Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

Kashfiyot
. Ilmiy-ijodiy faoliyatning samarali mahsuli kashfiyotdir. Ilmiy izlanish 
jarayonida moddiy dunyoning ilgari noma’lum bo‘lgan ob’ektiv qonuniyat, xossa va 
hodisalarni ochishga kashfiyot deyiladi. Shuning uchun ham A.T.Shumilin “Ilmiy 
ijod bu kashfiyot va ixtiro qilishdan iborat murakkab jarayondir”
179
, - deb yozadi. 
Darhaqiqat,  kashfiyot  deganda  borliqdagi  haligacha  noma’lum  bo‘lgan  narsani 
sub’ekt tomonidan bilishga aytiladi. Ayni shu ma’noda, ijodiy izlanish jarayonida 
muayyan kashfiyotlar yuz beradi. Ularning orasida eng muhimi ilmiy kashfiyotdir. 
Mazkur ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lishini o‘rganuvchi soha evristika deb 
ataladi.  Darhaqiqat,  ilmiy-ijodiy  faoliyat  asosida  tadqiqotchi  muayyan  kashfiyot 
ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g‘oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsa, 
u kashfiyotga aylanadi.  
Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyon bo‘lish shaklidir.  Shu 
nuqtai  nazardan  qaraganda,  kashfiyot  o‘z  ob’ektlari  uch  xil  shaklda  namoyon 
bo‘ladi.  Bularning  birinchisi  qurilma  bo‘yicha  kashfiyotlar  bo‘lib,  unga  ma’lum 
konstruksiya  vositalari,  qurilmalarning  uzel  va  detallari,  ularning  joylashishi  va 
o‘lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Ikkinchisi esa usul bo‘yicha kashfiyotlar 
bo‘lib, unga texnologik jarayonlar, vositalar, yechimlar va parametrlar taalluqlidir. 
Uchinchisi  esa  ishlab  chiqarishga  qo‘llash  bo‘yicha  kashfiyotlar  bo‘lib,  unga 
ma’lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo‘yicha takliflar 
kiradi.  
Ilmiy  tadqiqot  faoliyatida  “yaratish”,  “kashfiyot”  va  “ixtiro”  kabilar  muhim 
metodologik  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunda  yaratish  ijodiy  sub’ekt  tomonidan  ijod 
natijasini  vujudga  keltirishni  anglatadi.  Ixtiro  –  sub’ekt  tomonidan  narsa,  hodisa, 
jarayonlarning ob’ektiv holatiga o‘ziga xos tarzda sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdir. 
Nazariya  yaratish  uchun  tajriba  asosida  qo‘lga  kiritilgan  dalilarni  shunchaki 
                                                 
179
 Қаранг: Шумилин А.Т. Проблемы теории творчества: Моногр. – М.: Высш. шк., 1989. – 143 с. 


jamlashning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun har doim muammoning mohiyatiga 
qaratilgan  ixtirochilik  layoqati  zarur  bo‘ladi.  Aksariyat  ixtirolar  sanoat  ishlab 
chiqarishi  yoki  kundalik  maishiy  turmush  talablaridan  kelib  chiqqan  holda 
yaratiladi.  Ayni  shu  ma’noda  odamlar  ehtiyojini  qanoatlantirishning  imkon  qadar 
tejamkor  yo‘llarini  topgan  insonni  ixtirochi  deb  atash  mumkin.  Kashfiyot  esa  – 
kashfiyotchidan  mustaqil  ravishda  mavjud  bo‘lgan  narsa,  hodisaning  sub’ekt 
tomonidan anglab yetilishidir.  
Ilmiy-  tadqiqot  jarayonida  kashfiyotni  ochish  bu  bajarilgan  ilmiy  ishning  ichida 
eng taraqqiy etgan, o‘zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega bo‘lgan va 
boshqalardan  jiddiy  farq  qilgan  unsurni  ajratish  demakdir
.  Ilmiy  tadqiqot 
jarayonida odatda kashfiyot ilmiy ishning ichida berkinib yotadi, muallif uni ocha 
bilishi  kerak  bo‘ladi.  Kashfiyotni  ochish  berilgan  ob’ektlar  guruhidagi  umumiy, 
foydali va yangi tomonlarni topish va uning boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, 
ijobiy tomonlarini ko‘rsatib berish ilmiy-ijodiy faoliyatning negizini tashkil qiladi.  
I.Saifnazarov, G.V.Nikitchenko va B.U.Qosimovlarning  fikricha, “Ilmiy kashfiyot 
ilmiy  ijodning  muhim  jihati  bo‘lib,  u  ilmiy  tadqiqot  ob’ekti  haqida  yangi  sifatli 
axborot olish, yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalarni aniqlash, fanning yangi 
sohalari  haqida  ma’lumotlar  olishda  namoyon  bo‘ladi”
180
.  O‘zlarining  mazkur 
yondashuvlari  orqali  mualliflar  ilmiy  kashfiyotni  ijodning  fandagi  oliy  ifodasi 
ekanligiga alohida e’tibor qaratadilar. Shu nuqtai nazardan, har qanday ilmiy yutuq 
yoki  kashfiyot  nafaqat  muayyan  predmet  mazmuniga,  balki  metodologik  jihatga 
ham  egadir.  Ilmiy-ijodiy  faoliyatda  qiziqarli  va  muhim  dalillarning  yangi 
manbalarini topish, kashf etish – olim ijodiy tafakkurining yorqin ko‘rinishi bo‘lib, 
ilmiy kashfiyot uning cho‘qqisini tashkil etadi.  
P.K.Engelmeyer ta’kidlashicha, “Kashfiyot – texnik masalalarni yechishning ilmiy 
asosidir”
181
. Shu nuqtai  nazardan, kashfiyot ko‘proq har bir izlanuvchiga cheksiz va 
tengsiz  lazzat  baxsh  etadigan  ma’naviy-ruhiy  hodisadir.  Zero,  buyuk  olimlar 
o‘zlarining kashfiyotlari bilangina emas, balki ularning faoliyati odamlarning juda 
ko‘p avlodlari uchun novatorlik hamda haqiqatga xizmat qilish namunasi bo‘lganligi 
tufayli ham madaniyatda sezilarli iz qoldirganlar. Ayni shu ma’noda, fandagi har bir 
kashfiyot sirli xilqat hisoblangan insonning buyukligini his qilish bilan barobardir. 
Fanning  ko‘p  asrlik  tarixi  kashfiyotlar  bilan  uzviylikka  ega.  Ilmiy  kashfiyotlar 
olimlarning  dalillarni  tizimga  solish  va  tasniflash  borasidagi  fidokorona  mehnati 
natijasida  yuzaga  keladi.  Darhaqiqat,  “Olimlik  og‘ir  mehnat  natijasidir.  ...olloh 
bergan ijodkorlik... bir foiz bo‘lsa, qolgan to‘qson to‘qqiz  foizi ijod va mashaqqatli 
mehnat natijasida amalga oshadi. Olimlik xislati kechayu-kunduz o‘ylovlar natijasi. 
Olimlik bu sinchkovliklar oqibati”
182
.  
Ilmiy  kashfiyot  sari  yo‘l  muammoli  vaziyatni  aniqlashdan  boshlanadi,  uni 
ta’riflashdan o‘tadi  va  bu vaziyatning  yechimini topish  bilan  yakunlanadi.  Ilmiy-
ijodiy faoliyat, biron-bir kashfiyot amalda qo‘llanilishi natijasida, ilmiy bilishning 
tegishli sohasi jadal sur’atlarda rivojlana boshlashini, texnikaning rivojlanishi fanda 
                                                 
180
 Қаранг: Саифназаров И., Никитченко Г.В., Қосимов Б.У. Илмий ижод методологияси. Ўқув қўлланмаси – 
Тошкент: Янги аср авлоди, 2004. 
181
 Энгельмейер П. К. Теория творчества. - С. Петербург, 1910. 
182
 Давронов З. Баркамолликка даъват мактублари. – Тошкент: Iqtisod-moliya, 2011 – Б.116. 


inqilob  yasashini  ko‘rsatadi.  Bunday  inqiloblarning  eng  kattasi  XIX  asrga  to‘g‘ri 
keladi.  Shuning  uchun  ham  P.Sorokin  “Faqat  birgina  XIX  asrdagi  kashfiyot  va 
yangiliklarning  o‘zi  oldingi  asrlardagi  kashfiyotlarning  hammasini  jamlagandan 
ham  ko‘pdir”
183
,  -  deb  yozadi.  Xususan,  bu  asrda  8527  ta  kashfiyot  amalga 
oshirilgan
184
.  
Ilmiy  kashfiyot  paytida  va  yangi  bilimlar  olishda  emotsiyalarning  roli  kattadir. 
Chunki  olimlar  o‘z  ilmiy-ijodiy  izlanishlari  haqida  bahs  yuritgan  paytda  yangi 
topgan  dalillari  haqida  hayajon  bilan  mulohaza  qiladi,  suyunadi,  hayratlanadi, 
qo‘rqadi, eziladi, iztirob chekadi  va mungli holatga tushadi ,  boshqalarga himmat 
ko‘rsatadi  yoki  xunob  bo‘ladi,  loqayd  bo‘ladi
185
.  Yaxshi  yoki  yomon  kayfiyatda 
bo‘ladi, ijod «to‘lg‘oqlari» bilan qiynaladi. Bu va bunga o‘xshagan boshqa baholash, 
qadrlash holatlari ilmiy faoliyatning konkret tarkibini aks ettiradi. Bulardan ma’lum 
bo‘ladiki,  ilmiy-ijodiy  faoliyatning  namoyon  bo‘lish  shakllari  o‘z  mazmun-
mohiyati, maqsadi va vazifasiga ko‘ra farqlanadi. Shuning uchun ham ilmiy-ijodiy 
faoliyatni tushunish va tushuntirishda uning namoyon bo‘lish shakllariga doir turli 
konseptual  qarashlarni  qiyosiy  tahlil  qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Chunki  inson 
ilmiy  ijodning  bunday  shakllari  asosida  tabiat,  jamiyat  va  o‘z-o‘zi  haqida  fikr 
yuritishning  yangidan  yangi  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Bu  esa  insonni  haqiqatni 
bilish  faoliyatida  ilmiy  yondashuvning  ko‘pxilliligini  ta’minlashga  olib  keladi. 
Darhaqiqat,  Shelling  “Ilmiy  ijod  bu  inson  hayotiy  faoliyatining  oliy  shakli 
hisoblanadi”
186
, -deb yozadi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish