Elementar matematikaning tanlangan boblari.
Elementar matematikaning tanlangan boblari fani matematikaning fundamental
bo‘limlaridan bo‘lib, uning poydevori hisoblanadi. Elementar matematikaning tanlangan
boblari matematikaning turli bo‘limlari (algebra, matematik tahlil, geometriya) asosida
o‘rganilib hamda boshqa sohalarni (fizika, astronomiya va h.k.) o‘rganishda, ularning
masalalarini yechishda muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘qitishdan maqsad birinchi
bosqich talabalarini matematikaning zaruriy ma’lumotlari majmuasi (tushunchalar,
tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan
tanishtirish hamda matematika yo‘nalishlarining uzviy bog‘liqliklarini o‘rganishdan
iboratdir. Ayni paytda u talabalarni mantiqiy fikrlashga, to‘g‘ri xulosa chiqarishga,
matematik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |