keyingi barcha holatlarini uzil-kesil emas, balki ma’lum darajada taxminiy
belgilaydi. Taniqli logik va fan faylasufi Rudolf Karnap statistik qonuniyatlarni
tavsiflar ekan, turli sohalarning mutaxassislari u yoki bu voqeaning har xil
sabablarini ko‘rishlari mumkinligiga e’tiborni qaratadi. Masalan, yo‘l-transport
hodisasi bilan bog‘liq holda avtomobil yo‘llari muhandisi hodisa sababini yo‘lning
haddan tashqari sirpanchiqligida ko‘rishi mumkin. Yo‘l politsiyasi hodisa sababini
yo‘l harakati qoidasining buzilishida ko‘radi. Psixolog haydovchi kuchli ruhiy
hayajonlanish holatida bo‘lgan, deb xulosa chiqarishi mumkin. Muhandis
konstruktor, balki, avtomashina konstruksiyasida nuqson mavjudligini aniqlaydi.
Ayni holda murakkab vaziyatga tegishli ko‘p sonli komponentlar mavjud bo‘lib,
ularning har biri hodisaga agar bu komponent bo‘lmasa, halokat yuz bermagan
bo‘lur edi, degan ma’noda ta’sir ko‘rsatadi. Biroq buni birov oldindan bilganida, u
to‘qnashuvning oldini olishi mumkin edi.
Bunday tahlil natijasida quyidagi xulosaga kelish mumkin: sababiy munosabat yuz
berajak voqeani oldindan aytish mumkinligini emas, balki amalda uni oldindan
aytish mumkin emasligini anglatadi. «Agar voqeaga tegishli barcha faktlar va tabiat
qonunlari berilgan bo‘lsa, bu voqeani u yuz berishidan oldin bashorat qilish mumkin.
Bu bashorat faktlar va qonunlarning tadrijiy yakuni hisoblanadi. Boshqacha
aytganda, oldingi shartlar, ularga tegishli qonunlarning to‘la tavsifi va voqeani
bashorat qilish o‘rtasida mantiqiy munosabat mavjud. <...> Bu yerga biz statik
jarayonlarni ham (garchi kundalik hayotda bunday qilmasak-da) kiritishimiz
lozim»
2
, deb qayd etadi Karnap. Pirovard natijasiga ko‘plab omillar ta’sir
ko‘rsatuvchi statistik jarayonlar moddiy tizim holatlarining har qanday (o‘zgaruvchi
va o‘zgarmas) ketma-ketligini anglatadi.
Shunday qilib, odatda qonuniyatni aniqlashga qaratiladigan dunyoga ilmiy
yondashuv xususiyati statistik qonuniyatlarning atributivligini hisobga olishi lozim.
Ijtimoiy ong shakli sifatidagi fanning boshqa bir o‘ziga xos xususiyati shundaki,
rang-barang fanlar borliqning ob’ektiv (insondan tashqarida, insonga ham,
insoniyatga ham bog‘liq bo‘lmagan holda) mavjud hodisalari va jarayonlarini
o‘rganishni nazarda tutadi. Butun olam tortishish qonuni, kvadrat tenglamalar,
kimyoviy elementlar davriy jadvali, termodinamika qonunlari ob’ektivdir. Ularning
amal qilishi fikrlar va kayfiyatlar bilan ham, olimning shaxsi bilan ham
belgilanmaydi. Fan o‘z xulosalarini nazariyalar, qonunlar va formulalarda
ta’riflaydi. Shu tariqa u olimning o‘rganilayotgan hodisalarga va u yoki bu kashfiyot
olib kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy oqibatlarga individual, emotsional
munosabatini qavs tashqarisiga chiqaradi. Oqilona ilmiy bilim predmetli va shaxssiz
ob’ektivdir. Boshqacha aytganda, fan o‘z predmeti bilan bajaradigan barcha amallar
qonuniyatlar va muntazam kazual aloqalar nomidan yangi sifatda amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: