O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 Manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishining



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

7.3. Manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishining  

oldini olish 

 

Har  qanday  turdagi  manfaatlar  qarama-qarshiligini  bartaraf 



qilish  uchun  kompaniyaning  Boshqaruv  va  nazorat  organlari, 

mansabdor  shaxslari,  xodimlari  quyidagilarni  amalga  oshirishlari 

shart: 

-  qonunchilik,  me’yoriy  hujjatlar,  kompaniya  ustavi  va  ichki 

hujjatlari talablariga amal qilish;  

-  kompaniyaning  daromadliligini  strategik  va  biznes-rejada 

belgilangan ko‘rsatkichlarga yetkazilishini ta’minlash; 

-  manfaatlar  qarama-qarshiligini  keltirib  chiqaruvchi  qarorlar 

va harakatlardan cheklanish; 

- kompaniyaning samarali boshqarilishini ta’minlash; 

-  kompaniyaning  jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadni 

legallashtirish  va  terrorizmni  moliyalashtirish  kabi  noqonuniy 

faoliyatga kirib qolishining oldini olish; 

-  kompaniya  faoliyati  uchun  asosiy  daromad  manbalari 

bo‘lgan  faoliyatning  maksimal  daromadlilikka  yetkazilishini 

ta’minlash; 

-  qonunchilik  talablariga  asosan  har  chorakda  kompaniya 

kuzatuv kengashiga hisobotlar berish; 

-  kompaniya  ustavi  va  ichki  hujjatlariga  muvofiq  ichki 

nazoratni joriy qilish; 

- qonunchilikda belgilangan yirik bitimlar, alohida yoki o‘zaro 

bog‘liq  bo‘lgan  birgalikdagi  summasi  belgilangan  miqdordan 

oshuvchi  bitimlarni  vakolatidan  kelib  chiqib  kompaniya  kuzatuv 

kengashi  va  aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi  qarori  asosida 

amalga oshirish;  



 

152 


-  nazorat  organlari  tomonidan  barcha  yirik  va  affillangan 

shaxslar  bilan  amalga  oshirilgan  bitimlarni  doimiy  o‘rganib 

borilishini ta’minlash va nazorat qilish;  

- qonunchilikda belgilangan hollarda va zaruriyat tug‘ilganda 

kompaniya kuzatuv kengashi tomonidan qarorlar qabul qilishda 

aktivlarning bahosini aniqlash uchun mustaqil ekspertlarni jalb 

qilish;  

- affillangan shaxslar hisobini yuritish;  

-  kompaniyaning  vakolatli  organining  oldindan  roziligisiz 

affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzmaslik;  

- yuqori organ ruxsatisiz boshqa tashkilotlar boshqaruv va 

nazorat organlariga kirmaslik (a’zo bo‘lmaslik);  

-  kompaniyaning  axborot  siyosati  va  qonunchilik  talablariga 

muvofiq kompaniya faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z vaqtida va 

to‘liq oshkor qilinishini ta’minlash; 

-  aksiyadorlarga,  nazorat  qiluvchi  organlarga,  kreditorlarga, 

boshqa  manfaatdor  taraflarga  hamda  reklama  maqsadida  taqdim 

qilinadigan  moliyaviy  va  boshqa  hisobotlarning  haqqoniyligini 

ta’minlash;  

- kompaniyaning xodimlari va mansabdor shaxslari tomonidan 

ularning  xizmat  vazifasini  bajarishda  ma’lum  bo‘lgan  kompaniya 

to‘g‘risidagi 

axborotlarni 

o‘z 


shaxsiy 

maqsadlari 

uchun 

foydalanmasligini ta’minlash;  



-  ommaviy  axborot  vositalari  va  boshqa  axborot  tarqatish 

vositalaridagi  kompaniya  to‘g‘risidagi  salbiy  axborotlarning 

haqqoniyligi  va  to‘g‘ri  yondashilganligini  nazorat  qilib  borish. 

Tarqatiladigan  har  bir  salbiy  va  noto‘g‘ri  axborotlarni  o‘rganib 

borish va ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rish;  

-  kompaniya  ichki  nazorat  tizimidagi  kamchiliklarni  aniqlash 

va bartaraf qilish;  

-  boshqaruv  organlari  va  nazorat  organlari  a’zolariga 

to‘lanadigan  mukofotlarning  adekvatligini  ta’minlash,  ularning 

miqdorini erishilgan yutuqlar natijasiga mutanosibligini ta’minlash;  

- professional va korporativ etika tamoyillarini ta’minlash.

 

Kompaniyaning  Boshqaruv  va  nazorat  organlari,  mansabdor 

shaxslar,  xodimlar  va  mijozlar  o‘rtasida  manfaatlarning  qarama-



 

153 


qarshiligi  kelib  chiqishining  oldini  olish  va  uni  boshqarish 

maqsadida quyidagilar ham amalga oshirilishi shart:  

-O‘zbekiston  Respublikasining  “Aksiyadorlik  jamiyatlari  va 

aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risida”gi  Qonuni, 

normativ hujjatlar, kompaniya ustavi va ichki hujjatlari talablariga 

muvofiq minoritar va majoritar aksiyadorlar huquqlarini ta’minlash;  

-qonunchilik talablariga muvofiq oshkor qilinishi lozim bo‘lgan 

axborotni o‘z vaqtida aksiyadorlarga yetkazilishini ta’minlash;  

-hisoblangan 

dividendlarni 

o‘z 

muddatida 



to‘lanishini 

ta’minlash;  

-aksiyadorlarga  qarama-qarshiliklarni  tug‘dirishi  mumkin 

bo‘lgan savollar bo‘yicha asosli axborotlarni taqdim qilish;  

-raqobatchi  tashkilotlar  aksiyalarini  sotib  olish  bo‘yicha 

bitimlar  tuzishda  hamda  boshqa  tashkilotlarning  boshqaruv 

organlariga  ishtirok  etish  uchun  kompaniyaning  boshqaruv 

organlari qiziqishi bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash;  

-kompaniya  kuzatuv  kengashi  tomonidan  qabul  qilinadigan 

qarorlarning 

obyektiv, 

betaraf 


va 

jamiyat 


rivojlantirish 

strategiyasiga  muvofiqligini  ta’minlash  maqsadida  uning  tarkibiga 

mustaqil nomzodlarni kiritishga intilish.  

Kompaniyaning  boshqaruv  va  nazorat  organlari,  mansabdor 

shaxslari,  xodimlar  hamda  mijozlar  o‘rtasida  manfaatlarning 

qarama-qarshiligi  kelib  chiqishining  oldini  olish  va  uni  boshqarish 

maqsadida  kompaniyaning  boshqaruv  va  nazorat  organlari, 

mansabdor  shaxslari,  xodimlar  quyidagilarni  amalga  oshirishlari 

lozim: 

-belgilangan  tartibda  kompaniya  to‘g‘risidagi  axborotlarni 

berib borish;  

-tijorat siri va qonunchilik talablari asosida oshkor qilinmasligi 

belgilab  qo‘yilgan  axborotlardan  foydalanishda  ularning  sirligini 

ta’minlash;  

-xizmat  ko‘rsatishda  oshkor  qilingan  tariflar  bo‘yicha  va 

shartnomada  kelishilgan  summada  to‘lovlarni  undirilishini 

ta’minlash;  

-kompaniya  ishchanlik  obro‘yiga  salbiy  ta’sir  qiluvchi  taraflar 

bilan ishlamaslik;  



 

154 


-o‘z  mijozlariga  xizmat  ko‘rsatishda  professional  va  vijdonan 

yondashish;  

-xodimlar  va  mijozlar  tomonidan  oshkora  xatoliklarga  (shu 

jumladan  shartnoma  imzolashda,  talabnoma  berishda)  yo‘l 

qo‘yilganda  bu  xatodan  o‘z  maqsadi  yo‘liga  foydalanmaslik  va  bu 

xatoni to‘g‘rilashga amaliy yordam berish;  

-shartnoma  asosida  taraflarga  xizmat  ko‘rsatish  davomida 

tavsiyalar berishda bu boradagi mavjud axborotlarni vijdonan tahlil 

qilgan holda tavsiyalar berish;  

-kompaniyaning  faoliyati  davomida  yig‘ilgan  hamda  xizmat 

yoki tijorat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar va tajribalar yig‘ilgan 

qog‘oz, magnit tasma, elektron yoki boshqa vositalardagi axborotlar 

tegishli  boshqaruv  organi  ruxsatisiz  nusxa  olish,  sotish,  birovga 

berish,  almashtirish  va  boshqa  shu  kabi  tarqatilishini  oldini  olish 

tizimini takomillashtirish.  

Mansabdor  shaxslar  va  xodimlar  tomonidan  o‘z  xizmat 

vazifasini  ijro  etishda  kompaniya  hamda  ular  o‘rtasida 

manfaatlarning  qarama-qarshiligi  kelib  chiqishining  oldini  olish 

maqsadida ular quyidagilarni amalga oshirishlari shart:  

-biznes  etikasi  normalari  va  professional  etika  tamoyillariga 

rioya etish;  

- shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;  

-  kompaniya  bilan  raqobatdosh  tashkilotlar  aksiyalarini  sotib 

olish  yoki  ustav  kapitaliga  ishtirok  etishda  yuqori  boshqaruv  va 

nazorat  organini  bildirgan  holda  bu  kabi  operatsiyalarni  amalga 

oshirish;  

manfaatlar 



qarama-qarshiligini 

keltirib 

chiqaruvchi 

holatlarni  vujudga  kelishidan  oldin  yuqori  boshqaruv  organini  bu 

to‘g‘rida o‘z vaqtida ogohlantirish;  

-  kompaniya  bilan  tijorat  operatsiyalari  olib  borayotgan  yoki 

olib  borishi  rejalashtirilgan  mansabdor  shaxs,  yoki  uning  oila 

a’zolarining  moliyaviy  qiziqishi  mavjud  bo‘lgan,  yoki  affillangan 

tashkilotlar to‘g‘risida yuqori mansabdor shaxsga yozma bildirish;  

-  kompaniya  hamda  mansabdor  shaxs  yoki  uning  oila 

a’zolarining  moliyaviy  qiziqishi  mavjud  bo‘lgan  yoki  affillangan 

tashkilot  munosabatlariga  bevosita  ta’sir  qiluvchi  har  qanday 

harakatlar qilishdan cheklanish; 



 

155 


-  kompaniya  manfaatlari  bilan  manfaatlari  qarama-qarshi 

bo‘lgan  har  qanday  tashkilotning  boshqaruv  organi  tarkibiga 

kirishidan oldin kompaniya kuzatuv kengashi roziligini olish;  

- boshqa tashkilotlarga o‘rindoshlik asosida ishlash xohishi va 

bu ish kompaniyaning manfaatlariga zid emasligi to‘g‘risida yuqori 

mansabdor shaxsni ogohlantirish. 




Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish