Oilaviy biznesdagi bandlik masalasida oilani yoki biznesni
ustun qo‘yish holatlari
Mavjud holatlar
Oila birinchi bo‘lgan
holatda
Biznes birinchi bo‘lgan
holatda
Oila a’zolarining
bandligini ta’minlash
Malakasidan qat’i nazar
oila a’zolarining bandligini
ta’minlash
Har qanday ishga qabul qili-
nuvchilar uchun malakaga
asoslangan ishga yollash
Rag‘batlantirish
Tajriba va natijadorligidan
qat’i nazar hammaga bir xil
to‘lov
Tajriba va natijaga asoslangan
ish haqi va rag‘batlantirish
tizimi
Rahbarlik
Munosiblik va malakasidan
qat’i nazar oilada kattalar
rahbarligiga asoslanish.
Kelib chiqishidan qat’i nazar
munosiblik va malakaga asos-
langan
holda
rahbarlikka
tayinlash.
Resurslarni
taqsimlash
Biznes resurslari shaxsiy
ehtiyoj uchun ishlatiladi
Biznes resurslari faqat biznes
uchun
ishlatiladi
–
oila
ehtiyojlarini
qanoatlantirish
uchun alohida rezerv fondi
tashkil etiladi
Qaror qabul qilish
Bir tomonlama va oilaning
eng katta a’zosiga markaz-
lashgan.
Har tomonlama boshqaruv
tuzilmasiga
mos
ravishda
amalga oshiriladi.
Odatda oilaviy biznes rivojlanib borishi bilan hamda turli
ehtiyoji mavjud oila a’zolarning turli rollarni bajarishi natijasida
ushbu masala yanada murakkablashib boradi. Oilaviy biznesda
mulkdor hisoblangan oila a’zosi boshqa funksiyalarni ham bajarishi
mumkin. Masalan quyidagicha:
-
faqat mulkdor;
-
mulkdor/menejer;
-
mulkdor/oila a’zosi;
-
mulkdor/oila a’zosi/menejer;
-
mulkdor/direktor;
-
mulkdor/oila a’zosi/direktor;
-
mulkdor/oila a’zosi/direktor/menejer.
Oilaviy biznesning menejerlari biznes doirasidagi ularning
boshqa rollariga bog‘liq holda turli xildagi motivlari mavjud bo‘ladi.
Ushbu jabhada umumiy muammo oila a’zosi bo‘lgan va bo‘lmagan
menejerlarga nisbatan turli xildagi munosabatdir. Aksariyat oilaviy
bizneslarda asosiy menejment lavozimlarini barchasi yoki bir qismi
qat’i ravishda oila a’zolari uchun band qilib qo‘yiladi. Ushbu holat
kelgusida qancha ishlashidan qat’i nazar hech qachon ijroiya
organda ishlay olmasligini biladigan oila a’zosi bo‘lmagan
52
menejerlarning motivatsiyasi va samaradorligiga ta’sir qiladi.
Natijada, ko‘pchilik oilaviy bizneslar malakali tashqi menejerlarni
jalb qilish va saqlab qolish masalasida doimo qiynalishadi. Aniq va
adolatli (oila a’zosi bo‘lgan va bo‘lmaganlar uchun) bandlik
siyosatining shakllantirilishi oilaviy biznesga ularning eng yaxshi va
malakali xodimlarni rag‘batlantiriish va biznes rivojlanishidan
manfaatdor tarzda ushlab turishni oson qilib qo‘yadi. Bunday
siyosat u oila a’zosi bo‘lish bo‘lmasligidan qat’i nazar ishchining
xohishlarini ularning samaradorligiga bog‘liq qilib qo‘yadi.
Boshqaruv tizimining takomillashganligi nuqtayi nazaridan
“Sizning oilaviy biznesingiz quyidagi mexanizm va amaliyotlarga
egami?” nomli o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari quyidagicha bo‘lgan
(2.6-rasm).
2.6-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |