Korporativ ijtimoiy mas’uliyat
– korporatsiya faqatgina
aksiyadorlardan iborat emas, shu boisdan qaror qabul qilishda
ishchilar, kreditorlar, iste’molchilar va umuman butun jamiyat
manfaatlari ham inobatga olinishi kerak;
Korporativ maslahatchi
– aksiyadorlik jamiyatining ustaviga
asosan kuzatuv kengashiga hisobdor va korporativ qonun
hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish vazifasini bajarish
uchun joriy etiladigan lavozim;
Korporativ moliya –
korxonaning pul mablag‘lari doiraviy
aylanishi jarayonida kapital, daromadlar va pul fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq keng doiradaga
pul munosabatlarini qamrab oluvchi moliya tizimining mustaqil
sohasi;
Korporativ nizolar
– korporativ munosabatlar subyektlari
o‘rtasidagi manfaatlar qarama-qarshiligi, ziddiyatlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |