46
kompaniyaning daromadlardagi ulushi kamayib borsada nazorat
to‘liq saqlab qolinadi.
Boshqa firmalar ustidan nazoratni saqlab qolish uchun oilaviy
biznes-guruhlar o‘zaro teng bo‘lmagan miqdorda ovoz berish
huquqini beruvchi aksiyalarni muomalaga chiqaradilar. Ya’ni
birjada joylashtiriladigan aksiyalar bo‘yicha ovozlar soni oilaviy
firma egalik qiladigan ovoz berish huquqini beruvchi aksiyalar
soniga nisbatan kam bo‘ladi. Barcha ovoz beruvchi aksiyalar oilaviy
kompaniya nazoratida saqlab qolingan holda qo‘shimcha resurslar
jalb qilish maqsadida imtiyozli aksiyalar muomalaga chiqarish
holatlari ham ko‘p uchraydi. Bunday holatda direktorlar
kengashiga a’zolarni saylash bo‘yicha hech qanday muammoli holat
kuzatilmaydi. Oilaviy biznes guruhlarda piramida tuzilmasi bo‘yicha
ikkilamchi toifadagi aksiyalar chiqarish amaliyoti nazorat tizimini
mustahkamlash imkonini beradi. Oilaviy biznes guruhni tashkil
etish bo‘yicha piramida (vertikal) tuzilmada o‘zaro aksiyaga egalik
qilish orqali gorizontal tuzilmadan ham foydalaniladi. Bunda quyi
tizimdagi barcha firmalar o‘zaro aksiya almashinuvi orqali
faoliyatini tashkil etadilar. Oilaviy kompaniya esa bosh kompaniya
sifatida yuqoridan turib barcha kapitalga egalik qilgan holda to‘liq
nazoratni amalga oshiradi. Pul oqimlarini qayta taqsimlash
transfert narxlari shakllanishi usulida amalga oshiriladi. Bundan
tashqari o‘zaro sug‘urtalash va bir-birini moliyalashtirish amal
qiladi.
Umumiy holda “Ushbu kompaniyalarning ba’zilari yuqori
diversifikatsiyalangan guruhlardan va katta kuchga ega bo‘lgan
bo‘ysunuvchi firmalardan iborat bo‘lib, ularning yuqori turuvchi
boshqaruvchi mulkdori oilaga asoslangan kichik guruhdan iborat
bo‘ladi”
25
.
Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli komponentlari va
boshqaruv tuzilmasi oilaviy biznesning rivojlanish bosqichlariga
mos ravishda o‘zgarib boradi. Oilaviy biznes rivojlanishi va uni
boshqarish odatda asosiy 3 ta bosqichga ajratiladi:
1.
Asoschi davri.
2.
Birodarlar (aka-ukalar) hamkorligi davri.
3.
Qarindosh urug‘larning (3-avlod) konfederatsiyasi davri
26
.
Lekin, barcha oilaviy bizneslar ham yuqoridagi uchta
bosqichdan o‘tishi zarur yoki o‘tadi degani emas. Chunki, ba’zi
bizneslar birinchi bosqichdayoq turli sabablarga ko‘ra bankrotlikka
25
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press,
2012. – P. 162.
26
John Ward, Creating Effective Boards for Private Enterprises (Family Enterprise Publishers, 1991); Kelin
E. Gersick, John A. Davis, Marion McCollom Hampton, Ivan Lansberg, Generation to Generation: Life
Cycles of the Family Business (Harvard University Press, 1997).
47
uchrashi va yopilib ketishi yoki biznes tuzilmalari tomonidan
qo‘shib olinishi mumkin. Har bir bosqich xususiyatlari bo‘yicha
quyida umumiy holda ko‘rib chiqamiz (2.3-jadval).
2.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: