O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 Manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

 

7.4. Manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish  

va bartaraf qilish 

 

Kompaniyada  vujudga  kelgan  manfaatlar  qarama-qarshiligini 

boshqarish  va  bartaraf  etish  uchun  kompaniyaning  boshqaruv  va 

nazorat 


organlari, 

mansabdor 

shaxslari 

va 


xodimlari 

kompaniyaning  manfaatlariga  mos  keladigan  sudga  murojaat 

qilishgacha bo‘lgan qonuniy va asoslangan yechim qidiradi.  

Kompaniya  Boshqaruvi  raisi  aksiyadorlar  va  boshqalar 

tomonidan  boshqaruv  va  nazorat  organlari,  korporativ  kotib  va 

barcha  tarkibiy  bo‘linmalarga  kelib  tushadigan  yozma  va  og‘zaki 

talabnoma, xat va arizalarning hisobini yuritilishi hamda o‘z vaqtida 

ko‘rib chiqilishini ta’minlashi lozim.  

Korporativ  qarama-qarshiliklarning  hisobini  yuritish  vazifasi 

kompaniyaning  aksiyadorlar  bilan  korporativ  munosabatlar 

boshqarmasi  mutaxassisiga  yuklatiladi.  Bu  mutaxassis  korporativ 

qarama-qarshilikka  oldindan  baho  berib,  masalaning  mohiyatidan 

kelib  chiqib  unga  oydinlik  kirituvchi  hujjatlarni  tayyorlaydi  va 

kompaniya kuzatuv kengashi roziligi bilan ushbu masalani yechish 

vakolati mavjud tarkibiy tuzilmaga taqdim etadi.  

Kompaniyaning  korporativ  mutaxassisi  tez-tez  takrorlanib 

turuvchi masalalarni tahlil qiladi, tahlil natijalari bo‘yicha qarama-

qarshilikka kirishgan barcha taraflarga qo‘shimcha axborot berish, 

yoki  bermaslik  to‘g‘risida  qaror  qabul  qiladi  yoki  kompaniya 

kuzatuv kengashi raisiga bu kabi manfaatlar qarama-qarshiligining 

kelib  chiqishiga  sabab  bo‘layotgan  ichki  tartib  va  qoidalarni 

o‘zgartirish,  qarama-qarshilikni  kelib  chiqishini  bartaraf  qiluvchi 

boshqa takliflarni beradi.  

Taraflar  yoki  boshqa  manbalardan  qarama-qarshilik  holati 

bo‘yicha  axborotga  ega  bo‘lgan  xodim  zudlik  bilan  bu  to‘g‘rida 

mansab  lavozimi  bo‘yicha  o‘zidan  yuqori  xodimni  ogohlantirishi 




 

156 


shart.  Agar  qarama-qarshilikni  tarkibiy  tuzilma  miqyosida  yechish 

imkoniyati  bo‘lmasa  tarkibiy  tuzilma  rahbari  bir  ish  kuni  ichida 

kompaniya  Boshqaruvi  raisi,  yoki  uning  o‘rinbosarini  qarama-

qarshilik,  uning  kelib  chiqishiga  sababchi  bo‘lgan  omillar  hamda 

uni  bartaraf 

qilish 


uchun 

ko‘rilgan 

choralar 

to‘g‘risida 

ogohlantirishi  shart.  Kompaniya  Boshqaruvi  raisi,  yoki  uning 

o‘rinbosari  manfaatlar  qarama-qarshiligini  bartaraf  qilish  usulini 

belgilaydi  va  mas’ul  shaxs  belgilaydi.  Zarur  hollarda  esa  qarama-

qarshilikni bartaraf qilish uchun komissiya tuzilishi mumkin.  

Manfaatlar 

qarama-qarshiligini 

bartaraf 

qilish 


uchun 

belgilangan  mas’ul  xodim,  yoki  komissiya  qarama-qarshilikni 

bartaraf  qilishning  barcha  choralarini  ko‘radi.  Agar  uni  bartaraf 

qilish  imkoniyati  bo‘lmasa,  kompaniya  Boshqaruvi  raisi  ushbu 

masalani Boshqaruv yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi va kompaniya 

kuzatuv kengashiga to‘liq axborot taqdim qiladi.  

Boshqaruv  tomonidan  manfaatlar  qarama-qarshiligi  bo‘yicha 

taqdim  qilingan  axborot  kompaniya  kuzatuv  kengashi  tomonidan 

manfaatlar  qarama-qarshiligining  kompaniya  faoliyatidagi  ta’siri, 

uning  hajmi  va  boshqa  shu  kabi  ko‘rsatkichlaridan  kelib  chiqib 

uning  navbatdagi  yig‘ilishi  muhokamasiga  kiritadi,  yoki  ushbu 

masalani  zudlik  bilan  hal  qilish  maqsadida  navbatdan  tashqari 

yig‘ilish chaqirishi mumkin.  

Kompaniya  Boshqaruvi  raisi,  yoki  uning  o‘rinbosari 

manfaatlariga  ta’sir  qiluvchi  yoki  ta’sir  qilgan  har  qanday 

manfaatlar  qarama-qarshiligi  to‘g‘risidagi  axborot  3  ish  kuni 

muddatda  kompaniya  kuzatuv  kengashi  muhokamasiga  kiritilishi 

va  uning  bartaraf  qilish  uchun  qabul  qilingan  qaror  ijrosini 

ta’minlash va nazorat qilish uchun aniq shaxslar belgilanishi lozim.  

Vujudga kelgan manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish va 

bartaraf  qilishda  kompaniyaning  qabul  qilingan  ichki  hujjatlariga 

o‘zgartirish  kiritish,  yoki  yangi  tartib  qabul  qilinishi  lozim  bo‘lsa 

kompaniya  kuzatuv  kengashi,  yoki  Boshqaruvi  o‘z  vakolat 

doiralaridan kelib chiqib tegishli qaror qabul qilishlari lozim.  

Kompaniyaning  boshqaruv  organlari  vujudga  keladigan  har 

qanday  manfaatlar  qarama-qarshiligini  bartaraf  qilish  uchun 

quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:  



 

157 


-vujudga  keladigan  manfaatlar  qarama-qarshiligini  imkon 

qadar tez aniqlashi va uning vujudga kelish sabablarini o‘rganishi;  

-kompaniyaning 

boshqaruv 

organlari 

vakolatlari 

va 

javobgarligini aniq chegaralashlari;  



-manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf qilish bo‘yicha mas’ul 

xodimni belgilashi, lozim hollarda esa komissiya tuzishlari;  

-imkon  qadar  tezkorlik  bilan  manfaatlar  qarama-qarshiligi 

bo‘yicha  kompaniyaning  manfaatlaridan  kelib  chiqib,  uning 

qarashlarini  aniqlash,  kompaniya  manfaatlarining  himoyasi 

bo‘yicha  qarorlar  qabul  qilish  va  qarama-qarshilikdan  manfaatdor 

taraflarga yetkazish;  

-manfaati  kompaniya  manfaati  bilan  qarama-qarshi  kelgan 

tarafga  kompaniyaning  asoslangan  nuqtayi-nazari  aks  ettirilgan 

to‘liq va asoslangan javob berish, manfaati qarama-qarshi tomonga 

ularning  talablarini  ijro  etilmasligi  bo‘yicha  qonunchilik,  normativ 

hujjatlar,  kompaniya  ustavi,  yoki  ichki  hujjatlar  talablaridan  kelib 

chiqib, ularga asosan javob berish;  

-manfaatlar  qarama-qarshiligini  bartaraf  qilishga  ishtirok 

etuvchi  mas’ul  shaxslar  ularning  yoki  ularning  oila  a’zolarining 

manfaatlarini  ham  keltirib  chiqarishi  mumkin  bo‘lgan  yoki  keltirib 

chiqaradigan holatlar bo‘yicha zudlik bilan ma’lum qilish;  

-manfaatdor 

shaxslarni 

manfaatlar 

qarama-qarshiligi 

holatlarini  boshqarish  va  bartaraf  qilish  jarayoniga  ishtirok 

etmasligini ta’minlash.  

Aksiyadorlar, kompaniya boshqaruvi organlari va aksiyadorlar 

o‘rtasida vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligini tartibga 

solish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:  

-kompaniya  aksiyadorlari  o‘rtasida  vujudga  keladigan 

manfaatlar  qarama-qarshiligini  tartibga  solishda  kompaniya 

kuzatuv  kengashi  mustaqil  a’zosining  vositachi  sifatida  ishtirok 

etishi;  

-mas’ul  xodim  manfaatlari  zid  kelgan  aksiyadorlar  o‘rtasida 

ziddiyatga  tegishli  o‘zida  mavjud  axborotlarni  taqdim  qilgan,  yoki 

qonunchilik  va  me’yoriy  hujjatlar  talablarini  tushuntirgan  holda 

muzokaralarga vositachi sifatida jalb qilinishi mumkin;  

-kompaniyaning  vakolatli  organlari,  yoki  vakolatli  shaxslari 

aksiyadorlarga  manfaatlar  qarama-qarshiligi  holati  bo‘yicha 




 

158 


tushuntirish va tavsiyalar berishi, vaziyatni bartaraf qilish bo‘yicha 

aksiyadorlarga imzolatish uchun hujjatlar loyihasini tayyorlashlari, 

o‘z vakolat doiralaridan chiqib ketmagan holda kompaniya nomidan 

aksiyadorlar oldiga majburiyat olishlari mumkin;  

-kompaniyaning  boshqaruv  organlari  o‘z  vakolatlari  doirasida 

ziddiyatlarni  bartaraf  qilish  bo‘yicha  qabul  qilingan  qarorlarni  ijro 

etishlari  hamda  bu  qarorlarni  boshqa  taraflar  tomonidan  ijro 

etilishiga  amaliy  yordam  ko‘rsatishlari  lozim.  Agar  kompaniya  va 

ziddiyatli vaziyat taraflari o‘rtasida ularning majburiyatlari bo‘yicha 

munozarali vaziyat bo‘lmasdan, qabul qilingan qarorni ijro muddati 

va  boshqa  shartlari  bo‘yicha  turli  qarashlar  bo‘lsa,  kompaniya 

ziddiyatli  vaziyatni  tartibga  solishni  davom  ettirishi  va  manfaatlari 

qarama-qarshi  aksiyadorlar  talabini  qondirish  shartlarini  ma’lum 

qilishi lozim;  

-agar  kompaniya  tomonidan  manfaatdor  aksiyadorni  talabini 

qondirish  uchun  kompaniyaning  ichki  hujjati,  ustavi  yoki 

qonunchilik  talabiga  muvofiq  mazkur  aksiyadordan  qandaydir 

harakatlarni  amalga  oshirilishi  talab  qilinsa,  aksiyador  talabiga 

berilgan  javobda  ushbu  shartlarni  aniq  ko‘rsatib  berishi  lozim 

(bunda  ma’lum  bir  ishlarni  amalga  oshirish  uchun  to‘lovlar, 

aksiyadordan  ma’lum  bir  hujjatlarni  taqdim  qilish  va  boshqa  shu 

kabilar nazarda tutilgan).  

Manfaatlar 

qarama-qarshiligini 

tartibga 

solish 


va 

boshqarishning 

yuqorida 

qayd 


etilgan 

uslublari 

chegara 

bo‘lmasdan,  har  bir  holat  mohiyatidan  kelib  chiqib,  ziddiyatni 

bartaraf  qilishning  boshqa  maqbul  usullari  ham  qo‘llanilishi 

mumkin. 


 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish