Funksiyalar nazariyasi va funksional analiz elementlari.
Bu fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni bugungi zamonaviy va dolzarb fanlarning
rivojlanishida asos bo‘lib xizmat qiladigan fan asoslari bilan tanishtirish. Talaba bu
fanni o‘zlashtirish natijasida matematik analiz, algebra, geometriya fanlaridan olgan
bilimlarni umumlashtiradi, shu sohada ilmiy tatqiqot qilishlari uchun zarur bilimlarga
ega bo‘lishadi.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani maktab va akademik litseylarda
o‘qitiladigan algebra fanining uzviy davomi bo‘lib, undagi ba‘zi tushuncha va xossalarni
ilmiy asoslash uchun xizmat qiladi. Shuningdek bu fan, asosiy matematik tushunchalarni
kiritish va ta’riflash, tushunchalar orasidagi xossalarni bayon qilish, asosiy teoremalar
va ularni isbotlash, tayanch va asosiy masalalarni yechishga oid kompetensiyalarga ega
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |