Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

N.Shermuxamedova dalillarni 
ob’ektiv va sub’ektiv asoslarga ko‘ra farqlash mumkin, deb ta’kidlab o‘tadi
176

Bizning  fikrimizcha,  ob’ektiv  dalil  bu  empirik  daraja  eksperiment  va  kuzatishlar 
natijasida  olinadi.  Sub’ektiv  dalil  esa  mazkur  voqea  hodisalarning  sub’ekt 
tomonidan nazariy tahlil qilishdir. Shuningdek, dalil ilmiy bilish standartlariga to‘la 
mos  keluvchi  turli-tuman  asoslarga  tayanadi.  Hatto,  u  ilmiy  bilish  chegarasini 
aniqlab  olishga  yordam  beruvchi  ilmiy  bilish  shakli  hisoblanadi.  Ilmiy  dalil  ham 
olimga  yangi,  haqqoniy  ilmiy  bilim  olishiga  ko‘malashuvchi  muhim  omil 
hisoblanadi.  Ayni  shu  ma’noda,  dalillarni  topish,  olish  va  anglab  yetish  ilmiy 
ijodning uzluksiz jarayon ekanligini belgilaydi.  
                                                 
173
 Сауров С. Ю. Научная гипотеза в контексте методологии естествознания / С. Ю. Сауров. - Киров : ВятГГУ, 
2009 (Киров : Старая Вятка). - 166 с.  
174
 Қаранг: Саифназаров И., Никитченко Г.В., Қосимов Б.У.  Илмий ижод методологияси. Ўқув қўлланмаси – 
Тошкент: Янги аср авлоди, 2004. 
175
 Қаранг: Лейбниц Г.В. Сочинения в 4-х т. Т. 1. М, 1982. С. 16.  
176
 Қаранг: Шермухамедова Н.А. Гносеология - билиш назарияси. – Тошкент: Noshir, 2011.– Б. 179-183. 


Kogerent  nazariyaga  muvofiq  «dalil»  -  bu  biluvchi  sub’ektning  haqiqiy  deb  tan 
olgan  narsalaridir.  Bunda  sub’ektning  mavjud  bo‘lgan  ishonchlari  sistemasi 
(birgalikdagi)  ichki  kelishilgan  sistema,  deb  qaraladi.  F.Bekon  o‘z  bilish 
nazariyasida  empirik  dalilarning  ahamiyatini  ulug‘laydi.  Uning  fikricha,  “Sof 
empirik olim chumoliga o‘xshab faqat dalillarni yig‘ishi va ular bilan kifoyalanadi, 
sof ratsionalist, nazariyotchi esa, aksincha, dalillarga e’tibor bermay, o‘rgimchakka 
o‘xshab o‘z-o‘zidan nazariy to‘r to‘qiydi, biroq haqiqiy olim asalariga o‘xshab har 
xil gullardan material yig‘adi va ularni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etadi”
177
. Bunda 
mazkur dalillar yordamida nazariyaga aniqlik kiritish yoki aksincha, uni eskirgan va 
o‘z ahamiyatini yo‘qotgan deb topish talab etiladi. Ayni shu ma’noda, ilmiy dalil 
empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Biroq dalillar nazariyani belgilamaydi, balki 
nazariya  o‘zining  anglab  yetilgan  tajribasiga  kirishi  mumkin  bo‘lgan  u  yoki  bu 
dalillarni tanlaydi. Shuning uchun ham A.Eynshteyn “Fan dalillardan boshlanishi va 
boshlanish  bilan  tugallanish  o‘rtasida  qanday  nazariy  tuzilmalar  bo‘lishidan, 
tuzilishidan qat’i nazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim”
178
 degan xulosaga keladi. 
Mazkur fikr muayyan darajada to‘g‘ri. Chunki ilmiy dalil o‘zining ishonchliligini 
talqinlarining rang-barangligidan qat’i  nazar o‘z mazmun-mohiyatini saqlab qoladi. 
Dalillarni  umumlashtirish  tahlil,  sintez  qilish,  tiplarga  ajratish,  birlamchi 
tushuntirish  sxemalaridan  foydalanish  va  hokazolar  asosida  amalga  oshiriladi. 
Dalillar  saralab  olingani,  tasniflangani,  umumlashtirilgani  va  tushuntirilganidan 
keyingina ilmiy ahamiyat kasb etadi. 
Nazariya
 – 
bu tabiat va jamiyat qonunlarining tushunishgagina emas, balki unga 
faol  ta’sir  etib  aqliy  asosda  o‘zgartirishlar  kiritish  haqidagi  ilmiy  g‘oyalar 
to‘plamidir
. Ilmiy bilishda nazariya hodisalarning muayyan turkumi, bu turkumdagi 
hodisalarning mohiyati va ularga nisbatan amal qiladigan borliq qonunlari haqidagi 
bilimlarning mantiqiy asoslangan va amaliyot sinovidan o‘tgan tizimi sifatida ham 
talqin  etiladi.  U  o‘rganilayotgan  hodisalarning  mazmunini  yorituvchi  tabiat  va 
jamiyat  umumiy  qonunlarining  kashf  etilishi  natijasida  shakllanadi.  Nazariya 
tarkibiga  uning  asoslari  sifatida  mavjud  bo‘lgan  va  yuzaga  kelishini  belgilagan 
barcha  elementlar  kiradi.  Dastlabki  nazariy  negiz,  ya’ni  jamuljam  holda  tadqiqot 
ob’ekti haqida umumiy tasavvurni, ob’ektning ideal modelini tashkil etuvchi ko‘p 
sonli  tamoyillar,  aksiomalar,  qonunlar  nazariyaning  ajralmas  tarkibiy  qismi 
hisoblanadi.  Nazariy  model  ayni  vaqtda  asosiy  nazariy  tamoyillar  tizimiga 
tayanuvchi kelgusi tadqiqotlar dasturi hamdir.  
Hozirgi  kunda  sub’ektning  faolligiga  hech  kim  shubha  qilmaydi.  Chunki  turli-
tuman  nazariyalarning  hammasi  insonning  mehnat  mahsulidir.  Ilmiy-ijodiy 
izlanishlarda  nazariya  tushuntirish,  bashorat  qilish,  amalda  sinash  va  sintez  qilish 
kabi  muhim  funksiyalarni  bajaradi.  Jumladan,  nazariya  ilmiy  dalillar  tizimini 
tartibga  soladi,  ularni  o‘z  tarkibiga  kiritadi  va  o‘zini  tashkil  etuvchi  qonunlar  va 
tamoyillardan  oqibatlar  sifatida  yangi  dalillarni  yaratadi.  Puxta  ishlab  chiqilgan 
nazariya  fanga  ma’lum  bo‘lmagan  hodisalar  va  xossalarni  bashorat  qilish 
imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Nazariya  odamlar  amaliy  faoliyatining  negizi  bo‘lib 
                                                 
177
 Қаранг: Бэкон Ф. Сочинения в 2 т-х. – М.: Мысль, 1977. - 567 с. 
178
 Эйнштейн А. Теория относительности. Избранные работы.  — Ижевск: Научно-изд. центр «Регулярная и 
хаотическая динамика», 2000. — 224 с. 


xizmat  qiladi,  ularga  tabiiy  va  ijtimoiy  hodisalar  dunyosida  yo‘l  ko‘rsatadi. 
Nazariyada  ilmiy  g‘oyalar,  ya’ni  unda  aks  ettirilgan  ob’ektlar  turkumi  doirasida 
amal  qiluvchi  fundamental  qonuniyatlar  haqidagi  bilimlar  markaziy  o‘rinni 
egallaydi.  Ilmiy  g‘oya  mazkur  nazariyani  tashkil  etuvchi  qonunlar,  tamoyillar  va 
tushunchalarni  mantiqan  izchil  yaxlit  tizimga  birlashtiradi.  Odatda  sabablarni 
aniqlash  o‘rganilayotgan  ob’ektning  mohiyatini  ochish  bilan  bog‘liqdir. 
Nazariyaning vazifasi sababni aniqlagan holda hodisaning tabiatini tushuntirishdan 
iborat. 
Ilmiy  nazariyani  shakllantirishda  unda  foydalaniladigan  atamalarni  aniqlash 
muhim. Aniqlash protseduralari ikki asosiy vazifani bajaradi: 1) mavjud nazariyaga 
yangi atamalarni kiritish; 2) biror atamani uni boshqa atamalar vositasida tavsiflash 
orqali  ma’nosini  namoyon  qilish.  Shunga  mos  ravishda  ikki  kompleks  masala 
yuzaga  keladi:  atamalar kiritishga oid  masalalar va  atamalarning  boshqa  atamalar 
orqali aniqlanishiga oid masalalar. Shunday ham bo‘lishi mumkinki, nazariyaning 
biror  atamasi  «ortiqcha»lik qiladi.  Bunda bu  atamaga  tegishli tushunchani  qolgan 
tushunchalar orqali ifodalash mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, nazariyani 
boshqa  atamalar  orqali  aniqlanmaydigan  atamalar  sonini  kamaytirish  yo‘li  bilan 
soddalashtirish mumkin.  
Qonun.
  Ilmiy-ijodiy  faoliyatda  qonunning  o‘rni  muhim  hisoblanadi.  Falsafiy 
adabiyotlarda  qonun  tushunchasining  mazmun-mohiyatini  ochib  berishda, 
avvalambor, uning mohiyat tushunchasi bilan bog‘liqligiga, qonuniyat va tendensiya 
(rivojlanish)  tushunchalariga,  gnoseologik  tomondan  esa  –  gipoteza  (faraz), 
nazariya,  model  tamoyiliga  e’tibor  qaratiladi.  Biroq  qonunning  voqea-hodisalar 
orasidagi qarama-qarshilik holatlarini (tasodifiy, ahamiyatsiz, tartibsiz va h.k.) bir-
biriga  bog‘lovchi  mustahkam  takrorlanuvchan,  zarur,  ahamiyatli,  aloqa  sifatida 
solishtirish  umumiy  masalaning  yechimini  topib  bera  olmaydi.  Chunki  qonunni 
faqat  alohida  olingan  qarama-qarshi  xususiyatlar  bilan  emas,  balki  bu 
xususiyatlarning  majmuasi,   deb  solishtirgan  holatdagina  biz  qonun  dialektikasini 
ko‘rsatib  o‘tilgan  xususiyatlar  kompleksi  sifatida  tushunishimiz  mumkin.  Har 
qanday  qonun  aniq  sabablar  asosida  shakllanadi.  Shu  ma’noda,  qonun  nisbiy 
doimiylikni  ifodalaydi.  Qonun  mohiyatning  barqaror  alomatlarining  takrorlanishi 
hamda barcha jabhalardagi munosabatlarning mustahkamligini ifodalaydi. Turg‘un 
bo‘lmagan tashqi belgilarning o‘zgarishi qonunning tabiatini o‘zgartirmaydi. Qator 
narsalarning  barqaror  belgilari  takrorlanib  turar  ekan,    bu  narsalarga  umumiy 
qonunlar  xosdir.  Bir  toifadagi  narsalar  uchun  umumiylikning  mavjudligi  tufayli 
ularning harakati va faoliyati  ma’lum  bir doimiylik, takroriylik  bilan  tavsiflanadi, 
ya’ni ularning o‘zgarishiga ma’lum bir yo‘nalish xosdir.  
Qonunning  mavjudligini  tashkil  etuvchi  barcha  omillar  unga  nisbatan  zaruriyat 
bilan  tavsiflanadilar  va  bunday  qonunga  noaniqlik  xos  emas.  Qonun  narsalar 
orasidagi  turg‘un  munosabatlar  o‘rnatilishini  bildiradi.  Qonun  –  tabiat  va 
jamiyatdagi voqea, hodisa hamda jarayonlar o‘rtasidagi munosabat hamdir. Qonun
 
– ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikning shakli, biror bir 
narsaning  zaruriy  ravishda  paydo  bo‘lishini  ifodalovchi  tushuncha.  Qonunni 
qonuniyatlardan ajrata bilish kerak. Albatta, qonun va qonuniyat bir xil turdagi, bir 
darajali  tushunchalardir.  Ularning  har  ikkovi  voqelikning  ichki  aloqalarini, 


rivojlanishini aks ettiradi. Lekin ular o‘rtasida farq ham bor. Qonun qonuniyatning 
muayyan bir tomonini ifodalaydi. Qonuniyat hodisalarning muayyai sohasidagi yoki 
olamdagi qonunlarning majmuidir. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish