Mas’uliyati cheklangan jamiyat
– bir yoki bir necha shaxs
tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari
bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat;
Milliy
birlashishlar
–
bitta
davlatda
joylashgan
kompaniyalarning o‘zaro birlashishi;
Minoritar
aksiyadorlar
—
aksiyadorlarning
umumiy
yig‘ilishida ishtirok etishi va ovoz berishi yig‘ilish kun tartibidagi
masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalariga ta’sir o‘tkazmaydigan
aksiyalar egalari;
Minoritar
aksiyadorlar
qo‘mitasi
–
minoritar
aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
maqsadida aksiyadorlik jamiyatida ularning orasidan tashkil etilishi
mumkin bo‘lgan qo‘mita;
Moliya bozori
– moliyaviy instrumentlar yordamida pul
mablag‘lari
oqimlarini
investorlardan
foydalanuvchilarga
yo‘naltirishga xizmat qiluvchi barcha bozor institutlari majmui;
Do'stlaringiz bilan baham: |