O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


Korporativ nizolarning tasniflanishi



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

Korporativ nizolarning tasniflanishi 

 

№  Tasniflash belgisi 

Korporativ nizolar turlari 

1. 


Korporativ nizolar 

qamroviga ko‘ra 

Ichki korporativ nizolar 

Tashqi korporativ nizolar 

2. 

Ichki korporativ 



nizolar 

ishtirokchilariga 

ko‘ra 

Turli aksiyadorlar guruhlari o‘rtasidagi nizolar 



Aksiyadorlar va boshqaruvchilar o‘rtasidagi nizolar 

Boshqaruvchilar va mehnat jamoasi o‘rtasidagi 

nizolar 

Bankrotlik jarayonining turli bosqichlarida ishonchli 

tashqi boshqaruvchilar va aksiyadorlar o‘rtasidagi 

nizolar 


3. 

Tashqi korporativ 

nizolar 

ishtirokchilariga 

ko‘ra 

Davlat nazorat organlari va aksiyadorlik jamiyati 



o‘rtasidagi nizolar 

Nodo‘stona qo‘shib olishlar natijasidagi nizolar 

Kapital bozorining faol ishtirokchisi sifatida davlat va 

korporativ tuzilma o‘rtasidagi nizolar 

Vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan boshqaruv 

organlari a’zolari va aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar 

Korporativ tuzilma joylashgan aholi punkti 

yashovchilari va korporativ tuzilma ma’muriyati 

o‘rtasidagi nizolar 

Jamoat tashkilotlari va korporativ tuzilma o‘rtasidagi 

nizolar 

4. 


Korporativ nizolar 

predmetlariga 

ko‘ra 

Korporativ tuzilma ustidan nazorat o‘rnatish bilan 



bog‘liq nizolar 

Korxona asosiy aktivlariga mulkchilik huquqini sotib 

olishga urinish oqibatidagi nizolar 

Tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar va g‘oyalar 

bozoriga egalik qilish bilan bog‘liq nizolar 

Ko‘plab aksiyadorlar ishtirokida boshqaruv 

texnologiyalarini o‘zgartirish 

Daromadlarni yashirin tarzda taqsimlash natijasidagi 

nizolar 

Ustav kapitalidagi ulushini oshirish bilan bog‘liq 

nizolar 

Boshqaruv apparatida o‘z mavqeyini 

mustahkamlashga urinish natijasidagi nizolar 

 

Ichki 



korporativ 

nizolar 


korporativ 

munosabatlar 

ishtirokchilari,  ya’ni  korporativ  tuzilmaning  aksiyadorlari,  bosh-



 

148 


qaruv  organlari,  menejerlari  o‘rtasidagi  nizolarni  anglatadi  va 

mantiqan korporativ tuzilma miqyosida yuzaga keladi. 

Tashqi  korporativ  nizolar  esa  davlat,  potentsial  investorlar, 

boshqaruv  organlari  va  boshqalar  o‘rtasida  yuzaga  keladigan 

nizolarni qamrab oladi. 

Ichki  korporativ  nizolarni  ishtirokchilariga  ko‘ra  ham 

guruhlash  mumkin.  Bunda  aksiyadorlar  guruhlari  o‘rtasida, 

masalan  majoritar  va  minoritar  aksiyadorlar  o‘rtasidagi  nizolarni 

alohida  ko‘rsatish  mumkin.  Aksiyadorlar  va  boshqaruvchilar 

o‘rtasidagi  nizolarda  bosh  direktor  va  nazorat  paketiga  ega 

bo‘lmagan  aksiyadorlar  o‘rtasidagi  nizolar  alohida  ajratib 

ko‘rsatiladi.  Bunday  nizolar  ko‘proq  majoritar  aksiyadorlar  mavjud 

bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatiladi. Boshqaruvchilar va 

mehnat jamoasi o‘rtasidagi nizolarda asosan ish berish va mehnat 

shartnomasini  bekor  qilish  bilan  bog‘liq  munosabatlar  natijasidagi 

nizolarni 

ko‘rish 

mumkin. 


Bankrotlik 

jarayonining 

turli 

bosqichlarida  ishonchli  tashqi  boshqaruvchilar  va  aksiyadorlar 



o‘rtasidagi  nizolar  asosan  aksiyadorlik  jamiyatiga  nisbatan 

bankrotlik  taomili  qo‘llanilganda  hamda  korxonani  qayt  tarkiblash 

yoki tugatish bilan bog‘liq munosabatlarda yuzaga keladi.  

Tashqi  korporativ  nizolarda  aksiyadorlik  jamiyati  hamda 

tashqi  subyektlar  o‘rtasidagi  nizoli  vaziyatlarga  guvoh  bo‘lish 

mumkin.  Bunda  davlat  nazorat  organlari  va  aksiyadorlik  jamiyati 

o‘rtasidagi  nizolarda  davlat  organlari  tomonidan  ma’lum  shartlar 

qo‘yilishi  natijasidagi  nizolar  ham  ajratib  ko‘rsatiladi.  Nodo‘stona 

qo‘shib olishlar natijasida potentsial investorga muntazam ravishda 

qarshiliklar  ko‘rsatish,  nizoli  vaziyatlarni  yuzaga  keltirish  holatlari 

xalqaro  amaliyotda  tashqi  korporativ  nizolarda  eng  ko‘p 

uchraydigan 

holatlardan 

biridir. 

Kapital 

bozorining 

faol 

ishtirokchisi  sifatida  davlat  tomonidan  aksiyadorlik  jamiyatining 



nazorat  paketini  qo‘lga  olishi  o‘z-o‘zidan  majoritar  aksiyadorlar 

bilan  nizolar  yuzaga  kelishiga  sabab  bo‘ladi.  Vakolatlari 

muddatidan  oldin  tugatilgan  boshqaruv  organlari  a’zolari  va 

aksiyadorlar  o‘rtasidagi  nizolar  esa  amalda  eng  ko‘p  uchraydigan 

korporativ  nizolardan  biridir.  Amalda  korporativ  tuzilmalar  o‘z 

joylashgan aholi punktida yirik ish beruvchi va yirik soliq to‘lovchi 

hisoblanadi.  Bunday  holatda  aholi  vakillari  ish  o‘rniga  ega  bo‘lish 



 

149 


maqsadida,  mahalliy  hokimiyat  organlari  esa  o‘z  funksiyalarini 

moliyaviy  ta’minlash  maqsadida  korporativ  tuzilmalar  bilan 

munosabatlarga kirishadi. Natijada korporativ tuzilma ma’muriyati 

bilan mahalliy hokimiyat organlari va aholi punkti vakillari o‘rtasida 

nizoli  vaziyatlar  ham  yuzaga  kelishi  mumkin.  Ijtimoiy  ahamiyatga 

ega  loyihalarni  amalga  oshiruvchi  jamoat  tashkilotlari  tomonidan 

korporativ tuzilmalarga a’zolikni taklif qilishlari mumkin. A’zo bo‘lib 

kirilgandan 

so‘ng 

esa 


ma’lum 

bir 


ijtimoiy 

loyihalarni 

moliyalashtirish  maqsadida  korporativ  tuzilmalardan  mablag‘  jalb 

qilishga  intilishi  tabiiy  hol  hisoblanadi.  Aynan  shunday  sharoitda 

jamoat  tashkilotlari  va  korporativ  tuzilmalar  o‘rtasida  nizoli 

vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. 




Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish