36
- xorijiy investorlarning faol ishtiroki.
Korporativ boshqaruvning german modelida direktorlar
kengashi ikki palatali, ya’ni mustaqil direktorlardan tashkil topgan
kuzatuv kengashi va menejerlardan iborat ijroiya organi. Ular
o‘rtasida funksiyalar, vakolatlar, javobgarlik aniq taqsimlangan
holda belgilab qo‘yilgan. Kuzatuv funksiyasi qaror qabul qilish
funksiyasidan ajratilgan.
Ikki palatali direktorlar kengashining amal qilishi autsayderlar
manfaatlarini himoya qilishni kafolatlamaydi, shunga ko‘ra
ko‘pincha kengash nazoratni amalga oshiruvchi emas, balki
maslahatchi funksiyasini bajaruvchi boshqaruv raisi yonidagi organ
sifatida ko‘zga tashlanadi.
Germaniyada
direktorlar
kengashining
bosh
maqsadi
aksiyadorlarning alohida guruhlari manfaatlarini himoya qilish
emas, balki umumiy holda korporatsiya raqobatbardoshligini
oshirish hisoblanadi.
Kengash tuzilmasi va son tarkibi korporatsiya ustavida emas,
balki qonunchilik asosida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra kuzatuv
kengashi a’zolari soni 20 kishi bo‘lishi kerak va uning son tarkibi
o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bank vakillari uning a’zolari bo‘lishi
mumkin.
Aksiyadorlar soni 500 tadan kam bo‘lgan, faoliyat ko‘lami yirik
bo‘lmagan korporatsiyalarda yalpi kuzatuv kengashi aksiyadorlar
tomonidan saylanadi. Aksiyadorlar soni 500 tadan 2000 tagacha
bo‘lgan o‘rta tipdagi korporatsiyalarda kuzatuv kengashi tarkibining
uchdan bir qismi, 2000 dan ortiq aksiyadorlarga ega yirik
korporatsiyalarda esa yarmi (20 tadan o‘ntasi)ni aksiyadorlar
saylaydi. Kengashning qolgan a’zolari mehnat jamoasi tarkibidan va
kasaba uyushmalari tashkilotlaridan saylanadi. Ya’ni “kuzatuv
kengashi a’zolarining yarmi ishchi-xodimlardan shakllantiriladi”
15
va bunday yondashuv manfaatlar muvozanatiga erishish imkonini
beradi.
Kuzatuv kengashi ijroiya kengashi a’zolarini besh yillik
muddatga tayinlaydi, lekin shartnoma muddatidan oldin bekor
qilinishi mumkin. Ijroiya organi bevosita korporatsiya faoliyatiga
javobgar sifatida umumiy nazoratni amalga oshiradi, korporatsiya
hisobotlarini, katta miqdordagi kapital qo‘yilmalarini, strategik
qarorlarni, aktivlarni sotib olish yoki qo‘shib olish amaliyotlarini
tasdiqlaydi. Bunday qarorlar qabul qilish qonunga asosan tartibga
solinadi. O‘z navbatida ijroiya kengashi (boshqaruv) menejerlardan
tashkil topadi va kuzatuv kengashi oldida hisobdor hisoblanadi.
15
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press,
2012. – P. 157.
37
German modelida quyidagi masalalar aksiyadorlar tomonidan
ma’qullanishi talab etiladi:
- sof foydani taqsimlash;
- katta miqdordagi xarajatlar to‘g‘risidagi qarorlar;
- ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
- menejerlarni rag‘batlantirishning yuqori chegarasini oshirish;
- birlashishlar, qayta tashkil etishlar va boshqalar.
German modeli insayderlar, kompaniya menejerlarining
samarali nazorati, yuqori barqarorlikka ega ichki va tashqi
munosabatlar, bankrotlik riski nisbatan pastligi, turli xil nizolar
yuzaga kelish ehtimoli pastligi bilan ham tavsiflanadi. Shuning
uchun kompaniyalarni uzoq muddatli rivojlantirish masalalariga
ustuvor darajada e’tibor qaratiladi. Yana bir xususiyat bu
mutaxassislar, xususan menejerlar bilim va malakasiga juda yuqori
darajada talablar qo‘yilganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: