati bо‘ladi. 
Zamonaviy tashkilotlar katta turli-tumanliklari bilan ta’riflanadilar va 
ma’lum alomatlar bо‘yicha bо‘linadilar. 
Masalan, shakllantirish alomatlari
 
asosida quyidagilarga ajrati ladilar: 
 Rasmiy  tashkilotlar,  ular  aniq  quyilgan  maqsad,  shakllantirilgan 
qoidalar,  tuzilma  va  aloqaga  egalar,  bu  guruhga  biznesning  barcha 
tashkilotlari,  davlat  va  halkaro  institutlar  va  idoralar  kiradi.  Ushbu 
о‘rganishning  predmeti  asosan  rasmiy  xо‘jalik  tashkilotlari-  yuridik 
shaxslardan iboratdir; 
 Norasmiy  tashkilotlar,  ular  aniq  ma’lum  maqsadlar,  qoidalar  va 
tuzilmalarsiz faoliyat yuritadilar: ularga oila, dо‘stlik, odamlar о‘rtasidagi 
norasmiy munosabatlarning barcha institutlari kiradi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish