Tikanlar.
Ikki pallali o’simliklarning daraxtsimon va o’tsimon vakillarida
uchraydi. Novdaning tikanga aylanishi uning ma'lum darajada suv bug’latish
yuzasini kamaytiradi. Tikanlar bundan tashqari o’simlikni hayvonlar yeb
qo’yishidan himoya qiladi.
Jingalaklar.
Jingalaklar novdaning metamorfozi hisoblanib, ular ham o’simlikning
qisman bug’latish yuzasini kamaytiradi. Asosiy vazifasi biror substratga ilashishdir.
Jingalaklar uzumdoshlar, qovoqdoshlar va boshqa oila vakillarida uchraydi.
Xivichsimon (palaksimon) yashil novdalar. Ular Ispan droki, ritamalar va
boshqa o’simliklarda uchrab, barglarini erta to’kadilar (bahorning o’rtalari yoki
yozning boshlari), natijada novdalar barg vazifasini bajarishga o’tadi. Fotosintez
vazifasini yo’qotgan yer ustki stolonlar asosan vegetativ ko’payish vazifasini
bajargani uchun ba'zan ularni gajaklar (qulupnayda) deyiladi.
Poya ham odatdagi tuzilishli, o’sishi cheklanmagan polisimmetrik
tuzilishdagi o’simlikning vegetativ o’q organi bo’lib, unda barg va kurtaklar bo’ladi.
Poyaning asosiy vazifasi tayanch, mineral va organik moddalarni
o’tkazishdir, u barg bilan ildizlarni o’zaro bog’laydi. Bulardan tashqari ko’p yillik
poyalarda oz miqdorda bo’lsa ham oziq moddalar to’planadi. Epiderma ostida
xlorenxima to’qimasi bo’lgan yosh poyalar fotosintez jarayonida faol qatnashadi.
Yopiq urug’li o’simliklarning poya va ildiz uchlarida esa bir necha sondagi initsial
hujayralar uchratiladi. Ular sitoplazmasining quyuqligi va bir-birlariga nisbatan farq
qiladi. Poya va ildizda o’sish konuslarining tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Ildizning
nozik uchki meristemasi ildiz qini bilan o’ralgan. Uning o’sish konusida uch turdagi
hujayralar guruhini ajratish qabul qilingan: tashqi (dermatogen), o’rta (periblema)
va ichki (pleroma). Dermatogen qatlami hujayralarning antiklinal, ya'ni o’sish
konusi yuzasiga nisbatan perpendikulyar bo’linishi natijasida keyinchalik ildizning
birlamchi qoplovchi to’qimasi kelib chiqadi. Periblema qavati bir necha qator
hujayralardan iborat bo’lib, uning hujayralari periklinal, ya'ni o’sish konusi yuzasiga
nisbatan parallel bo’linadi va ulardan asosiy to’qima hosil bo’ladi. Pleroma
hujayralari turli yo’nalishda bo’linish xususiyatiga ega bo’lib, ulardan ildizning
mexanik va o’tkazuvchi to’qimalari shakllanadi. Poyaning o’sish konusi biri
ikkinchisini yopib turuvchi mayda barglar bilan o’ralgan. Ular poyaning uchki qismi
bilan birgalikda kurtak hosil qiladi. Poyaning o’sish konusida odatda ikki turdagi
hujayralar guruhi ajratiladi: tashqi qavat (tunika) va ichki (korpus). Tunika
hujayralari dermatogen hujayralariga o’xshash antiklinal bo’linish xususiyatiga ega
va ulardan poyaning epidermasi hosil bo’ladi. Korpus qavati hujayralari turli
yo’nalishda bo’linishi sababli ulardan poyaning birlamchi tuzilishiga xos bo’lgan
barcha to’qimalar kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |