Nafas oluvchi ildizlar
botqoqlik yoki botqoqlashgan joyda o’suvchi
o’simliklarda uchraydi. Bunday ildizlar uchun ayerenxima to’qimasining kuchli
taraqqiy etganligi xarakterlidir. Nafas oluvchi ildizlar mangra o’simliklarida,
xususan Amerikada o’suvchi botqoqlik sarvisida uchraydi.
Ilashuvchi ildizlar
plyush o’simligi turlarida uchraydi. Ular novdalardan
qo’shimcha o’sib chiqadigan cho’tkasimon ildizlardir. Ilashuvchi ildizlarlari
yordamida o’simlik tik tayanchga ilashib yuqoriga tomon o’sib boradi. Ilashuvchi
ildizlar vanilda, fikusning ba'zi turlari va boshqalarda hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |