О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


 MENEJMENTNING  TASHKILIY  TUZILISHI  HAQIDA



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

 
2. MENEJMENTNING  TASHKILIY  TUZILISHI  HAQIDA  
TUSHUNCHA 
 
Menejmentning  tarkibiy    tuzilishi    deganda    menejment    bо‘g‘inlari,  
uning  bosqichlari    soni    va    tarkibi    tushuniladi.    Menejment    tashkiliy 
tuzilishining  oddiy  va  tushunarli  boyishi  uning  ish  qobiliyati  yuqori  
bо‘lishini  kafolatlaydi,  ya’ni  menejment  tashkiliy  tuzilmasida bosqich  
va  bо‘g‘inlar  soni qancha  kam  bо‘lsa,  boshqaruv  shunchalik samarali  
bо‘ladi. 
Menejment    bо‘g‘inlari
  -    bu    bitta    yoki    bir-nechta    vazifalarni 
bajaruvchi    mustaqil    tarkibiy    unsurlar,    tuzilma    elementlari,    ularning 
bо‘linmalari  va  boshqaruv  apparatida  ishlovchilardir. 
Menejment  bosqichlari
  -  bu  boshqaruvning  biror    darajasidagi  
ma’lum    bо‘g‘inlar    yig‘indisidir.   Shu    belgisiga   kо‘ra    menejmentning 
tashkiliy    tuzilmalari    -    kо‘p    bosqichli    (kо‘p    bо‘g‘inli),    uch,    ikki 
bosqichli  (bо‘g‘inli)  bо‘ladi.  Bosqichlar  va  bо‘g‘inlar  о‘rtasidagi aloqa  
vertikal  va  gorizontal  bо‘lishi  mumkin.  Vertikal  aloqalar rahbarlar  va  
ularga    bо‘ysunuvchilar  о‘rtasidagi  munosabatlarni,  gorizontal    aloqalar  
menejmentning 
teng 
huquqli 
bо‘g‘in  va  unsurlari  о‘rtasidagi  
munosabatlarni  bildiradi. 
Menejmentning tarkibiy tuzilishiga qо‘yiladigan talabalar
44

1.  Optimallik  -  barcha  darajadagi  aloqalar  va  boshqaruv  bosqichlari 
о‘rtasida eng kichik bosqichlar bilan oqilona aloqalar о‘rnatiladi. 
                                                           
44
 https://studfiles.net/preview/2490971/page:2/ 


127
 
 
2.  Operativlik-  ushbu  talab,  boshqariladigan  tizimda  ijro  etilishidan 
oldin  qaror  qabul  qilish  vaqtida  uni  amalga  oshirishga  tо‘sqinlik  qiluvchi 
har qanday о‘zgarishlar sodir bо‘lishi mumkin emas. 
3.  Ishonchlilik-boshqaruv  apparati  tuzilishi  axborotni  uzatishning 
ishonchliligini  kafolatlashi,  nazorat  komandalarining  buzilishlariga  yо‘l 
qо‘ymasligi, boshqaruv tizimida uzluksiz aloqani ta’minlashi kerakligi. 
4.  Iqtisodiy  tejamkorlilik  -  boshqaruv  apparatlari  harajatlari  shunday 
bо‘lishi  kerakki,  eng  zarur  ta’sirlarni  iqtisodiy  ta’sirlar  bilan 
ta’minlanishga yerishadigan bо‘lishi lozim; 
5.  Moslashuvchanlik-tashqi  muhitdagi  о‘zgarishlarga  muvofiq 
о‘zgartirish qobiliyati. 
Boshqaruv  tuzilmasining  barqarorligi  turli  tashqi  ta’sirlarda  asosiy 
xususiyatlarining о‘zgarmasligi hisoblanadi. 
Iqtisodiyot    boshqaruv    tashkilotlari    yuqori,    quyi,    teng    huquqli 
tashkilotlarga    bо‘linadi.    Yuqori    tashkilotlar    respublika    va    tarmoq 
boshqaruv  tashkilotlariga  ajratiladi. 
Umumdavlat    boshqaruv    tashkilotlari    ishlab    chiqarishning  turli  
tarmoqlarini 
birlashtiradi. 
Umumdavlat 
boshqaruv 
tashkilotlari  
Respublika  Konstitusiyasiga  asoslangan  holda  faoliyat  yuritadi. 
Milliy    xо‘jalikni    boshqarishning    umumdavlat    tashkilotlari    qonun 
chiqaruvchi,    ijro    etuvchi    va    sud    tashkilotlariga    bо‘linadi.    Qonun 
chiqaruvchi oliy  tashkilot  - О‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Yig‘ilishidir.  
U    xо‘jalik    faoliyatini    tartibga    soluvchi    qonun,    qonuniy    hujjatlarni 
tasdiqlaydi.    Davlat    rejalari  va  byudjetining  bajarilishi    haqida  hisobotni  
muhokama    qilib    tasdiqlaydi,    iqtisodiyotni    boshqarishning    ijroiya 
tashkilotlarini  shakllantiradi. 
Milliy    xо‘jalikni    boshqarishning    ijroiya    tashkilotlariga    umumiy,  
tarmoq  va maxsus  vakolatga  ega  tashkilotlar  kiradi.  Umumiy vakolatga  
ega ijroiya tashkilotlariga О‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar  Mahkamasi, 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi va  hokimliklar kiradi.  
Maxsus  vakolatli  tashkilotlar  tarmoqlararo xususiyatga  ega  vazifalarni  
bajaradilar.    Ular    qatoriga    vazirliklar    va  Davlat    qо‘mitalarini    kiritish  
mumkin. 
Umumdavlat  boshqaruv  tashkilotlarining  asosiy  vazifalari: 
- fan- texnika taraqqiyotining asosiy yо‘nalishlarini  belgilash; 
-  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish; 
-  pul  va  kredit  tizimiga  rahbarlik  qilish; 
- soliq  va daromadlarni  belgilash; 
-  hisob  va  statistikani  tashkil  etish; 


128
 
 
-  narx va ta’riflar  belgilash; 
-  milliy  xо‘jalik  tarmoqlariga  rahbarlik  qilishdir. 
О‘zbekiston    Respublikasi    Vazirlar    Mahkamasining    doimiy    ish 
yurituvchi  tashkilotlari  faoliyati  tarmoqlararo  ilmiy-texnikaviy    ishlarga  
rahbarlik  qilish,  fan-texnika  sohasida  tanlov,  kо‘ngilli  asosda ishlarni  
tashkil  etish  kabi  vazifalarni  bajaradi. 
Respublika    tovar    birjalarining    asosiy    vazifasi    korxonalar    bilan 
hamkorlikda    mintaqada    moddiy-texnikaviy    ta’minotning    barqaror  va  
samarali    tizimini    tashkil    etish,    iste’molchi    va    ishlab    chiqaruvchilar  
о‘rtasida  barqaror   mintaqaviy  aloqalarni  о‘rnatish,   mahsulot yetkazib  
berishni 
nazorat 
qilish, 
korxonalarga 
ularni 
moddiy-texnikaviy 
ta’minlashda kо‘mak berishdan  iboratdir.   
Moddiy-  texnika    ta’minoti    tashkilotlari    xо‘jalik    hisobi    asosida  
ishlab  chiqarish    vositalarini    sotishning    kо‘p    tarmoqli    savdosini  
ta’minlash  va    moddiy    resurslardan    maqbul    foydalanishga    rahbarlik  
qiladi. 
Moliya    vazirligi    va    uning    joylardagi    tashkilotlari    davlat    va  
korxonalar    manfaatlarini    himoya    etishga    asoslangan    butunlay    yangi 
moliyaviy  siyosatni  amalga  oshiradi,  xо‘jalik  yuritish  samaradorligini  
sо‘m  bilan  nazorat  etishni  ta’minlaydi,  shirkat  va  individual mehnat  
faoliyatini    moliya-kredit    vositasida    tartibga  solish  bо‘yicha  choralarni 
belgilaydi, aholi  daromadlaridan soliq olish, bozor iqtisodiyotiga  mos  ish  
usullari    va    shakllarini    joriy    etadi,    budjet    tashkilotlari  faoliyatini  
moliyalashtirish    tizimini    о‘zgartiradi,    uni    iqtisodiy    meyor  va  
normativlar    asosida    tashkil    etadi,    ish    sifatini    oshirishni    iqtisodiy 
rag‘batlantirish    va    ajratilgan    mablag‘lardan    maqbul    ravishda  
foydalanishni    iqtisodiy    rag‘batlantirish    usullarini    keng    qо‘llashni  
ta’minlaydi. 
Respublika  Markaziy  banki  iqtisodiyotdagi  barcha  kredit  va hisob-  
kitob    munosabatlarini    tashkil    etuvchi    va    tartibga    soluvchi  bosh  
bankdir. 
Tijorat  banklari  tizimi  faoliyati  tо‘liq  xо‘jalik  hisobi  va  о‘zо‘zini  
moliya    bilan    ta’minlash    asosiga  о‘tkaziladi.  Mehnat    va    ijtimoiy  
masalalar  bilan  shug‘ullanuvchi  davlat  tashkilotlari    va    ularning  
joylardagi  bо‘linmalari    tо‘liq    bandlikni,  band    bо‘lmagan    mehnat  
resurslarini    qayta    tayyorlash    va    kasb  о‘rgatish,    kadrlarga    bо‘lgan  
talabni  qondirishni  ta’minlaydilar. 
Respublika vazirliklari respublika hududidagi  konsernlar, tarmoqlarni  
boshqarishni    amalga    oshiradi.    Tarmoqni    boshqarish  tizimiga    yakka  


129
 
 
rahbarlik asosida  ish  yurituvchi  vazir  boshchilik qiladi.  U  qо‘l  ostidagi  
vazirlik  va  unga  qarashli  korxonalar  faoliyatiga shaxsan  javobgardir. 
Har  bir  Vazirlikda  tarmoqni  boshqarishning   muhim    masalalarini  
kollegial  ravishda  kо‘rib  chiqish  va  amalga  oshirishga  imkon beruvchi  
maslahat  tashkilotlari  tashkil  etiladi.  Bosh  maslahat  beruvchi  tashkilot  
-    kollegiya    bо‘lib,    uning    tarkibiga    vazir    о‘rinbosarlari,  boshqarma  
boshliqlari,  korxonalar  rahbarlari  kiradi. 
Milliy    xо‘jalik    tarmog‘i    tarkibida    ham    davlat,    ham    xususiy  
korxona,  firma,    aksiyadorlik    jamiyatlari    faoliyat    yuritadi.    Korxona, 
firma,  aksiyadorlik  jamiyatlari  fan-texnika    salohiyatidan  samarali 
foydalanish,  ishlab  chiqarishni    kooperatsiyalash    va    uyg‘unlashtirish 
asosida    mahsulot    ishlab    chiqarish    maqsadida    tashkil    etiladi.    Ular 
xо‘jalik  hisobi  asosida  sanoat,  qurilish,  transport,  savdo  va  boshqa 
sohalarda    faoliyat    yurituvchi    tarkibiy    qismlardan    tashkil    topadi. 
Tarkibiy  qism  bankda  alohida  balans  va  hisob  raqamiga  ega  bо‘lishi 
va  ijara  pudrati  bо‘yicha,  xususiy  sohada  ish  yuritishi  mumkin. 
Korxona,    firma,    aksiyadorlik    jamiyati    tarkibiy    birlikka    qarashli 
asosiy  fond  va  mablag‘larni    biriktiradi,    ichki    xо‘jalik    munosabatlarini  
amalga  oshirish,  tarkibiy  birliklar  о‘rtasidagi  munozaralarni hal  etish,  
shuningdek,  ularning  о‘z  majburiyatlari  bо‘yicha  javobgarlik  tartibini  
belgilaydi.  Tarkibiy  birlik  qonunda  belgilangan huquq  doirasida unga 
biriktirilgan  mulkni    tasarruf    etadi,    firma,  aksiyadorlik  jamiyatlari 
nomidan boshqa tashkilotlar  bilan  shartnomalar  tuzadi.  Korxona,  firma,  
aksiyadorlik  jamiyatlari  tarkibiy birlikka о‘z  nomidan  shartnoma  tuzish  
va  bu  shartnoma  bо‘yicha javobgar  bо‘lish  huquqini  beradi. 
Korxonani    boshqarish    “Korxona    tо‘g‘risidagi    qonun”ga    asosan 
amalga    oshiriladi.    Bu    qonunda    kо‘zda    tutilgan    tamoyillardan    biri 
butun    jamoaning    hamda    uning    tashkilotlari    muhim    qarorlarni    qabul 
qilish    va    uni    bajarishni    nazorat    qilishda    ishtirok    etish    yо‘li    bilan 
amalga  oshiriladigan  о‘z-о‘zini  boshqarish  tamoyilidir. 
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish